O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI TABIIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI Geografiya yo’nalishi 5-bosqich o’zbek guruh talabasi Hikmatova Nilufarning
5-sinflar uchun “Azimut va masofani o`lchash” mavzusida tayyorlagan bir soatlik
NAMUNALI DARS ISHLANMASI Toshkent-2023 Fan: Geografiya (Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi) Sana:20.10.2023 Sinf: 5 “A” Mavzu:Azimut va masofani o`lchash Darsning maqsadi: ta’limiy: O‘quvchilarga geografiya mohiyatini chuqurroq anglatish, fanga bo‘lgan qiziqishlarini ortirish.
tarbiyaviy:o‘quvchilarda boshqa millat, elat va xalqlarga hurmat hissini shakllantirishda davom etish, ularning urf-odatlari, an’ana va marosimlariga hurmat hamda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish – TK-1; ularning nutqini o‘stirish – TK-2; o‘quvchilarni azimut va masofani o`lchash bilan tanishtirishda Internet tarmog‘idan foydalanish va bu orqali ularning kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash.
Dars uslubi: Ko‘rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Toifalash jadvali, “Men kimman?”, SWOT-tahlili);
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi
Dars shakli: Individual va mustaqil ishlash darsi
Dars didaktikasi: a) jihozi: darslik, o‘qituvchi kitobi, 5-sinflar uchun tayyorlanghan o‘quv fimlari, o‘quv atlasi va yozuvsiz xaritaralar, Dunyoning tabiiy xaritasi;