Grafika va yozuv tarixi reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3



Yüklə 232 Kb.
səhifə74/77
tarix04.06.2022
ölçüsü232 Kb.
#116630
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Grafika va yozuv tarixi reja Yozma nutq me yorlari fani, uning

YUNON VA KAROSHTA YOZUVLARI. Eramizdan oldingi III-I asrlarda ishlatilgan yozuvdir.
SO‘G‘D YOZUVI. Hozirgi eramiz boshidan VI asrlargacha ishlatilgan yozuv.
XORAZM YOZUVI. II asr oxiri III asr boshlarida Xorazm shohi chiqargan tangalarda uchraydigan yozuv bo‘lib, oromiy yozuviga o‘xshash bo‘lgan.
O‘RXUN-ENASOY YOZUVI. Namunalari Mo‘g‘ulistonning O‘rxun (yoki O‘rxon) vodiysidan hamda Rossiyaning Enasoy (Yenisey) daryosi havzasidan topilgan yozuv.
UYG‘UR YOZUVI. VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va mo‘g‘ullar tomonidan qo‘llangan yozuv.
LOTIN YOZUVI. 1929-yildan 1940-yilgacha O‘zbekistonda amal qilingan yozuv. Maktablarda bu alifboga o‘tish 1927-28 o‘quv yilidan boshlanib, 1929-30 o‘quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to‘liq o‘tib bo‘lingan.
KIRILL YOZUVI. 1940-yil 6-8-may kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo‘lib, unga to‘liq o‘tish 1942-yil boshlarida yakunlandi.
YANGI LOTIN YOZUVI. 1993-yilda maxsus qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonun. 1995-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi.
GRAMMATIK ME’YOR – so‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi.
GRAFIKA - yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy
va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini
ta’minlaydi.
GRAFEMA - grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va
ifodalanuvchi tomonlari bor bo'lgan semiotik belgi.

Yüklə 232 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin