Nazorat savollari
1. Spiral organik dunyoda qanday shakllardan biri hisoblanadi?
2. Shar – qanday shakl hisoblanadi?
3. Jonli tizim qanday shakl hisoblanadi?
4. Tabiatdan qanday kiyimlar yaratish mumkin?
8 – LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Ishning nomi: Kastyum modelini yaratishda simmetriya va
assimmetriyaning roli.
Ishdan maqsad: Kastyum modelini yaratishda simmetriya va assimmetriyaning rolini o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: Moda jurnallari, qalam, qog’oz, chizg’ich, lekalo va hokazolar.
Asоsiy ma’lumоtlar
"Simmetriya" o’ning yordamida inson bir necha asrlardan beri tartibga, go‘zallikka va kamolotga yetishmoqchi va buni yaratmoqchi bo’lib kelgan o‘sha g‘oyadir". Kiyim kompozitsiyasida simmetriya masalalari muhim rolg‘ uynaydi. Bu ikki jihatdan: materialdagi rasm kompozitsiyasida va kostyumning o‘zini shakllantirishda o‘z aksini topadi.
Simmetriya - nuqta, o‘qyokitekislikkanisbatandetalbulaklariaylantirilganda, ularustma - usttushadi. Simmetriyaningbirnechako‘rinishlarimavjud: oynaviy, markaziy, tekislikkavao‘qqanisbatan.
Kostyum simmetriyasi figurani tabiiy simmetriyasi va fo’nktsionalligi bilan aniqlanadi. Odam figurasining simetriyasi - bu qavatli murakkab simmetriyadir. Misol uchun, yo’z simmetriyasi kiyim shakli simmetriyasining asosi buladi. Bulardan har bir qavati oynali simmetriya bulganholida,kiyim shaklining simmetriyasiga sabab buladi. Lekin odam figurasi mutlaqo simmetrik emas, cho’nki u tabiatning garmonik ijodidir.SHu sababli odam faqat simmetriya bilan yashamaydi.
Simmetriyaning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, simmetrik buyumlarda nosimmetriyaning uchrashidir. Bunda umumiy simmetrik buyumda nosimmetrik elementning ratsional joylashuvi kompozitsion muvozanatni yo’zaga keltiradi, simmetriya esa o‘ziga xos nozik originallikka erishadi. Ushbu kompozitsiya xususiyati simmetriya deb ataladi.
Simmetriya — bu kompozitsiya holatini aniq ko‘rsatadigan eng yorqin xususiyatlardan biridir. Bu xususiyat — shakllanish holatini, ya’ni tashkiliy jarayonni ko‘rsatadi. Kompozitsiya asoslarida simmetriya masalalari katta ahamiyatga ega. Kostyumda simmetriya shaklning barcha xususiyatlari buyicha namoyon bulishi mumkin: simmetrik joylashgan detallar, fo’rnitura, bezaklar va hokazo. Rang ham buyumning simmetrikligini tasdiqlaydi. Kostyumning simmetrik shakliga nosimmetriklik kiritilsa, odam figurasining muvozanatiga yetishmoq mumkin. Masalan, yapon kimonolarining rasmi doim asimmetrik joylashgan. Demak, uning rangli kompozitsiyasi ham nosimmetrik. Lekin bichimi simmetrik holda qoladi. Kostyumning simmetrik shaklida geometrik boshlanishi nafaqat nosimmetrik detallar tufayli, balki ko‘pincha asimmetrik bichish natijasida namoyon buladi.
Dostları ilə paylaş: |