H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə36/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170
H jamolxonov

Ikkinchi asos oppozitsiya a’zolari o‘rtasidagi munosabatga tayanadi. Bu belgi asosida oppozitsiyalar quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. Privativ oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolaridan birida bor bo‘lgan belgi shu oppozitsiyaning ikkinchi a’zosida bodmaydi: «b»dagi «jaranglilik» belgisi «p»da yo‘q, «d»dagi «jaranglilik» «t»da yo‘q. Demak, bunday oppozitsiya a’zolaridagi belgilar bir-birini inkor etishga (inkorni inkor qonuniga) asoslanadi: b-p (jarangli - jarangsiz), d-t (jarangli-jarangsiz), t-s (portlovchi-sirg‘aluvchi) kabi.

  2. Gradual (pog‘onali) oppozitsiya. Bunday oppozitsiya fonemalardagi farqlanish belgisining darajalanishiga asoslanadi. Masalan, i-e-a, u-o‘-o unlilarida ana shundaiy darajalanish bor: i (tor) - e (o‘rta keng) - a (keng), u (tor) - o' (o‘rta keng) — o (keng) kabi. Bularning barchasida til bilan tanglay orasidagi masofa «tor»dan «keng»ga qarab darajalanib bormoqda.

Darajalanish xususiyati undoshlar oppozitsiyasida ham kuzatiladi: t (portlovchi) - ch (qorishiq) - sh (sirg‘aluvchi). Bunda qorishiq «ch»dagi «portlash-sirg‘alish» belgisi uning portlovchi «t» bilan sirg'aluvchi «sh» o'rtasiga qo'yilishini taqozo qiladi. Gradual xarakterdagi zidlanish (b-d-g), (p-t-k) oppozitsiyalarida ham mavjud: b (lab-lab) — d (til oldi-dental) — g (til orqa); p (lab-lab) — t (til oldi-dental) — k (til orqa). Bulardagi gradatsiya artikulatsiya o'rnining labdan tilning orqa qismiga qarab ko'chib borish darajasi bilan belgilanadi.

  1. Ekvipolent oppozitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolarida asosiy farqlovchi belgidan tashqari yana bitta qo‘shimcha farqlovchi belgi ham mavjud boiadi [103, -371], Masalan, o'zbek tilidagi «i» va «u» unlilari «lablanmagan va lablangan» farqlanish belgisi asosida (i-u) oppozitsiyasini hosil qiladi, ammo bu oppozitsiya a’zolarida qo‘shimcha farqlanish belgisi ham bor: i (lablanmagan, old qator) - u (lablangan, orqa qator) kabi. Bulardagi «labianmagan, old qator» belgilari «lablangan, orqa qator» belgilariga teng qiymatli belgilar sifatida qarama-qarshi qo'yiladi14. Bunday holat (e-o‘), (a-o) oppozitsiyalarida ham kuzatiladi. 0‘zbek tili undoshlari tizimidagi t-sh, d-j zidlanishlari ham ekvipolent oppozitsiyalar sanaladi, chunki ularda ham zidlanish ikki belgiga asoslangan: t (til oldi-tish, portlovchi) + sh (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) =? t-sh oppozitsiyasi; d (til oldi-tish, portlovchi) + j (til oldi-tanglay, sirg‘aluvchi) = d-j oppo­zitsiyasi kabi.


Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin