Fakulteti


- rasm. Qizlar gavdasining tuzilishidagi o‘zaro mutanosib nisbatlar (a)



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə30/52
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#111573
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
2 5312313661077851973

9- rasm. Qizlar gavdasining tuzilishidagi o‘zaro mutanosib nisbatlar (a);

qizlarning har xil yosh guruhdariga oid kiyimlarning konstruktiv shakli (b).
Proportsiya — ikki nisbatning tengligi. Ikki solishtirma miqdorning ijobiy taassuroti ularni bir-biriga mosligini bildiradi. Solishtirma miqdorlarning bir-biriga qonuniy mosligini ta’minlaydigan nisbatlar bor. Ular oddiy va irratsional turlarga bulinadi.
Oddiy nisbatlar—bu buto’n sonlarning nisbati.

Irratsional nisbatlar— bu kasr sonlar nisbati.


Ular geometrik to‘zilma yordamida topiladi va nisbatlar to‘ziladi. Detallar razmerlarini, kiyim qismlarining aniq nisbatlarini va o’ning obrazli yechimini aniqlashda asosan sonlar nisbatida asoslangan.

Konstruktiv chiziqlarning gorizontal sathi odam figurasining proportsiyasi bilan o‘zviy bog’langan. Bolalar figurasiga kelganda, bolalar bir tekis rivojlanmaydi. Ularning qo‘l, oyoqva bosh o’zo’nliklarining nisbati yoshining xususiyatlarini aniqlaydi. Bolalar yoshi buyicha beshta guruhga bulinadi. Har bir yosh guruhiga mansub bulgan kiyim mutanosibligi va hajmi buyicha o‘z xossasiga ega. O‘smirlar kostyumiga kelganda, o’ning mutanosiblik yechimi va kompozitsion tuzilishi asosan kattalar kostyumiga o‘xshash. O‘smirning shakllangan figurasi kiyimda har xil (lekin o’ning yoshiga monand) konstruktiv chiziqlar va murakkablashgan bichimlar qo‘llashgaruxsat beradi.

Proportsiya — bu kiyim qismlarining o‘lchamlariga binoan; bir- biriga va odam gavdasiga taqqoslangan nisbatlari. Kiyimning buyi, eni ko‘krak qismi bilan yubkasining, yenglarining, yoqasining, bosh kiyimining, detallarining hajmi, o’zo’nligi, kiyim kiyilgan qad-qomatni ko‘rib idrok etishga, o’ning o‘lchamlari monandligini fikran baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Inson gavdasining tabiiy mutanosibligiga yaqin bulgan nisbatlar eng chiroyli, mukammal, «to‘g‘ri» ko‘rinadi.

Odam figurasi orasida ham mana shu proportsiyalar takrorlangani eng proportsional hisoblanadi.Kostyumda tabiiy proportsiyalarni ham ataylab buzilgan proportsiyalarni ham ishlatish mumkin. Bu yerda turli variantlarni batafsil ko‘rib chiqishning iloji yo‘q, cho’nki buning uchun kompozitsiya qonunlarini jiddiy o‘rganish kerak. Tabiiy mutanosiblilar, odatda, har qanday figura uchun "foydali" ekanini yodda saqlash kerak; ayni vaqtda kiydirib kurish vaqtida biron chiziqni sal nari-beri surib, "izlab ko‘rib" (masalan, bel chizigini ozroq kutarish yoki tushirish, yelkalarni toraytirish yoki kengaytirish, ko’ylak, yeng o’zo’nligini, yoqa, cho’ntaklar, belbog’ o‘lchamini, sal o‘zgartirish mumkin) gavda tuzilishi kamchiliklarini to’zatish mumkin.










Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin