H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə26/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
H jamolxonov

rasm. Bo'g'iz (hiqildoq):

A - bo'g'izning old tonioni: 1 - qalqonsimon tog'ay; 2— uzuksimon tog'ay;-3- til osti suyagi; 4 - qalqonsimon tog'ayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 — uzuksimon tog'ay bilan qalqonsimon tog'ay orasidagi pay; 6 — kekirdak (traxeya).

B - bo'g'izning orqa tonioni: I - qaiqonsimon tog'ay; 2 - uzuksimon tog'ay; 3 - qalqonsimon tog'ayning yuqori shoxlari; 4 — qalqonsimon tog'ayning quyi shoxlari; 5 — cho'michsimon tog'aylar; 6- bo'g'iz qopqog'i; 7- traxeyaning pardasimon (orqa) qismi.

  1. rasm. Bo‘g‘izning ko‘ndalang kesilgandagi ko'rinishi:

/ - qalqonsimon tog'ay; 2 — cho'mich- simon tog'aylar; 3 — un (ovoz) paycha- larining qirralari; 4 — ovoz paychalari orasidagi tirqish.
&

a
b
d
e
f

  1. rasm. Ovoz paychalari orasidagi tirqish ko‘rinishlari:

a - yopiq holat; b - ovoz holati; d - shivirlash (pichirlash) holati; e — nafas chiqarish holati; /— nafas olish holati.

  • un paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo'ladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalami tebratmay o'tadi. Bunday vaziyatda ovoz hosil bo'lmaydi (4-f e rasm);

  • ovoz paychalari tortilgan (taranglashgan)da, ular orasidagi ochiq bo'shliq yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to'siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) hosil qiladi (4-a, b rasm). Shuning uchun bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbayi hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi;

  • ovoz paychalari bo'shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo'shliq yuzaga keladi, havo oqimi shu bo'shliqdan sirg'alib, ishqalanib o'tadi, ammo un paychalarini tebratmaydi, natijada shovqin hosil bo'ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qo'llanadi (4-rirasm);

  1. halqum -bo'g'izdan yuqoriroqda joylashgan bo'shliq. U uch qismdan iborat: pastki qismi hiqildoq (bo'g'iz)ga tutashgan o'rni; o'rta qismi — halqumning og'zi. Bu qism og'iz bo'shlig'i tomonga ochilgan bo'ladi; yuqori qismi — burun bo'shlig'iga va esliitish paylariga birikkan (tutashgan) qismi;

  2. og‘iz bo‘shlig‘i — til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqali halqumga tutashadi;

  3. burun bo‘shIig‘i — qo'shimcha ton manbayi. Ü yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning quyi tomon harakat qilishi natijasida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun bo'shlig'idan o'tib, qo'shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. O'zbek tilining m, n, ng undoshlari shu apparat ishtirokida yuzaga. keladi.

  1. rasm. Boshning bo‘ylama kesimi. Yumshoq tanglay pastga tomon siljigan: / — og‘iz bo'shlig'i; 2 — halqum; 3 — burun bo‘shlig‘i; 4 — bo‘g‘iz.




  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin