I kirish: I. Bob: O’zbekiston estrada musiqasi rivojlanishi



Yüklə 92,66 Kb.
səhifə9/10
tarix17.02.2022
ölçüsü92,66 Kb.
#114553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oʻzbekiston Respublikasi

           Prezidenti                    Sh.MIRZIYOYEV



XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, O’zbekiston ta’lim muassasalari musiqa mashg’ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim bo’ladi. Olib boriladigan musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog’langan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilg’or tajriba va turli metodlaridan foydalanib o’tkaziladigan har bir musiqa mashg’ulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uyg’otishini, ularning his-tuyg’ularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiyati va nutqini o’stirishda xizmat qilishni ta’minlash lozim. Bundan tashqari musiqiy o’yinlar va raqslardan ham foydalanish bolalarda ritm tuyg’usi, chaqqonlik va harakatchanlikni shakllantirib, qomatning to’g’ri o’sishiga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Anashu ishlar maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta’limni va tarbiyani ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog’cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo’lib xizmat qiladi.

Yosh avlodda estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik:

Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi.

Bolalar musiqiy estetik madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini Shaxs ma’naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik darajasi tashkil yetadi.

3.Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa maShg’ulotlarini yanada takomillashtirish va qo‘Shiq o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda.

Bolalar ma’naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tadbirlarda qo‘Shiq va raqslardan ko‘proq foydalanish lozim.

Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil yetiladigan tadbirlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlaSh kerak.

Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini Shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol Shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Musiqa psixologiyasi – psixologiyaning shunday sohasiki, bolalarning paypaslab sezish, musiqani musiqaviy eshitish qobiliyati eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini xis qilish, sozni taktil anglashi, yodda saqlashi, ijro etilishi va undan baxramand bo’lish kabi masalani qamrab oladi. Bolalarning musiqiy iste’dodi va zakovati o’zining cheksiz imkoniyatlari, mo’’jizaviy tabiati bilan bizni xayratga soladi va maftun etadi.





Yüklə 92,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin