Фонетик сатҳ бирликлари


Tadqiqotning  tuzilishi  va  hajmi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/66
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#112870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
fonetik sath birliklari

Tadqiqotning  tuzilishi  va  hajmi.    Tadqiqot  kirish,  asosiy  qism,  xulosa  va 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro‗yxatidan  iborat.  Ishning  hajmi  86  sahifani  tashkil 

qiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 



KIRISH 



INSON TILI – TOVUSH TILI 

 

– Dastavval  so‗z bo‗lgan! Ilk satrdanoq, 

Meni lol etdi-ku murakkab jumboq. 

Nima bo‗ldi ekan buning ma‘nosi,  

Nahotki, so‗z bo‗lsa, olam asosi ? ... 

 

   



( I.V.Gyote ) 

 

Ulug‗  nemis  shoiri  Gyote  o‗zining  ―Faust‖  nomli  asarida  olam  va  uning 



qonuniyatlari  haqida  fikr  yuritayotib,  Alloh  taoloning  bir  og‗iz  ―Kun‖  ya‘ni 

―Yaral‖ degan qudratli kalomi bilan butun olam yaralganligiga ishora qilgan desak, 

xato qilmagan bo‗lamiz. 

 

So‗zning  buyuk  qudrati,  uning  nutq  imkoniyatlaridagi  mana  shunday 



cheksizligi  insonni  hayvonot  dunyosidan  ajratibgina  qolmay,  uning  borliqni 

anglashi, moddiy olam bilan munosabatga kirishishiga zamin yaratdi.  

O‗n  sakkiz  ming  olamni  ijod  etgan  Parvardigori  olam  ularda  minglab 

jonzodlarni  yaratdi.  Marhamatli  ijodkorning  irodasi  bilan  bu  jonzodlarning 

barchasida  umumiyliklar  mavjudki,  ular  yashash  uchun  kurashda  birdek  harakat 

qiladilar.  Ya‘ni  tabiatdan  nafas  oladilar  va  oziqlanadilar.  Ularning  tana 

tuzilishlarida  ham  o‗xshashliklar  talaygina:  bosh,  qo‗l,  oyoq,  nafas  olish,  ovqat 

hazm qilish jarayonlari va boshqalar. 

 

Farobiy  borliqni  bilish  haqida  fikr  yuritayotib,  bilishni  ikki  bosqichga 



bo‗ladi:  xissiy  (amaliy)  bilish  va  idrokiy  (nazariy)  bilish  deydi.

1

  Uning 



tushuntirishicha,  amaliy  bilishni  besh  sezgi  organlarimiz  yordamida  his  etamiz. 

Xususan, rang ko‗rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta‘m – 

maza  sezgi  organi  orqali;  predmetlarning  holati:  sovuq-issiqligi,  qattiq-

yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi.  

Insonning  sezgi  organlari  yordamida  hosil  qilgan  bilimi  hissiy  yoki  amaliy 

bilim sanaladi. Bulardan tashqari inson hayol surish, nutq yordamida ham bilimga 

                                                 

1

 Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. Тошкент: 1996 й. 18-бет 




 

ega  bo‗lishi  mumkin.  Bilishning  bu  yo‗li  quvvai  notiqa  va  quvvai  mutaxayila 



deyiladi.  Notika  (nutq)  quvvati  boshqa  barcha  quvvatlarning  (sezgilarning) 

yetakchisi, raisasidir.

1

 

Farobiyning  yuqoridagi  fikrlarini  go‗yoki  tasdiqlab,  rus  fiziologi  I.P. 



Pavlovning  ikkinchi  signal  sistemasi  haqidagi  ta‘limoti  insonning  faoliyatida 

tilning  roli  va  ahamiyatini  o‗rganishga  qo‗shilgan  katta  hissa  bo‗ldi.  I.P.  Pavlov 

o‗zining bu ta‘limotida insonning fikrlash protsessida tilning rolini ko‗rsatib berdi 

va fikrlash til orqali amalga oshirilish mumkinligini isbotladi.  

I.P.  Pavlov  ta‘limoti  bo‗yicha,  inson  ob‘ektiv  borliqni  ikki  xil  yo‗l  bilan 

qabul  qiladi:  a)  narsa  va  hodisalarning  kishining  sezuv  organlariga  (eshitish, 

ko‗rish, ta‘m bilish, hid bilish va teri orqali sezish) bevosita ta‘siri orqali – birinchi 

signal  sistemasi  orqali;  b)  so‗zlarning  ta‘siri  orqali  –  ikkinchi  signal  sistemasi 

orqali. 

Ikkinchi  signal  sistemasi  I.P.  Pavlov  ta‘biri  bo‗yicha,  til  tushunchasi  bilan 

teng bo‗lib, ob‘ektiv borliqni bilishda juda muhim rol o‗ynaydi.

2

 



Birinchi  signal  sistemasi  ham  hayvonlarga,  ham  insonlarga  xos  bo‗lsa, 

ikkinchi signal sistemasi esa faqat insonga xosdir.  

I.P. Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi nazariyasi insonning nutq 

faoliyatini tushunishga katta yordam beradi. Demak,  ob‘ektiv borliqni o‗rganishda 

tilning tafakkur vositasi sifatidagi roli nihoyatda buyukdir.  

 

Darhaqiqat,  faylasuflarning  yuqoridagi  fikrlaridan  kelib  chiqib,  tabiatdagi 



barcha  jonzodlarning  orasida    odamzodga  xos  alohida  sifatlar  bular  fikr  qilish  va 

so‗zlash  qobiliyatidir.  Ana  shu  sifatlarni  o‗rta  asrlarning  yetuk  donishmandi,  so‗z 

mulkining  sultoni  Alisher  Navoiy  o‗zning  Hayrat-ul  Abror  dostonida  qisqa 

satrlarda  juda  ham  keng  ma‘noli  qilib  ifodalab,  ushbu  misralar  bilan  hayot 

haqiqatini chiroyli tasvirlab bergan. 

 Insonni so‗z ayladi judo hayvondin  



Bil kim guhari sharifroq yo‗q ondin. 

(Alisher Navoiy) 

                                                 

1

 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент, 1983, 151-бет. 



2

 Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т.: ―Ўқитувчи‖. 1981. 21-бет. 




 

Inson  makon  tutgan  borliq  –  tabiat  va  jamiyat  muntazam  o‗zgarishda, 



rivojlanishda  bo‗ladi.  Uning  mohiyatni  anglashga,  borliq  jumboqlarini  yechishga 

bo‗lgan  qiziqishi,  ehtiyoji  sabab,    tafakkuri  kengayib,  yuksalib  boradi.  Inson 

tafakkurining rivojlanganlik darajasini hozirgi davr fan taraqqiyoti namoyon etadi. 

Inson  ongining  bu  darajada  rivojlanishida  til  eng  muhim  omil  va  vosita  bo‗lgani 

shubhasizdir.  

 

Borliqni  anglashning  asosi  til  (nutq)  ekanligini  bir  qancha  faylasuflar  ham 



e‘tirof etishgan. Jumladan, hozirgi zamon (modernistik) falsafasida ekzistensializm 

(―mavjudlik  falsafasi‖)  oqimining  asoschilaridan  biri  Martin  Xaydegger  tilga 

shunday yuksak baho beradi: ―Til – insoniyat boshpanasi‖, ―Til – borliqning uyi‖

1

.   



 

Falsafa 


fanining 

yetakchilaridan 

yana 

biri, 


G‗arbiy  Yevropada 

tilshunoslikning  asoschilaridan  hisoblanuvchi  Vilgelm  fon  Gumboldt  tilning 

mohiyatiga yana ham yaqinroq yondashib shunday yuksak baho beradi va dunyoni 

anglashning  asosi  til  ekanligini  ilmiy  jihatdan  asoslab  berdi.  U  ―Til  –  inson  va 

borliq  o‗rtasidagi  oraliq  dunyo‖

2

  deydi.  Ushbu  yondashuvdan  shu  narsa  ma‘lum 



bo‗ladiki,  inson  va  borliq  uzvlarini  bir-biriga  birlashtirib  turuvchi  rishta  til 

ekanligi, til bilimlarni hosil qiluvchi manbaa ekaniga amin bo‗lamiz.  

 

Har  qanday  bilim  insonning  borliq  bilan  munosabatidan  kelib  chiqadi.  Bu 



munosabatni til va tafakkur amalga oshiradi. Inson tilsiz borliq bilan munosabatga 

kirisha olmaydi, buning oqibatida hech qanday bilim yuzaga kelmaydi. Boshqacha 

qilib  aytganda,  miyada  paydo  bo‗ladigan  har  qanday  oddiy  tushuncha  til  orqali, 

nutq  tovushlari  birikmalari  orqali,  ya‘ni  so‗z  orqali  ifodalanmas  ekan,  bunday 

tushuncha  o‗zicha  hech  kimga,  xatto,  fikr  qiluvchining  o‗ziga  ham  ma‘lum 

bo‗lmaydi.  Shuning  uchun  ham  tarixda  birorta  tovush  tilisiz  kishilik  jamiyati 

bo‗lmagan va bo‗lishi ham mumkin emas.  

Inson tili – tovush tilidir. U nutq tovushlaridan tashkil topadi. Fikr almashish 

uchun foydalaniladigan so‗zlar va gaplar, albatta, tovushlar silsilasida o‗z ifodasini 

topadi.  

                                                 

1

 Гуннар Скирбекк, Нилс Гилье, Фалсафа тарихи (таржима), 2002, 467-468 бетлар. 



2

 Абдуллаев Ғ., Фалсафанинг тарихий ривожланиш босқичлари. Андижон., 1996 й. 




 

10 


Til  kishilarning  eng  muhim  aloqa  vositasi  sifatida  nutqiy  jarayon  orqali 

bevosita voqelanadi. Nutqiy jarayon esa so‗zlovchi va tinglovchilarning o‗zaro fikr 

almashuvidan  iboratdir.  Bu  jarayonda  so‗zlovchi  ob‘ektiv  olam  haqidagi 

bilimlarini  tovush  signallari  orqali  tinglovchiga  uzatadi.  U  ob‘ektiv  borliqdagi 

ma‘lum  voqea-hodisa  haqida  axborot  tashuvchi  asosiy  vositadir.  Bundan  axborot 

tashishning  boshqa  yo‗llari  ham  borligi  ma‘lum  bo‗ladi.  Masalan,  yo‗l  harakatidan 

ma‘lumot  beruvchi  vositalar,  yo‗ldan  o‗tish-o‗tmaslik  xabarini  beruvchi  vositalar  va 

boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar 

sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o‗zi haqida va shu bilan 

birga  borliqdagi  ma‘lum  narsa-hodisalar  haqida  ma‘lumot  berishdir.  Bunday  vositalar 

belgilar  deb  nomlanadi.  Inson  o‗zini  qurshab  turgan  olamni  bilish  jarayonida  olam 

unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi 

orqali  ifodalanadi.  Sotsial  axborotning  har  qanday  moddiy  ifodalovchilari  belgi 

hisoblanadi.

 

 



Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  Gumboldt  falsafasidan  kelib  chiqib, 

insonning nutq tovushlari signali orqali ifodalangan tilni ―oltin halqa‖ga o‗xshatish 

mumkin.  Bu  ―oltin  halqa‖  insoniyat  va  borliq  uzvlarini  o‗zida  birlashtiradi  va 

bundan  keyin  ham  jamiyat  uchun  zarur  bo‗lgan  yangidan-yangi  bilimlarni  kashf 

qilaveradi.      


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin