H jamolxonov


§. Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə145/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   170
H jamolxonov

§. Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari

Bu semalar frazeologik ma’noga tayanadi. Masalan: aravani quruq olib qochmoq (fe’l frazema), arpasinixom o‘rmoq (fe’l frazema), ammamning buzog'iday (sifat frazema), bag‘ri qattiq (sifat frazema), bir og‘iz (ravish frazema), bir og‘izylan (ravish frazema), to‘rt ko‘z bilan (ravish frazema), tomdan tarasha tushganday (ravish frazema) kabi.
Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Frazema nima?

  2. Nima uchun frazema ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiya sanaladi?

  3. Frazemaning ifoda planini qanday tushunasiz?

  4. Frazemalar erkin birikmalardan va to‘g‘ri ma’noli turg‘un birikmalardan qanday farqlanadi?

  5. Frazemaning mazmun plani haqida ma’lumot bering.

  6. Frazeologik ma’no nima? U leksik ma’nodan nimasi bilan farqlanadi?

  7. Frazemaning semantik tarkibidagi uslubiy baho (stilistik bo'yoq) haqida gapiring.

  8. Frazemalardan nutqda qanday maqsadlarda foydalaniladi?

  9. Frazemalarning semantik tarkibida turkumlik semalari boMadimi?

Tayanch tushunchalar
Frazeologiya — tilshunoslikning frazemalar bilan shug‘ullanuvchi bo'limi.
Frazema — ko'chma ma’noli turg‘un konstruksiya.
Frazemaning ifoda plani — frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi.
Frazemaning mazmun plani — frazemaning frazeologik ma’no va uslubiy bo‘yoqdan iborat semantik tarkibi.
FRAZEOLOGIK MONOSEMIYA VA POLISEMIYA. FRAZEMALARNING SEMANTIK TURLARI
Adabiyotlar: 11 [81-83], 27 [101-107], 32 [86-88], 110 [5-6].

  1. §. Frazeologik monosemiya

Frazeologik monosemiya — frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo'lishi. Chunonchi, ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining semantik tarkibida «yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq» ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo‘q: «Rizaningyuragiga qo 7 solib ko'rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo‘ldi.» (R.F.). «Kechagi ishdan maqsadim u yerdagi xotinlarning ko ‘ngliga qo 7 solib ko ‘risk, undan keyin o‘zimga ba’zi bir ishonchliroqlarini tanlab olish edi.» (S.Z.). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining variatsiyasi — «yuragiga qo ‘I solib ko ‘rmoq» ishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no — «yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq» nazarda tutilgan.

  1. §. Frazeologik polisemiya

Frazeologik polisemiya — frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo'lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) «Behud bo‘lmoq» ma’nosi: «stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. «Muncha darmonsiz bo‘lmasam», — o'yladi u». (S.Z.); 2) «Esankiramoq» ma’nosi: «...muloyim qarab qo ‘yishlarini, ... jilmayib gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi». (O.Yo.)
Leksemalarda bo‘lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko‘chish qonuniyatlariga asoslanadi.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin