H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə149/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170
H jamolxonov

Frazeologik paronimiya - tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga o’Xshash boiishi kerak: 1. Yctti uxlab tushiga kirmaslik — «mutlaqo o’yla- maslik, kutmaslik». 2. Ycttiuxlab tushida ham ko ‘rmaslik — «hech qachon ko‘rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va «ko‘r- maslik» so’zlari talafïuzida (ma’nosida emas, albatta) o’xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi [27, -142],

  1. §. Frazemalarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari

Bunday munosabat asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi.

  1. Frazeologik sinonimiya bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Masalan: 1) pixiniyorgan — «ayyor», 2) Homing yog‘ini yalagan — «ayyor» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha — «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha — «Juda katta farq» kabi.

Leksik sinonimiyada bo’lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qätorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixiniyorgan va ilonning yog‘iniyalagan frazemalari «ayyor» ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda.
Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo’yoq, odatda, bo’rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda — voqelikni nomlashda uni o’tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazh bo’lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botirning achchig‘i keldi, buni Bo'ston sezdi (S.N.). 2) Keyingi nasihatomuz gapi qonini qaynatib yubordi. (S. An.).
Frazeologik sinonimiya hodisasi ko’proq har bir tilning o’z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug‘igacha. — Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig ‘maydi. — Sevinchi ichiga sig‘maydik'db\. Boshqa tildan frazema o’zlashtirish juda passiv bo’lganligidan, o’zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi.
Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiyadan farqlash kerak: frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta frazemaning ichki koiinishlari nazarda tutiladi, bunday ko'rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) ko‘zini yummoq;

  1. bandalikni bajo keltirmoq; 3) jon bermoq. Bu uch frazema bitta ma’noni — «vafot etmoq» ni bildiradi, shunga ko'ra bitta sinonimik qatorga birlashadi. Qo‘lini bigiz qdmoq va barmog‘ini bigiz qilmoq qo'shilmalari esa ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko'rinishi, xolos. Bu frazema tarkibidagi «qo‘l» va «barmoq» so'zlari o'rtasida sinekdoxa yo'li bilan ma’no ko'chishi (butun va qism munosabati) bor, bu hoi «qo‘l» so'zi o'rnida «barmoq» so'zining qo'llanishiga yo'l ochgan, ammo bir frazema o'rnida butunlay boshqa frazema yuzaga kelmagan, shunga ko'ra ular bitta frazemaning ichki ko'rinishlari — variatsiyalari sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar: Kiprik qoqmaslik. — Mijja qoqmaslik (bir frazema­ning ikki varianti, chunki «kiprik» va «miija» so'zlarida bitta obraz mujassam).

Ba’zan leksema bilan frazema bir sinonimik qatorga birlashadi: qaramoq (leksema) — ko‘z qirini tashlamoq (frazema), xursand (leksema) — boshi osmonda (frazema) kabi. Bular leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksik- frazeologik sinonimlar qatorida leksema dominanta sanaladi. Demak, lug'aviy sinonimlar uch xil bo'ladi: 1) leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat io'zlar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat frazemalar birlashadi); 3) leksik-frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda so'z va frazemalar birlashadi).


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin