Fanidan “ Emotsional sohani korreksiyalash va rivojlantirish” mavzusi bo’yicha kurs ishi


Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot obyekti sifatida



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#137300
1   2   3   4   5   6
kurs ishhi 2

1.2 Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot obyekti sifatida
Yolg`izlik hissi ko`plab olimlarni qiziqtirgan va bugungi kunda ham qizqtirayotgan muammolardan biri bo`lib,ko`plab olimlar tomonidan o`rganilgan.
Zamonaviy olimlar ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarining natijalariga ko`ra, bugungi kunda yolg`izlik tushunchasining tub mohiyati,uning genezisi va namoyon bo`lishning o`ziga hosliklari mavjud emas.Yolg`izlik hissining ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida o`rganilishini biz K.A.Abulhanova-Slavskaya, L.I.Starovoytova, G.M.Tixonov, C.G.Trubnikova, J.V.Puzanova ishlarida, yolg`izlik hissining madaniy-tarixiy shakllarining o`rganilishini N.Ye.Pokrovskiy, S.A.Vetrov, Yu.M.Shvalb,O.V.Dancheva ishlarida kuzatamiz. I.S.Kon,O.B.Dolginova, N.V.Pereshina kabi olimlar esa o`smirlik davrida kechadigan yolg`izlik hissining psixologik o`ziga hosliklarini o`rganish yuzasidan o`zlarining tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Yolg`izlik hissi muammosining nazariy tahlillar ushbu holat ilk bor o`smirlik davrida shaxsiy identivlikni va tashqi olam bilan muloqot qidirilganida boshqa yosh davrlariga nisbatan ancha kuchli shaklda
namoyon bo`lishini ko`rsatdi (R.S.Veys,I.S.Kon
G.S.Sallivan,S.V.Malisheva,O.B.Dolginova).
Ushbu muammoning anchagina chuqur nazariy mazmunini yoritishga intilish XIX asrning o`rtalariga kelib boshlandi.Bu davrda deyarli barcha falsafiy maktab va yo`nalishlar yolg`izlik fenomenini yoritishga intildi (E.Fromm, B.Frankl, J.P.Sartr, A.Kamyu,K.Yaspers)
G`arb psixologiyasida yolg`izlik hissiga oid bir qancha nazariy yondoshuvlar ishlab chiqilgan bo`lib bular quyidagilarni o`z ichiga oladi: neofreydistik, gumanistik, ekzistensial-sotsiologik, interaksionistik, kognitiv.
Sobiq Sovet psixologiyasida yolg`izlik hissi muammosi yuzasidan mavjud bo`lgan yondoshuvlarni ijobiy va salbiy holat hisoblangan ikkita konseptual yo`nalishga birlashtirish mumkin.
I.P.Shkuratovaning ta'kidlashicha, muloqotdagi qiyinchiliklarni o’rganishda uning rang-barangligini, muloqotga kirishuvchilarning o’zaro ta'sir etish texnikasini yaxshi bilmasliklari, ijtimoiy pertseptiv funktsiyalarning yaxshi rivojlanmaganligi kabi holatlarni e'tiborga olish zarur.
Yolg’izlik muammosi chet el psixologiyasida mashhur muammolardan hisoblanadi. Psixodinamik nazariyotchilari (Z. Freyd, J. Zilburg, X. Sallivan, E. Fromm), interaktsionistlar (R. Veys), kognitivistlar ( L E. Peplo, D. Perlman), fenomenalistlar (K. Rodjers), ekzistentsionalistlar (P. Sartr, A. Kamyu, K. Mustakas, V. Frankl, I. Yalom) va boshqa yo’nalish namoyondalari yolg’izlik muammosining u yoki bu tomonlari bilan shug’ullanganlar.
Rossiyada yolg’izlik ijtimoiy psixologik fenomen sifatida (K.A.Abulxanova-Slavskaya, L.I. Starovoytova, G.M. Tixonov, S.G.Trubnikova, J.V.Puzanova), yolg’izlikni madaniy-tarixiy shakllari, (N. Ye. Pokrovskiy, S.A. Vetrov, Yu.M. Shvalb, O.V. Dancheva), o’smirlik va o’spirinlik davridagi psixologik xususiyatlari (I.S. Kon, O.B. Dolginova, N.V. Pereshina), yolg’izlikka yaqin hodisalar (O. N. Kuznetsov, V.I. Lebedev, A.U. Xarash) va boshqa jihatlari tadqiq etilgan. Yolg’izlik kishining jamiyatdan uzoqlashish holatini his qilishdir.
Yolg`izlik muammosi doim olimlar, faylasuflar umuman insoniyatni qiziqtirib, tashvishga solib kelgan.So`nggi yillarda bu muammo yuzasidan ko`plab ilmiy izlanishlar , tadqiqotlar olib borilayotgan bo`lib, yolg`izlik hissining kelib chiqish sabablari,uning shakillanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, umuman olganda uning belgilariyu inson hayotiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga ta`sirlari aniqlanmoqda.Biroq, bugungi kunda yolg`izlikning o`zi aslida nima ekanligini ifodalovchi yagona tushuncha mavjud emas.Ya`ni, yolg`izlik hissi hali o`rganilishi lozim bo`lgan dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda.
Yolg`izlik “yolg`iz”, “bir o`zi” kabi tushunchalardan kelib chiqqan bo`lib, yolg`izlik va jismoniy izolyatsiya kabi tushunchalarni farqlash lozim. Bu tushunchalar o`rtasida katta farq bo`lib, jismoniy izolyatsiyaga salbiy tushuncha sifatida qarash noto`g`ri.Har doim ham bir o`zi bo`lgan inson o`zini yolg`iz his qilmaydi.Inson bir o`zi bo`lib ham o`zini yolg`iz his qilmasligi, ba`zan esa ko`plab insonlar o`rtasida bo`lib ham o`zini yolg`iz his qilishi mumkin.Kundalik hayotda inson o`zini tashqi hayot bilan ma`lum bir munosabatda his qiladi.U o`zining holatlarini murakkab va umumiy kontekstda his qilib,ana shu kabi jarayonlardagi buzilishlar insonda yolg`izlik hissini keltirib chiqarish mumkin.
Yolg`izlik fenomeni bugungu kunning dolzarb muammolaridan biri bo`lib,u inson tomonidan u uchun muhim va ahamiyatli bo`lgan insonlar bilan muloqotning yo`lga qo`yilmagani,ular bilan muloqotga bo`lgan ehtiyojlarning qondirilmasligi,uni atrofda o`rab turgan insonlar bilan ijobiy munosabarlarning mavjud emasligi bilan bog`liq bo`lgan turli vaziyatlarni og`ir his etish bilan yuzaga keladi.Ko`p holatlarda yolg`izlik insonning qandaydir guruhga a`zo bo`lish yoki kimdir bilan muloqotda bo`lishga bo`lgan ehtiyoj bilan namoyon bo`ladi.
Ushbu muammoga chuqurroq yondoshish va mohiyatini to`laroq o`rganish XIX asrdan shakillandi.Ushbu davrda deyarli barcha falsafiy yondoshuv va maktablar yolg`izlik fenomenini o`rganishgan(E.Fromm, B.Frankl, J.P.Sartr, A.Kamyu, A.Kerkegor, K.Yaspers ba boshqalar). Ammo ushbu muammo bu davrda izolyasiya paytida bo`ladigan yolg`izlik holatidan boshlab to yolg`izlikni insoniyat uchun umuman qarama-qarshi bo`lgan negativ, pessimistik hodisa sifatida ko`riladigan umuman boshqa jihatdan o`rganilgan. G`arb davlatlari psixologiyasida yolg`izlikni o`rganuvchi qator ilmiy-nazariy yondoshuvlar mavjuddir: neofreydistik, gumanistik, ekzistensial-sotsiologik, interaksionistik hamda kognitiv.Ushbu yondoshuvlar yolg`iz insonlarning o`ziga hos bo`lgan hususiyatlari va xarakterli jihatlarini o`rganishga qaratilgan bo`lib,ular yolg`izlikning atribut modellari,shkala va tipologiyalarini o`rganishga qaratilgan.
Yolg`izlik hissi ma`lum bir shakildagi o`z-o`zini anglash holatini namoyon qilib,munosabatlarning asosiy real tizimi hamda shaxs ichki olamidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatib, alohida individual tarzda boshdan kechiriladigan subyektiv holat sifatida o`rganiladi.Ushbu o`z-o`zini anglashning spetsifik shakli insonga undagi yolg`izlik uning orzu-umidlarini so`ndirayotgan paytda juda muhim hisoblanadi.Yolg`iz insonlar o`zini tashlab qo`yilgan,unutilgan, keraksiz,umidsiz his qiladilar.Bu juda og`ir va istirobli vaziyat.Yolg`izlik hissi shaxsdagi og`ir buzilishlarning rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Yolg`izlik asosan ikkita darajada kechadi:
Emotsional daraja;o`z ichki olamiga g`arq bo`lish,keraksizlik,tartibsizlik,bo`shliq, yo`qotish hissi.
Xulq-atvor darajasi: ijtimoiy munosabatlar darajasi pasayadi, shaxslararo munosabat buziladi.
Shaxsiy yolg`izlikni aniqlash uzoq vaqt davom etuvchi kognitiv jarayon natijasi bo`lib, ushbu vaqt davomida inson o`z yolg`izligini,o`zida kechayotgan hislarni aniqlaydi va butun bir kategiriya sifatida birlashtiradi. Insonlar “men yolg`izman” hulosasiga asosan affektiv, xulq-atvor va kognitiv isbotlar asosida keladilar.Yolg`izlik hissi bilan assotsaitsiyalanadigan yagona bir hislar yig`indisi mavjud emas.Lekin shunga qaramay yolg`iz insonlar o`zlarini baxtsiz his etadilar.
Yolg`izlik identifikatsiyasi uchun ko`p hollarda ijtimoiy munosabatlarning past darajasini,o`rnatilgan minosabatlar uzilishi hamda ijtimoiy o`zaro munosabatlarning qoniqtirilmagan namunalari kabi xulq-atvor hususiyatlari qo`llanadi. Yolg`izlikning affektiv belgilari ko`p hollarda ko`zga ko`rinmagan bo`ladi.
Yolg`izlikning kognitiv indekatorlari o`z-o`zidan ayni paytda mavjud bo`lmagan ma`lum bir ijtimoiy munosabatlar haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi.
Shunday qilib, yolg`izlik hissi sun`iy ravishda ajratilgan belgilar yordamida emas, balki butun bir hislar, kechinmalar , hatti-harakatlar va fikrlar asosida aniqlanadi. Yolg`izlik hissi yuzaga kelishiga individning nafaqat ayni damdagi ijtimoiy munosabatlari, balki intilayotgan ijtimoiy munosabatlar namunasi va andozasi ham ta`sir ko`rsatadi.O`zaro munosabatlarning subyektiv andozasi ikki hil tarzda shakillanadi.Birinchidan, o`tmishdagi tajriba bizga quvonch va baxt hissini beruvchi ijtimoiy munosabatlar tasavvuriga olib keladi.Ayni vaqtda mavjud bo`lgan ijyimoiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning subyektiv andozasi bilan solishtirgach, agar uning ayni paytdagi hayoti oldingidan yomonroq bo`lsa, shaxs o`zini baxtsiz his qlishi mumkin.
Ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni boshqa insonlarning o`zaro munosabatlarini solishtirish.Ya`ni inson o`zining shaxslararo ijtimoiy munosabatlarini boshqa insonlarning o`zaro anologik munosabatlarini taqqoslab, baholaydi.

Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin