Fiziologiya kafedrasi "biofizika" fanidan laboratoriya


Sentrifuga Elektrokardiogramm (EKG)



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə3/34
tarix15.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#130238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Biofizika ishlanma laboratoriya

Sentrifuga Elektrokardiogramm (EKG)
Nazorat savollari.
1. Biofizika fanining qanday o`rganish usullari mavjud?
2. Biofizika laboratoriyasida qo`llaniladigan asbob-uskunalarning ishlash printsipini tushuntiring?.
3. Qanday yangi zamonaviy biofizikaviy tadqiqotlarni bilasiz?
2-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Mavzu: Ochiq sistema barqaror statsionar holatining entropiyasini Teorell modelida aniqlash.
Nazariy tushuncha. Termodinamik sistema deyilganda, ichida ro‘y beradigan jarayonlarni o‘rganib chiqish oson bo‘lishi uchun atrofdagi fazodan shartli ravishda ajratib qo‘yilgan jism yoki jismlar yig‘in-disiga tushuniladi. Sistemaning holati esa barcha fizik va kimyoviy xossalarga bog‘liqbo‘ladiki, bu xossalarning o‘zgarishi sistema holati-ning o‘zgarishiga olib keladi. Termodinamik sistema holati parametrlar deb ataladigan fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi. Sistema holatining ana shunday parametrlariga: temperatura, bosim, hajm, massa, ichki energiya, konsentratsiya, entropiya va boshqalar kiradi.
Massa va mikrozarrachalar miqdoriga bog‘liq bo‘lgan parametrlar (hajm, energiya, entropiya) ekstensiv parametrlar, massa va mikrozarrachalar miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan parametrlar (bosim, harorat, entropiya o‘zgarishi) intensiv parametrlar hisoblanadi.
Agar sistemaning parametrlari uni atrof muhitdagi jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashishida vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, sistemaning holati statsionar deyiladi. Bunga ishlab turgan xolodelnik ichki qismining juda qisqa vaqt ichidagi holati, odam gavdasining holati, isitilayotgan xona ichidagi havoning holati va boshqalarni misol qilib kursatish mumkin. Statsionar holatda bo‘lgan sistemaning turli qismlaridagi parametrlarning qiymatlari odatda bir-biridan farq qiladi.
Ishning mazmuni: Ochik sistemalar aniqlanmasiga ko‘ra ular termodinamik muvoza-nat xolatida bula olmaydilar. Chunki termodinamik muvozanat ochik sistema tushunchasiga zid bulib, u sistemaning shunday bir xolatni tavsiflaydiki, bunda mazkur sistemada xech kanday jarayon kechmaydi. Ochiq sistema tashqi muhit bilan modda va energiya alma-shinuvida bo‘ladi. Shunga binoan, uning umumiy enteropiyasi ikki qismdan, ya’ni sistema ichida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan shartlangan entropiya dSi va sistemaning tashqi muhit bilan amalga oshadigan aloqasi tufayli yuzaga chiqadigan entropiyasidan dSe tashkil topadi:

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin