H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə61/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170
H jamolxonov

Ayiruv urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so'zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo‘llanadigan urg‘u. U ikki turga bo‘linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg‘u.

  1. Logik urg‘u — tinglovchining e’tiborini gap bo‘laklaridan biriga alohida jalb etish, shu bo‘lak orqali ifodalangan ma’noni maxsus tä’kidlash uchun qo'llanadigan urg'u. Gapning logik urg‘u olgan bo‘lagi odatda boshqa bo'laklardan kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 1) Men universitetda o‘qiyman (boshqa birov emas, men...). 2) Men universitetda o‘qiyman (litseyda emas, universitetda...). 3) Men universitetda o‘qiyman (ishlamayman, o'qiyman...) kabi.

Logik urg‘u obyekti boigan bo'lakning leksik urg‘uli bo‘g‘ini boshqa bo‘g‘inlardan kuchliroq, undagi unli esa ancha cho‘ziq talaffuz etiladi.

  1. Emfatik urg‘u (emotsional urg‘u). Urg‘uning bu turi ham biror gap bo'lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg‘uda bo‘lakning (so‘zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg‘uda shu ma’no bilan birga so'zlovchining his-hayajoni, voqelikka boigan subyektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gapdagi so‘zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: «Eh, qanday go ‘zfll manzara! Tabiat shu daraja go‘zalki, ko‘rib bahri diling ochiladi!» Bu gapda qanday va go‘zalso'zlariga, aniqrogi, shu so‘zlardagi «qan-» va «-zal» bo‘g‘inlariga emfatik urg‘u tushgan: shu bo‘g‘inlardagi unli tovush ancha cho‘ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan.

Tekshirish savollari

  1. Urg'u nima? Uning qanday tiplari bor?

  2. Qanday hollarda urg‘u aksentema sanaladi?

  3. So‘z urg‘usining fonetik tabiatiga nimalar kiradi? Bu belgilariga ko‘ra so'z urg'usining qanday turlari farqlanadi?

  4. O'rniga ko'ra so'z urg'usining qanday turlari bor?

  5. Erkin va bogiangan urg'ular qanday farqlanadi?

  6. Harakat qilish belgisiga ko'ra so'z urg'usining qanday turlari bor?

  7. Ko'chadigan va ko'chmaydigan urg'ular qanday farqlanadi?

  8. Sintagma urg'usi nima?

  9. Ayiruv urg'usining asosiy belgilari nimalardan iborat?

  10. Urg'uning til va nutqdagi rolini qanday tushunasiz?

Urg‘u — muayyan til fonetik-fonologik tizimidagi supersegment birliklardan biri.

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin