Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


- mashq .Ushbu so‘zlarning qaysi qoida asosida yozilganini va qanday yozilishini aniqlang



Yüklə 232 Kb.
səhifə51/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

6- mashq .Ushbu so‘zlarning qaysi qoida asosida yozilganini va qanday yozilishini aniqlang.
Ko‘z oynak, oy bolta, erta pishlar, oq qush, temir yo‘l, ko‘ribchiqdi, ko‘cha ko‘y, kundan kunga, katta kichik, kattadan katta, tog`tog`, kam kam, o‘n yetti, sotib olmoq, osh qozon, Yangi yo‘l, ot boqar, yoril tosh, kuch quvvat, ota-ona, tog` tosh, o‘q ilon, tog` olcha, gul toji xo‘roz, foto apparat, Sir daryo, qora qurt, oq qo‘rg`on, Ming buloq, Besh ariq, beshik tervatar, O`rta Osiyo, Janubiy Amerika, Markaziy Farg`ona, Yuqori chirchiq, osma ko‘prik, ish haqqi, yer yong`oq, qo‘l yozma, qozon yuvgich, yosh qari, oziq ovqat, o‘z kitob, katta qo‘rg`on, sariq yog`, jomboy don,
O`z dun robita, akayu-uka, elu yurt, shifo baxsh, qo‘l bola, shirin so‘z, bir so‘zli, rahm dil, erta pishar, to‘q qizil, behs qavatli, ochiq sochiq, ko‘k qashqa, sohibjamal, cho‘qqi saqol, bosh yalang, har bir, hech bir, alla narsa, u bu, qaysi bir, har nima, yozib qo‘ya qol, o‘tdi ketdi, olib chiq, oz muncha, har qachon, hech qachon, asta -sekin, kecha kunduz, ruxsat noma, xush vaqt, guldura, video kamera.
7-amaliy mashg‘ulot. Chiziqcha bilan yozish imlosiga oid mashqlar tahlili


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.


Bilib oling.
Odatda, sinonimlar yo antonim so‘zlar ba’zan yonma-yon qo‘llanadi: mehr-oqibat, aka-uka, katta-kichik, unda-bunda va b. Bir so‘zning o‘zini ham takrorlash mumkin: yosh-yosh bolalar, katta-katta teraklar.
Bunday so‘zlar juft so‘zlar deyiladi va ular orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi: uch-to‘rt kishi, ellik-oltmishga yaqin terimchi...
Agar juft so‘zlar orasida -u, -yu yuklamalari qo‘llansa, yuklama birinchi so‘zga qo‘shib yoziladi; ikkinchi so‘z ajratib yozilaveradi: yer-u osmon, yor-u do‘st, qishlog‘-u shahar.
Quyidagi juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: belgini kuchaytiruvchi sifatlar (qip-qizil, dum-dumaloq, to‘ppa-to‘g‘ri), -ma, ba-bilan birikkan so‘zlar (uyma-uy, dam-badam).
Quyidagi juft otlar va uyushiq bo‘laklar orasidagi farqni izohlab bering.
Namuna: qozon-tovoq — ro‘zg‘or ma’nosida, qozon va tovoq — ikki xil ro‘zg‘or asbobi.
ota-ona, yer-suv, choynak-piyola, uy-joy, ota-bola, yor-og‘ayni, qo‘ni-qo‘shni, ko‘z-quloq, bola-chaqa, o‘yin-kulgi, urf-odat, savdo-sotiq.


1-mashq. Quyidagi juft otlarning ma’nosini aytib bering.
azob-uqubat, qosh-qovoq, yosh-qari, qovun-tarvuz, rahm-shafqat, ko‘rpa-to‘shak, olma-o‘rik, xavf-xatar, orzu-umid.
Bir-biriga zid ma’noli yo yaqin ma’noli so‘zlarni qator keltirib, juft so‘z hosil qiling. Ularning imlosiga e’tibor bering.
sabzi, qayg‘u, baxt, voqea, cheva, xavf, dushman, yor, do‘st, qo‘shni, bola, tog‘, bog‘, qozon, opa, og‘a, ekin, mehr, piyoz, ovqat, saodat, alam, hodisa, xatar, yov, chaqa, qir, rog‘, tovoq, singil, tikin, muhabbat, oziq, meva.
2-mashq. Qo‘shma va juft so‘zlarni toping. Ularning imlosini tushuntiring.
1. Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan, Hamma bir-biriga jigarso‘z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. (Xalq qo‘shiqlaridan.) 2. Bitta bulbul qanchadan-qancha odamning dilini xush qiladi. 3. Ota-onangni naqadar e’zozlasang, do‘st-yorga ham shunday oqibatda bo‘l. 4. Urushning azob-uqubatlarini tortgan Ikromjon boshliqning gapiga ko‘navermadi, ishga kirishib ketdi. 5. Oqtosh mevazor bog‘-rog‘larga aylandi.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin