Gdds dqaf category Templates


 Birlamchi ma’lumotlarning ta’rifi, qamrovi, tasniflari, baholanishi va hisobga olish



Yüklə 484,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix07.04.2023
ölçüsü484,45 Kb.
#124936
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Aholi

3.1.2 Birlamchi ma’lumotlarning ta’rifi, qamrovi, tasniflari, baholanishi va hisobga olish 
davri 
Boshlang‘ich ma’lumotlar statistik qamrov, tasniflagich, baholash va hisobning aniq davriga 
nisbatan talab etiladigan parametrlar yetarlicha yaqindir. 
Tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish holatlari Adliya vazirligining Fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYo) qayd etilishi majburiydir. 
Jarayonlarning absolyut soni tug‘ilish, o‘lim, tuzilgan nikoh va ajrimlar to‘g‘risidagi 
dalolatnomalari yozuvlarining ikkinchi nusxalaridagi ma’lumotlarni statistik jarayonlarni qayta 
ishlash asosida olinadi.
Migrantlarni joriy hisobga olish Ichki ishlar vizirligining hududiy Ichki ishlar boshqarmalari 
(bo‘limlari)ning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yuklatilgan bo‘lib, 
aholini yashash manzili va ko‘chib kelish manzili bo‘yicha ro‘yxatga olishni amalga oshiradi. 
Statistik kuzatuvlar doimiy yashash joyini o‘zgartirgan holatda hisobga olinadi. 
O‘lganlarning o‘lim sabablari bo‘yicha hisobini yuritishda Xalqaro kasalliklar tizimi va 
salomatlik bilan bog‘liq muammolar statistik tasniflagichidan foydalaniladi. O‘ninchi qayta 
nashr. 
3.1.3 Birlamchi ma’lumotlarning o‘z vaqtida tayyor bo‘lishi 
Ma’lumotlarni yig‘ish dasturi ularni o‘z vaqtida olinishini ta’minlaydi. 


Boshlang‘ich ma’lumotlar Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Davlat statistika ishlari 
dasturida belgilangan muddatlarda chorak yakunlari bo‘yicha respublika va hududlar kesimida 
ishlab chiqiladi. 
Aholining tabiiy harakat to‘g‘risidagi yillik ma’lumotlar jarayon sodir bo‘lgan vaqtda, oylik 
ma’lumotlar jarayon ro‘yxatga olingan vaqt bo‘yicha hisobga olinadi. Aholi soni hisobi har yili 1 
yanvar holatiga so‘nggi aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, tug‘ilganlar va shu hududga 
ko‘chib kelganlar sonini qo‘shish, o‘lganlar va shu hududdan ko‘chib ketganlar soni ayirish 
orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 484,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin