Grammatik.
Lektion 1 Darak gaplarda so’z tartibi
(Wortfolge im Aussagesatz)
1.Sodda gaplar odatda ikki xil bo’ladi, yoyiq va yig’iq gaplar. Yig’iq gaplar ega va kesimdan iborat bo’lsa, yoyiq gaplar ega, kesim va ikkinchi darajali bo’laklardan iboratdir. Ana shu gaplarda so’z tartibi ikki xil bo’ladi: To’g’ri so’z tartibli va teskari so’z tartibli. To’g’ri so’z tartibli darak gaplarda gapning birinchi o’rinda ega, ikkinchi o’rinda kesim bo’ladi. Masalan; Rachima arbeitet in der Schule.
Teskari so’z tartibli darak gaplarda esa birinchi o’rinda ikkinchi darajali bo’lak, undan keyin kesim va kesimdan keyin ega keladi In der Schule arbeitet Rachima.
Imkoni boricha gaplarda so’z tartibi o’zgarmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |