Hayol va uning turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix30.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#122750
1   2   3   4   5
Andijon Mashinasozlik Instituti bank ishi kreativ fikrlash

XAYOL TURLARI
Xayol o`zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki 
sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o`rnida, ya`ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi 
mumkin. Odam og`ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, o`z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi 
hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi 
amalga oshirib bo`lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV 
XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot 
bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, 
yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari 
ko`proq bo`lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. 
Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida, odamning vaqtinchalik 
harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida, uyqida (tush ko`rish), ongning kasallikka uchrab buzilishida 
(gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi.
Passiv xayolning aksi bo`lgan AKTIV XAYOL ijodiy va qayta tiklovchi xayol turlariga bo`linadi.
Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol 
QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi.
IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga 
oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas 
qismini tashkil qiladi.


XAYOL JARAYONLARI
Xayol (fantaziya) obrazlari qanday yaratiladi?
Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob`ektning 
ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo`lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz 
va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar 
va hodisalar o`rganiladi.
Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o`ringa va yo`nalishga ega. Chunki xayol jarayonida yangi, avval bo`lmagan 
obrazlar, tasavvurlar yaratiladi. Albatta bunda yangilik va eskilik o`rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida 
tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin