H jamolxonov


§. So‘zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko‘rinishlariga xoslanish



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə143/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170
H jamolxonov

§. So‘zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko‘rinishlariga xoslanish

So'zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko'rinish­lariga xoslanish:

  1. So'zlashuv nutqida, ayniqsa, oddiy (jonli) so'zlashuvda:

  1. so'z, so'z formalari va so'z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba’zan bir necha tovush) tushib qoladi: obor(< olib bor), aytvor(< aytib yubor), pasqam (pastqam), bolla (bolalar), mashu (< mana shu) kabi;

  2. ba’zi tovushlarning so'z tarkibidagi o'rni almashadi (so'zning metatezaga uchragan shakli qo'llanadi): turpoq (< tuproq), tervat (tebrat), to‘rg‘amoq (< to'g'ramoq) kabi;

  1. bir tovush o‘rnida boshqa tovush (fonemaning fakultativ varianti) qoilanadi: kegin (< keyin), shoyi (< shohi), ko'ynak (< ko‘ylak), qalmoq (< qarmoq) kabi;

  2. so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: o‘ris (< rus), ishkop (< shkaf), tanka (< tank), banka (< bank) kabi;

  3. so‘z tarkibidagi ayrim unlilar uslubiy maqsadda cho‘ziladi: ho-o-zir, ka-a-a-atta, ayta qo-o-l, jo-o-onim kabi;

  4. so‘z tarkibida bir xil undoshlar qavatlantiriladi, bunda so'z urg'u- sining o‘rni ham ko'pincha o‘zgartiriladi, shu tariqa leksemaning ma’nosida ta’kidlash, erkalatish, yalinish, ma’noni kuchaytirish kabi ottenkalar ifodalanadi: mazamazza, yasha — yashsha kabi;

  5. so'zlashuv nutqida kishi nomlarining, so‘z yoki so‘z birikmalarining qisqartirib talaffuz qilinishi ham uchrab turadi: Dilor (< Dilorom), Muqad (<■ Muqaddas), Guli (< Gulnora), Dilfuz (< Dilfuza), kilo (kilogramm), marshrutka (< marshrutli taksi), metro (< metropoliten) kabi;

  6. so‘zlashuv nutqida intonatsiyaning ham o‘ziga xos o‘rni bor: nutqiy vaziyatga qarab u tez-tez o‘zgarib turishi, bunda xabar-darak; so‘roq, buymq mazmuni, taajjub, gumon, qat’iylik kabi ma’nolar ifodalanishi mumkin;

j) fe’lning -b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh shakli hamda «-gan» affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan birga kelganda «-uvdi», «-gandi» shakllarida qoilanadi: aytuvdi (< aytib edi), boruvdi (< borib edi), yozuvdi (< yozib edi), aytgandi (< aytgan edi), borgandi (< borgan edi), yozgandi (< yozgan edi) kabi;
k) so‘zlarning subyektiv baho shakllariga keng o‘rin beriladi: akajon, Lolaxon, dadamlar, yigitcha, qizaloq kabi.

  1. Rasmiy nutqda qonun, qaror, ariza, bildirgi, buyruq, nizom, yo‘riqnoma (instruksiya), e’lon, hisobot, akt, shartnoma, tilxat kabi turli hujjatlar va ish qog‘ozlari yoziladi. Bunday hujjat matnlarida avvaldan shakllanib, maium qolipga tushgan konstruksiya, formulirovka va so‘z birikmalaridan keng foydalaniladi: ...ni qaror qiladi; ..Jar ta’minlanadi; ...ga egadir; ...lar e’tiborga olinsin; ...ga chora ko‘rilsin; ...qoniqarli deb topilsin; biz, quyida qo‘l qo‘yuvchitar...; ...ni hisobga olib buyuraman; ...ma’lum qilaman; ...ma’lum qilamiz; ...ni so‘rayman; ...ning bajarilishini o‘z zimmamizga olamiz kabi.

Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Nutq nima? Uning qanday turlari bor?

  2. Adabiy va so‘zlashuv nutqlari qanday farqlanadi?

  3. Qanday so'zlar umumnutq qatlam birliklari sanaladi?

  1. Qanday so’zlar nutqning ma’lum turiga xoslangan hisoblanadi?

  2. Rasmiy va badiiy nutqlarda qo’llanishga xoslangan so’zlar qanday farqlanadi?

  3. So’zlashuv nutqida qo’llanishga xoslangan so’zlar, ularning ma’no xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  4. Badiiy nutq va badiiy asar tili qanday farqlanadi?

  5. Nutqning u yoki bu turiga xos bo’lgan fonetik va grammatik belgi- xususiyatlar haqida gapiring.

FRAZEOLOGIYA FRAZEOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Adabiyotlar: 11 [78-81], 27 [55-61, 74-79], 32 [82-88], 110 [3-5],

  1. §. Frazeologiya

Frazeologiya tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at tarki­bidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyadir. Masalan, zo'raymoq (leksema) — avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) — azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.

  1. §. Frazemaning ifoda plani

Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko ‘nglini olmoq (birikmaga teng), ko‘zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli turg’un konstruksiyalar ham uchraydi: «qor yog‘ib, iglar bosildi» kabi.
Frazemalar tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog’lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’zlar tobelanish asosida bog’lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog’lanish nutq jarayonida, nutq bilan birpaytda sodirboiadi; frazemadagi bog’lanish esa nutq paytidan ancha awal yuzaga kelib, turg’unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so’ziarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi: «kengko‘cha» 216 .
birikmasi o’rnida «tor ko‘cha» birikmasini, «men o‘qiyman» gapi o‘rnida «men ishlayman» gapini qoilashi mumkin, ammo «yulduzni benarvon urmoq» birikmasi o‘rnida «yulduzni narvonsiz urmoq», «yulduzni shotisiz urmoq», «yulduzni beshoti urmoq» birikmalari qo‘llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg’un birikma frazema boiavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg‘un konstruksiyadir, ammo to‘g‘ri ma’noli turg‘un konstruksiya bo‘lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko‘chma ma’no ifodalashi shart.
Frazemalaming ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so‘zlar (ko’makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida «bilan» ko‘makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida «-moq» fnorfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko’makchi va affiksal morfema frazemalaming doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalaming ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi bog‘lanishlarda qoilangan «-di+m», «-gin», «-sin» morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko‘rsatkichlari) shu frazemalaming ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar nutq talabiga ko‘ra qo‘shiladi.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin