3-laboratoriya mashg'uloti. Bargning tashqi tuzilishini o'rganish Maqsad: Bargning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish orqali o’simliklarda barglarning tuzilishi va to’qimalari haqida bilimlarni mustahkamlash, barglarning vazifalari haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish.
Jihoz. lupa, o’simlik barglari, gerbariy namunalari, xona o’simliklari
Mashqning bajarilish tartibi. Laboratoriya ishi tarqatilgan barglar, gerbariy namunalari va xona o'simliklarini o'rganish orqali amalga oshiriladi.
1. Bandli va bandsiz barglar tuzilishi bilan tanishiladi.
2. Barglarning tomirlanish turlari bilan lupa yordamida tanishiladi.
3. Oddiy va murakkab barglar bilan tanishiladi.
4. Chetlari butun, o'yilgan, barg plastinkasi ikki-uch karra qirqilgan o'simliklar bilan tanishiladi.
5. Barg plastinkasining bir nechta turi daftarga chizib olinadi.
6. Bargning asosiy qismlari belgilanadi va daftarga chizib olinadi.