13. Qo‘shma gapning keyingi qismi oldingi qismdagi mazmunni umuman izohlab kelsa, ikki qism orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Hamidning tushi o‘ngidan keldi: u ertasi kuni darsdan xushxabar bilan qaytdi.(E.A’zam) Chiroqlar uch marta o‘chib yondi: chiroqchi to‘y xizmatchilarini ogohlantirdi.(T.Murod) Daraning aholisi o‘z ishi bilan mashg‘ul: o‘spirinlarpodalarni haydab chiqib ketadi, erkaklar qo‘sh qo‘shib shudgor qilmoqda.(S.Ayniy) Musofir muxlis uni darrov tanidi: u tanimay kim tanisin!(E.A’zam) Sobiq maktabdoshini tanib-tanimay, noqulayroq biror gapni ko‘zg‘ab solishidan yuragi taka-puka bo‘lib o‘tirgan Oqsoqol shoir, nihoyat, yengil tortdi: shunisiga ham shukr!(E.A’zam). 14. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng: Rais ogohlantirdi: “Ertagayoq yerni shudgorlash ishlarini boshlash lozim ”. 15. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng: Mavzu: “Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin ” dostoni ”. 16.Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta’minlash maqsadida turli xil rasmiy ma’lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin: Toshkentda “O‘zbek tilshunosligi: kecha va bugun” mavzusida yettinchi an’anaviy respublika ilmiy- nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 17.Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun:
Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o‘yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27: 21 hisobi bilan yengdi.