H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə117/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170
H jamolxonov

Tekshirish savollari

  1. Qanday hodisa paronimiya sanaladi?

  2. Paronimlar va kvaziomonimlar qanday farqlanadi?

  3. Paronimlar va omonimlar qanday farqlanadi?

  4. Paronimlar va omofonlar qanday farqlanadi?

  5. Paronimlar va so'z variantlari qanday farqlanadi?

  6. Paronimiyaga oid qanday masalalar munozarali bo'lib qolmoqda?

  7. Paronimiya hodisasining nutqqa ta’siri bormi?

  8. Paronomaziya nima?

Tayanch tushunchalar
Paronimiya — ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o'zaro o'xshash, ohangdosh bo'lishi.
Kvaziomonimlar — bir fonemasi bilan farqlanadigan ikkita so'z (minimal juftlik).
So‘z variantlari — bir leksemaning tildagi turli ko'rinishlari.
Paronomaziya — jonli so'zlashuvda paronim so'zlarni qorishtirish hodisasidan badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish.
GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA
Adabiyotlar: 11 [49-51], 19 [22—23, 118—120|, 32 [75-77],

  1. §. Giponimiya

Giponimiya — lug'at boyligidagi leksemalaming pog'onali (ierarxik) aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo'ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, lota leksemasining ma’nosi gul leksemasining ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no tarkibiga kiradi. Bunday po'gonali (bosqichma- bosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki bu fanning terminologik tizimida keng tarqalgan. Chunonchi, botanikada tar tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi sinf tushunchasi tarkibiga, s/w/tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya bo'lgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday bog'lanish gipo- giperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo'lak) munosabati deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug'at boyligi ning yoxud undagi ayrim terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi. Shu yo'l bilan tildagi leksemalaming paradigmalari (leksemalaming ma’no to'dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, «kiyim» mazmunli guruh a’zolari: telpak, ko'ylak, kastum, shim, tufH va h.k.lar; «o‘simlik» mazmunli guruh a’zolari: daraxt, buta, o't, suvo‘tva b.lar; «daraxt» mazmunli guruh a’zolari: terak, tol, qayrag'och, archa, qarag'ayva b.lar kabi.
Tilning lug'at boyligini tizim (sistema) sifatida o'rganishda leksema- larninggipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va jamiyatdagi narsa-predmetlarning, voqea-hodisalarning tildagi nomlari bo'lgan leksemalaming ma’nolarini va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa-hodisalarning o'zlari haqidagi tushuncha-tasavvurlarni umumlashtirish va farqlash imkonini beradi12".


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin