H jamolxonov


Umumxalq lug‘aviy birliklar



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə130/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   170
H jamolxonov

Umumxalq lug‘aviy birliklar - ishlatilish doirasi chegaralanmagan so'z va iboralar.
Dialektizmlar — qo'llanishi territoriyaga ko'ra chegaralangan til birliklari.
Dialektizm-so‘z — shevaga xos so'z.
Dialektizm-ma’no — so'zning shevadagi ma’nosi.
Fonetik dialektizmlar — dialekt yoki shevaga xos fonetik birliklar tizimi.
Leksik-fonetik dialektizm - adabiy tilda bor bo'lgan so'zning biror shevadagi fonetik tarkibi.
Grammatik dialektizmlar - biror shevaning o'zigagina xos (adabiy tildagidan o'zgacha) grammatik shakllari.
Kasb-hunar leksikasi — ijtimoiy mehnatning, ilm-fan yoki san’atning, ishlab chiqarishning u yoki bu turiga mansub maxsus tushunchalarning nomlari.
Professionalizmlar — kasb-hunar leksikasining o'zi.
Terminlar — professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyot yoki san’atga oid bir turi.
Argotizmlar — yashirin ma’noli so'zlar.
Jargonizmlar — yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o'zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo'rttirib baholash xususiyatiga ega so'zlar.
Vulgarizmlar — haqorat ma’nosida qo'llanadigan so'zlar.
0‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI
Adabiyotlar: 11 [67-73], 27 [151-164], 32 [106-114].
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo'lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o'rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi -jamiyatda bo'lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy- texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug'at boyligida yangi-yangi so'z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so'z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategöriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug'at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin