I bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari


Zararli odatlarni inson organizmiga va faoliyatiga ta’siri



Yüklə 228,88 Kb.
səhifə14/15
tarix02.03.2023
ölçüsü228,88 Kb.
#123734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
PSIXOLOG XONASIGA VA UNI JIHOZLASHGA QO`YILADIGAN TALABLAR копия

Zararli odatlarni inson organizmiga va faoliyatiga ta’siri

Tibbiyot amaliyotida spirtli ichimliklarga, sigaret chekishga, narkotik va toksik moddalarga ruju qo’yish zararli odatlarga kiradi. Spirtli ichimlikka ruju qo’yish asta-sekin mastlik va so’ng alkogol holat bilan tugaydi. Hozirgi vaqtda ichimlik ichish, alkogol holatga tushish kam bo’lsada yoshlar (o’quvchilar, talabalar) o’rtasida ham uchrab turganligi sir emas. Shu sababli bu salbiy holatga qarshi kurashish, uni oldini olish har bir davlatning har doim birinchi darajali vazifalaridan bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Bu tadbirlarga xukumat darajasida e’tibor qaratilishi juda muhimdir. Chunki xalq sog’ligi, o’sib kelayotgan yosh avlodlar sog’ligini saqlab qolish nuqtai nazaridan asoslanadi.
Bunday salbiy holatlarga nisbatan jiddiy qarshi kurash tadbirlarini doimiy olib bormaslik aholining ma’lum qatlami orasida narkotik, toksik kabi moddalarga ruju qo’yishga olib keladi. Buning natijasida narkotik moddalarni iste’mol qilish kengayadi. Yoshlardagi bunday zararli odatlar irsiyat orqali ham ota-onadan, oila muhitidan farzandga o’tishi mumkinligi tibbiy ekspyertizalarda ham aniqlangan.
Rossiya mamlakatining tibbiy statistikasi so’ngi yillarda mamlakatda

  1. yurak-qon tomirlari, onkologik kabi og’ir kasalliklarni;

  2. o’limni;

  3. zararli odatlarga ega bo’lgan fuqarolar o’rtasida jarohatlanishlarni sezilarli darajada oshganligini ko’rsatadi.

Buning natijasida o’rtacha umr yoshi pasayganligini (ayniqsa yerkaklarda 58 yoshgacha) ko’rsatmoqda. Ushbu statistika hayotdan ko’z yumgan odamlarning 50 foizi zararli odatlar bilan shug’ullanib kelgan kishilar ekanligini tasdiqlaydi.
Alkogol ichimliklarni inson organizmiga ta’siri qadim zamonlardan juda asosli o’rganilgan. XIX asrdayoq taniqli nemis shoiri Gyote o’zining maqolalarining birida: «Vino odamlarning tan sog’ligini o’ldiradi, aqliy qobiliyatini o’ldiradi, oilaviy iqtisodiy sharoitini o’ldiradi va bulardan ham eng dahshatlisi inson qalbini va ularning avlodini o’ldiradi» deb yozib qoldirgan. XX asrning boshlarida amyerikalik yozuvchi D.London quyidagicha yozadi. «Alkogol – bu insonni yoshligini kemiradigan, kuchini yo’qotadigan, energiyasini yakson qiladigan, odamni tug’ilishdagi eng yorqin rangini o’ldiradigan, qadimdan insoniyatni tirik o’likka aylantirishga, undan jirkanch nusxa yasashga kirishgan takabburlikning tug’ilishidir». SHu sababli bu jirkanch illat bilan qarshi kurashish har bir ta’lim muassasasida, oilada ma’naviy ishlarni yuksak darajada yo’lga qo’yish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Alkogol ichimliklar asosan (S2N5ON etil spirtdagi) etanolning narkotik ta’siri uchun iste’mol qilinadi. Uning kichik dozasi kayfiyatni ko’tarish orqali organizmda o’yg’oqlik baxsh etadi, ko’prog’i o’zini nazorat qilishni kuchsizlantiradi va bo’shashishga olib keladi. Inson alkogol ichimlik iste’mol qilganda uning katta qismi qonga oshqozon orqali, kichik qismi esa qizil unga ch orqali so’riladi. Alkogol ichimlikning qonga so’rilish tezligi bu ichimlikning konsentrasiyasiga bog’liq bo’ladi. Gazaksiz ichilgan alkogol ichimliklar qonga juda tez so’riladi. Ovqat alkogolni qonga so’rilishini sekinlashtirib, uning qondagi miqdorini 2 baravar kamaytiradi. Kuchli charchash, miya jarohati, ruhiy kasallik, zaharlanish, infeksiyalar alkogolga organizm qarshiligini pasaytiradi, iflos havo, yuqori harorat va uni birdan o’zgarishi mast bo’lish vaqtini tezlashtiradi. Qonga so’rilgan alkogol asosan jigarda va kam darajada qonda qayta ishlanadi. Faqat 6 dan 10 % gacha alkogol o’zgarmagan ko’rinishda buyraklar, teri bezlari va o’pka orqali ajraladi. Alkogolni tanada oksidlanish tezligi 1 kg og’irlikka soatiga 100 g ni tashkil etadi. Bunday tezlikda organizm tomonidan (etarli gazak bilan) iste’mol qilingan 1 shisha alkogolni qayta ishlash uchun taxminan bir kun talab etiladi.
Har qanday tarkibdagi alkogol spirtli ichimliklar dori bo’laolmaydi, bakteriya va viruslarni o’ldira olmaydi. Spirtli ichimliklar bilan o’zini davolash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Alkogol ichimlik hujayralarni yangilash uchun zarur moddalarni qonga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Vrachlar alkogol ichimlikni markaziy asab sistemasiga ta’sir qiluvchi zahar deb hisoblashadi. Bu ta’sir natijasida bosh miya qatlamida tormozlash jarayoni kuchsizlanadi va insonda o’z xarakterini nazorat qilish birdan pasayadi.
Alkogolga ruju qo’ygan insonlarda uni iste’mol qilmaydigan odamlarga nisbatan yurak-qon tomirlar kasalligiga chalinish 2 baravar, ovqat hazm qilish organi kasalligiga 18 baravar, nafas olish organlari kasalligi 4 baravar bo’lishi ma’lum. Alkogolni yerkaklarning jinsiy organlariga salbiy ta’siri etishi, hatto uning funksiyasini butunlay to’xtashiga ham sabab bo’lishi aniqlangan. Tibbiyot statistikasi ko’rsatadiki, alkogol inson organizmi immuniteti sitemasi faolligini pasaytiradi, buning natijasida alkogol odamlar ko’pincha og’ir kasallanadi, ko’pchilik kasalliklari surunkali formaga aylanadi.

XULOSA
Psixologiya o‘qituvchisi faoliyatining muhim tarkibiy qismi o'quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etishdan iboratdir. Mustaqil ish o'quvchining bilim faoliyatini faollashtiradi, uning oldiga mustaqil ravishda hal etUishi lozim boigan vazifalami qo‘yadi.
Psixologning ish vaqti haqida kamida uchta joyda: psixolog xonasi eshigida, o’qituvchilar xonasida hamda maktabga kiraverishda ilingan bo’lishi maqsadga muvofiq.
O’zini-o’zi reklama qilishning ikkinchi bosqichi - kichik va o’rta, katta sinf o’quvchilari bilan uchrashib psixologiya haqida ommaviy shaklda suhbat o’tkazish zarur.
Psixologiya haqida hikoyalar o’quvchilar individual xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etish kerak, masalan, Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ko’rish illyuziyalari yoki guruhiy suggestiya fakti mavjudligini isbotlovchi tajribalarni o’tkazish mumkin.
Psixologning Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan psixologiya haqida suhbatlashishidan asosiy maqsadi bolalarda psixologiyaga umumiy qiziqish uyg`otishimiz zarur. Psixologik suhbatlar birinchi sinflarda 15- 20 daqiqa, uchinchi sinflarda 35- 40 daqiqa o’tkazilishi maqsadga movofiq. Psixologik suhbatlar e’tiborini tortadigan, qiziqarli, ko’rgazmali bo’lishi lozim.
O’rta va yuqori sinflarda psixologiya haqida suhbatlar butunlay boshqacha o’tkazish maqsadga muvofiq. O’smir va o’spirinlar bilan muloqotda quyidagilarga e’tibor berish lozim.
-Psixolog o’smir va o’spirinlarga ularning qiyinchiliklari va muammolarini hal qilishda qanday yordam ko’rsatish mumkinligi haqida to’liq gapirib berishi zarur. Psixolog yoshlarda o’ziga ishonch hosil qilishda har qanday holatda ham erkin muloqot qilishga o’rgatishda stressli vaziyatlarda qo’rqinch hissini engish o’qituvchilar, ota-onalar hamda do’stlari bilan munosabatlarni yaxshilashda yordam berishi mumkinligini aytadi.
- Ikki har-xil kasblar-psixolog va psixiatriya kabi kasblarning farqi haqida maxsus to’xtalish zarur. Odatda maktablarda va hayotda odamlar psixiatr bu psixolog, psixolog bu psixiatr deb hisoblashadi.
Bolalar sizdan «psixoterapevt kim u psixologdan nimasi bilan farq qiladi?», «Nevropatolog va ekstrasens kim, psixologdan nimasi bilan farq qiladi?» kabi savollarni berishlari mumkin. Bunday savollarga javob berishga tayyor turing. O’smir va o’spirinlarda insonlarning kundalik hayotidagi maxsus faktlarni hikoya qilib berib, psixologiyaga qiziqtirishlarini orttirishlari mumkin. Bundan tashqari «o’yin testlaridan» foydalanib ham psixologiyaga qiziqishini orttirish mumkin. Bolalarga «O’zingizni boshqara olasizmi», «balki noyob odamdirsiz» kabi testlar doim qiziq. O’smir va o’spirinlar bilan psixologik suhbatlarni ularni individual maslahatga taklif qilish bilan tugallash zarur. Psixolog doimo ota-onalar majlislarida ishtirok etadi. Psixolog ota-onalar bilan suhbatda psixologning maktabdagi funkstiyasi nimadan iboratligi bilan tanishtiradi. O’z-o’zini reklama qilishning uchinchi bosqichida bolalarni oilada tarbiyalashning umumiy muammolari, oilaviy munosabatlardagi qiyinchiliklar va ularning bolaning psixik taaqqiyoti hamda o’qishdagi o’zlashtirishga ta’siri haqida gapirib beradi. Ota-onalar bilan suhbat savol - javob hamda hohlovchilarni psixologik maslahatga taklif etish bilan tugallanadi. Psixologning o’zini-o’zi reklama qilishning to’rtinchi bosqichida u o’qituvchilarga psixolog maktabda nima bilan foydaliligi haqida tushuntiradi, ma’ruza qiladi. Maktabdagi ish rejalari, To’g’ri oyalari haqida gapirib beradi (masalan, pedagogik klub tashkil etish haqida). O’qituvchilar oldida o’zini ijodiy hamkorlikka hamda mahsuldor dialogga intilishini namoyon qilishi zarur. Hisobot davrida qancha guruhiy mashg`ulotlar o’tkazilgani (qachon qaerda), qancha individual maslahatlar berilgani, qancha maruzalar o’qilgani haqida to’liq hisobot berilishi zarur.



Yüklə 228,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin