H jamolxonov


Artikulatsiya usuliga ko‘ra



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə45/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   170
H jamolxonov

Artikulatsiya usuliga ko‘ra. Bunda o‘pkadan kelayotgan havo oqimining to‘siqdan (fokusdan) qay tarzda o‘tishi nazarda tutiladi. Bu belgisiga ko‘ra undoshlar hozirgi o‘zbek tilida quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Portlovchilar — havo oqimining to‘siqdan portlab o‘tishidan hosil boluvchi undoshlar. Bularga b, g, d, k, p, t, q fonemalari kiradi. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga tegib, havo yo‘lini to'sadi, natijada portlash yuz beradi.

  1. Qorishiq portlovchilar (affrikalalar) — ch, j (dj). Bu undoshlar artikulatsiyasining ish holati ikki xil kechadi: bitta fokusning o‘zida portlash va sirg‘alish jarayonlari sodir boiadi — artikulatsiya portlash bilan boshlanib, sirg‘alish bilan tugaydi.

  2. Sirg'aluvchilar — v, j, z, y, 1, s, f, x, sh, g\ h. Bu undoshlarning talaffuzida nutq apparatidagi ikki a’zo bir-biriga juda yaqinlashadi, ammo jipslashmaydi: havo oqimining sirg‘alib o‘tishi uchun oraliq qoldiriladi.

  3. Yumuq fokusli burun tovushlari (ruscha: CMbiHHO-nocoBbie corjracHbie)33. Bu guruhga m, n, q undoshlari kiritiladi: a) «m» ning artikulatsiyasida ikkala lab orasida yuzaga kelgan to‘siq havo yolini yopadi (yumuq fokus yuzaga keladi), natijada, havo oqimi to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi va burun bo‘shlig‘idan sirg'alib o'tadi (bunda burun yoli ochiq holatda boiadi); b) «n» ning artikulatsiyasida til uchi bilan milk orasida havo yoli yopiladi, orqaga qaytgan havo oqimi (un bilan birga) burun bo‘shlig‘idan sirg‘alib o‘tadi: d) «ng» ning artikulatsiyasida tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida havo yoli yopilib, burun bo'shlig'ida sirg'alish kechimi sodir boiadi.

Izoh: m, n, q undoshlari artikulatsiyasida portlash ola kuchsizlanadi, bunga havo oqimining to'siqqa urilib, orqaga qaytishi va burun bo‘shlig‘idan sirg'alib o'tishi sabab boiadi. Shuning uchun adabiyotlarda bu tovushning artikulatsiya usuli har xil baholanmoqda: «portlovchi-sirg‘aluvchilar»34, «portlovchilar» (29, 28- b.), «sirg‘aluvchilar» (16, 25-b.), «burun (nazal) undoshlari» (1, 118- bet) kabi.

  1. Titroq undosh — «r». Bu undoshning talaffuzida tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon kolariladi va havo zarbidan titraydi, havo oqimi tebranadi.


  1. Yüklə 5,34 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin