I bob. Demografik tahlilga kirish


-rasm. Demografik tahlil fanining umumilmiy usullari



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə2/52
tarix07.09.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#117714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
1. Demografik Tahlil

1.1-rasm. Demografik tahlil fanining umumilmiy usullari
Demografik tahlil fanining o‘z usullari demografik tadqiqot predmetiga, jumladan, aholining jins-yosh va nikoh tarkibi hamda yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq demografik jarayonlarga mos keladi. Demografik usullarga quyidagilar kiradi (1.2-rasm):

Demografik tahlilning xususiy usullari




Muqim aholi va barqaror aholi modellari




Shartli avlod uchun demografik jarayonlar modellari




Stoxatik (ehtimoliy) modellar

1.2-rasm. Demografik tahlil fanining xususiy usullari
Aniq va shartli avlod usullari orqali kishilarning yoshini va ularning umri davomida sodir bo‘layotgan ba’zi demografik hodisalarni bilish bizga aholining yosh tarkibi haqida tasavvurga ega bo‘lish, shuningdek, qaysi yoshlarda ba’zi hodisalar ro‘y berishini bilishga yordam beradi.
Demografik tahlilda “avlod” tushunchasi muhim rol o‘ynaydi, chunki u ma’lum bir davrda tug‘ilgan (ko‘p hollarda taqvim yiliga teng) kishilar jamlanmasi xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Odatda, aniq avlodni tarkib toptiruvchi tengdoshlar jamlanmasi va faraziy avlod deb nomlanuvchi avlodni tarkib toptiruvchi turli yoshdagi zamondoshlar jamlanmasi farqlanadi.
Avlodlar davomiyligi ota-onalar tug‘ilishi bilan ularning bolalari tug‘ilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi. Insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida avlodning umr ko‘rish davomiyligi doimo bir xil bo‘lmagan. Hozirgi davrda ma’lum bir shartlilik asosida u 32-35 yilga to‘g‘ri keladi, deb hisoblanadi.
Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usullari – demografik koeffitsientlarning biror-bir demografik jarayonga ta’sirini qiyoslash, uning holati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun umumiy koeffitsientlar standartlashtir-gandan so‘nggina qiyoslanadi. Bunda jarayonning jadalligi va qiyos-lanayotgan demografik jamlanma standart, deb hisobga olinadi, qolganlari uchun esa har birining standartiga nisbatan o‘ziga xos indeksi hisoblab chiqiladi. Ushbu indeksni standart ko‘rsatkichlariga ko‘paytirish orqali qiyoslanayotgan demografik jamlanmalar uchun standartlashtirilgan demografik koeffitsientlar hisoblab chiqiladi.
Demografik modellashtirish usullari aholining takror hosil bo‘lish jarayonlarini tahlil qilish va prognozlashda keng qo‘llaniladi. Ular aholining umumiy o‘zgarishini yoki uning rivojlanish tarkibiy qismlarining o‘zgarishini tavsiflab beradi.
Demografiyada demografik jadvallar ko‘rinishidagi muqim aholi va barqaror aholi modellari, shuningdek, faraziy avlod uchun demografik jarayonlarning raqamli modellari, stoxastik (ehtimoliy) modellar va h.k.lar ham keng qo‘llaniladi.
Demografik bilimlar rivojlanishining hozirgi davr bosqichi unda matematik modellashtirish usullari va uslubiyatining tez rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jumladan, ijtimoiy boshqarish amaliyotida ushbu bilimlardan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Ushbu usullarning barchasi ma’lum bir demografik hodisaning ommaviy ko‘rinishiga asoslanadi. Shuning uchun demografiya uslubiyatida demografik hodisalarning miqdoriy o‘lchovlariga nisbatining tahlil va o‘rganish usullari, statistik va matematik usullari muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholining yosh-jins tarkibini yaqqol namoyon etish uchun yosh-jins piramidasi qo‘llaniladi. Uni tuzish uchun vertikal o‘qda yosh, chapda – yoshlari bo‘yicha erkaklar, o‘ngda – ayollar yoshi bo‘yicha taqsimlanadi. O‘lchov birligi sifatida, odatda, besh yil qabul qilingan.
Demografik holatlar va jarayonlarni hududlar bo‘yicha qiyoslash kartografik usul yordamida amalga oshiriladi. Bunda xaritalardan foydalaniladi: hududiy joylashish bo‘yicha aholi zichligi, yosh-jins tarkibi, shuningdek, aholining tabiiy va mexanik; ijtimoiy-madaniy, jumladan, ijtimoiy-kasbiy, sinfiy harakati etnomadaniy tarkibi; demografik jamlanmalarning madaniy, maishiy, antropologik va lingvistik xususiyatlari; aholining joylashish xususiyatlari, jumla-dan, shahar va qishloq aholisi xususiyatlari, hududlar va aholi manzillarining har xil turlari aniqlanadi.
Aholi xususiyatlari va demografik jarayonlarni tadqiq etishda demografik to‘r tuzish usuli muhim ahamiyat kasb etadi, uning geometrik shakllari yordamida turli-tuman xususiyatlarni, shu jumla-dan, bevosita kuzatilmaydigan va vaqt o‘tishi davomida tahlil qilish murakkab sanalgan avloddagi demografik jarayonlarni kuzatish mumkin.
Demografik prognozlashtirish usullari aholining istiqboldagi tarkibi va miqdoriga ta’sirini qiyoslash orqali aholi o‘zgarishining ba’zi tarkibiy qismlari rolini baholash imkonini beradi. Aholini prognozlashtirishda ekstropolyastiya, ekspert baholash, ekonometrik modellashtirish, imitastion modellashtirish, yoshlar bo‘yicha siljish va boshqa qator usullardan foydalaniladi.
Masalan, kishilarning demografik xulq-atvorini o‘rganar ekan-miz, biz amaldagi ijtimoiy-psixologik me’yorlarni aniqlaymiz va shundan kelib chiqqan holda insonlarning xatti-harakati ularning ushbu masalalar bo‘yicha fikriga bog‘liq, deb hisoblaymiz. Oila nechta bolaga ega bo‘lishini xohlashini bilishgina emas, balki nima uchun farzandlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligini xohlashi (yoki xohlamasligi) va nima uchun ko‘p emas, bitta yoki ikkita bola ko‘rishni istashini aniqlash muhimdir. Mavjud sharoitlarda oila nechta farzandni (kutilayotgan bolalar miqdori) ta’minlay olishini va mavjud turmush sharoiti, o‘z imkoniyatlarini e’tiborga olmagan holda qancha farzand ko‘rishini xohlashini aniqlash muhim. Bunday tadqiqotlar asosida demografik qadriyatlarning shakllanishi va aholining o‘sish zaxiralarini belgilab olish maqsadi yotadi.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin