H jamolxonov



Yüklə 5,34 Mb.
səhifə66/170
tarix09.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#138578
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170
H jamolxonov

ifoda plani — J harfining bosma va yozma shakllari (optik-grafik tasviri)

  • mazmun plani - sirg‘aluvchi «j»

    (jurnal so‘zidagi) va qorishiq «dj»
    (Juda so‘zidagi) fonemalari.

    1. ifoda plani — so‘roq (?) belgisining optik-grafik tasviri.

    ? (grafema)


    1. mazmun plani - so‘roq ohangi (intonema, prosodema).

    1. ifoda plani - 5 raqamining optik-grafik tasviri.

    5 (grafema)


    1. mazmun plani - «olti» bilan «to‘rt» orasidagi miqdor tushunchasi.

    Yuqorida keltirilgan grafemalardan birinchisi (J grafemasi) alifbodagi harfga, ikkinchisi (? grafemasi) finish belgisiga, uchinchisi (5 grafemasi) esa raqamga asoslanadi, shunga ko‘ra birinchi tip grafemalar harfiy belgilar guruhini, ikkinchi va uchinchi tip grafemalar esa noharfiy belgilar guruhini tashkil etadi. Muayyan til yozuvining grafik tizimi ana shunday belgilar majmuyidan tarkib topadi.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, grafema yozuv birligi, fonema, intonema, aksentema va leksemalar esa til birliklaridir. Binobarin, grafema bilan fonema, intonema yoki leksema o‘rtasidagi aloqa to‘ppa-to‘g‘ri (tabiiy holda) bolishi mumkin emas, bunga tovush tilining fizik-akustik asosga, yozuvning esa optik-grafik asosga tayanganligi yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun grafema bilan fonema, intonema va leksema o'rtasidagi aloqa kodlashtirish orqali ta’minlanadi: har bir grafemaning mazmun plani oldindan (grafik tizim shakllantirilgan va joriy qilingan paytda) kodlashtirib qo‘yiladi.
    Grafemalarning yozuvdagi lingvistik-funksional xususiyatlarini reallashtirishda ularning differensial belgilari (shakli yoki tasviridagi tafovutlar) muhim rol o‘ynaydi: bu jihatdan grafemalar tovush tilidagi fonemalarga o‘xshaydi, chunki fonemalar ham, ma’lumki, differensial belgilar tufayli fonologik qiymatga ega boiadi, farqi shundaki, fonemalarning differensial belgilari akustik-artikulatsion omillarga tayanadi, grafemalarning differensial belgilari esa optik-grafik omillarga asoslanadi. Masalan, gulva
    kul so‘zlarining ma’nolarini farqlashda «g» va «k» fonemalaridan birinchi- sining jarangli, ikkinchisining esa jarangsiz bo‘lishi (akustik tavofuti) tovush tili uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, shu tovushlami yozuvda ifodalovchi g va k grafemalarining shakliy tafovutlari (optik-grafik tasviri) tilning yozma formasi uchun shunchalik ahamiyatlidir.
    Grafemalar o‘zlarining tildagi muqobiliga (kodlashtirilgan referentiga) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemogräfema, logografema, morfografema kabi tiplarga bo'linadi.


    1. Yüklə 5,34 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   170




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin