I kirish II. Asosiy qism: Hujayra muhandisligining moddiy asoslari



Yüklə 231,9 Kb.
səhifə4/7
tarix05.07.2022
ölçüsü231,9 Kb.
#117355
1   2   3   4   5   6   7
hujayra-injenerligi kurs ishi (2)

O'simlik hujayra muhandisligi.
Oʻsimlikdan ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan oziq muhitida oʻsimliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy, temir; mikroelementlar: bor, rux, mis, kobalt, marganes, yod, molibden; shuningdek, vitaminlar, uglevodlar fitogarmonlar, baʼzi oziq muhitlari tarkibida esa kazein gidrolizati va baʼzi aminokislotalar boʻlishi kerak. Bundan tashqari, oziq muhiti tarkibiga EDTA (etilen-diamin-tetrasirka kislota) ѐki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan oziq muhitida uglevod manbai sifatida saxaroza ѐki glyukozaning 20-40 g/l miqdori qoʻllaniladi. Kallus toʻqimalari olishda oziq muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitokinin (dedifferensiyalangan hujayralarning boʻlinishini induksiyalovchi)lar kiritish kerak. Auksin manbai sifatida oziq muhitlarda 2,4-dixlorfenoksisirka kislota (2,4-D) 1-10 mg/ml; indolilsirka kislota (ISK) 1-30 mg/l, b-naftilsirka kislota (NSK)-0,1-2 mg/l kabilar ishlatiladi. Koʻpincha 2,4-D ishlatiladi. ISK 2,4-D ga nisbatan 30 marta kam aktivlikka egadir. Sunʼiy oziq muhitlarida sitokinin manbai sifatida kinetin, 6- benzilaminopurin (6-BAP) pa zeatin (0,001-10mg/ l) qoʻllaniladi.
Qattiq oziq muhitini tayѐrlashda dengiz suv oʻtlaridan olinadigan polisaxarid agar-agardan (5-7%) foydalaniladi. Xar-xil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi oziq muhitlaridan foydalaniladi. Koʻpincha Murasiga-Skuga, Uayt, Gamborga (V-5) oziq muhitlari ishlatiladi. Murasiga-Skuga oziq muhitlaridan turlicha modifikasiyalar bilan apikal meristemalar oʻstirishi va oʻsimlikni mikrokoʻpaytirishda foydalaniladi.
3. Kallus toʻqimasini olish. Ajratilgan toʻqimalar kulturasi deganda, odatda kallus toʻqimasi ѐki shish toʻqimasi tasavvur etiladi.
Kallus bu dedifferensiyalangan (dedifferensiasiya – bola hujayralar orasida, ona va bola hujayralar orasida farqga olib keluvchn jaryonlar kompleksi) hujayralardan iborat ixtisoslashmagan massa. Kallusning hosil boʻlishi va oʻsishi auksin, sitokinin guruhlariga mansub boʻlgan fitogarmonlar tomonidan boshqariladi. Toʻqimaning differensiyalangan hujayralari auksin taʼsirida dediferensirovkani yengadi, sitokininlar taʼsirida esa aktiv boʻlinishga oʻtib, kallusli toʻqima hosil qiladi. Kallus toʻqimasi ikki xilda fitogarmon tutuvchi turli sunʼiy oziq muhitlarida turli organlar eksplantlarida: aseptik oʻsuvchi urugʻlarda, poya va ildiz boʻlaklarida, izolyasiyalangan parenxima boʻlaklarida, tugunak toʻqimalarda, izolyasiyalangan poya murtagida, bargda oson hosil boʻladi. in vitro kallus toʻqimasi asosan oq ѐki sargʻish rangda boʻladi. Kallus qariy boshlaganda fenol birikmalari toʻplanishi natijasida qoʻngʻir rangga kira boshlaydi.
Kallus toʻqimasi amorf boʻlib, aniq anatomik tuzilishga ega emas. Lekin kelib chiqishiga, oʻsish sharoitiga bogʻliq xolda u:
1. Poʻk, alohida mayda agregatlarga tez parchalanuvchi;
2. Oʻrta zichlikdagi, meristematik markazi yaxshi koʻrinadigan;
3. Zich, kambiy elementlari differensiyalanaѐtgan va sistemaga tushayotgan holatda boʻladi.
Har bir hujayra oʻsishning 3 ta fazasidan oʻtadi:
1. boʻlinish;
2. choʻzilish;
3. differensirovka.
Dedifferensiyalangan hujayralar koʻpayishi ixtisoslashmagan koʻpayishga, natijada kallus hosil boʻlishiga olib keladi.
Hujayralarning in vitro differensiyalangan holatdan dediferensiyalangan holatga oʻtishi va hujayralarning aktiv boʻlinishi genlarning aktivligining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Baʼzi genlarning faollashuvi baʼzilarining passivlashuvi hujayraning oqsil tarkibining oʻzgarishiga olib keladi. Kallus hujayralarida spesifik oqsillar paydo boʻladi va bir vaqtning oʻzida bargining fotosinteziga taalluqli oqsillari kamayadi ѐki umuman yoʻqolib ketadi. Differensiyalangan hujayralar dedifferensiyalanib kallus hosil qilish jaraѐnida hujayrada bioximiyaviy va sitologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Dedifferensirovka zahira moddalardan foydalanib, hujayra organellalarining parchalanishidan boshlanadi.
Dedifferensirovka induksiyasidan 6-12 soat oʻtganidan soʻng hujayra qobigʻi poʻk boʻladi va shishadi, erkin ribosomalar soni ortadi, Goldji apparati elementlarining soni koʻpayadi, yadrochalarning oʻlchami kattalashadi va soni oshadi.
Kallus hujayrasi oʻzining rivojlanish sikliga ega. Kallus hujayralarining qarishi, boʻlinish xususiyatlarini yoʻqotmasliklari uchun eksplantda paydo boʻlgan birlamchi kallus 4-6 haftadan soʻng yangi oziq muhitga oʻtkaziladi. Bu muolajani passirlash deyiladi. Doimiy passirlash yoʻli bilan hujayralarning boʻlinish qobiliyatini oʻn yillab saqlab turish mumkin.
Kallus hujayralari in vitro oʻsimlik organizmi normal hujayralarga xos boʻlgan fiziologiya-bioximiyaviy xususiyatlarga ega boʻladi. Ular ikkilamchi metabolitlar sintez qilish qobiliyatini saqlab qoladi.
Kallus toʻqimalarining yuqori haroratga, osmotik aktiv moddalarga chidamliligi xususiyatlari bilan normal oʻsimliklarga oʻxshashdir.
Kallus hujayralari genetik geterogendir. Kallus hujayralari
xromosomalar soni bilan farq qiladi. Meristematik toʻqimalar in vitro genetik turgʻun boʻladi. Kallus va suspenziya kulturalarida boshlangʻich oʻsimlikka xos diploid hujayralar toʻplamini, 3,4,5 va undan koʻproq xromosoma toʻplamli poliploid hujayralarni uchratish mumkin. Undan tashqari kallus toʻqimalari kulturasida aneuploidni ham kuzatish mumkin.
Kallus hujayralari qancha uzoq vaqt oʻstirilsa ular ploidligi bilan shunchalik koʻp farq qiladi. Tamaki kallus toʻqimasini 4 yil oʻstirilgandan soʻng diploid hujayralar umuman qolmaydi, hamma hujayralar poliploid yoki aneuploid boʻladi.
4. Hujayra suspenziyasi va alohida hujayralar kulturasi.
Hujayralar suspenziyasi kallusni suyuq oziq muhitiga solib, doimiy chayqatib aralashtirish yoʻli bilan olinadi. Eksplantdan pektinaza fermentidan foydalanib, suspenzion kultura olish mumkin. Oldin eksplant yuzasida kallus toʻqimasi hosil qilinadi, soʻng undan alohida hujayralar va hujayra agregatlari olinadi, natijada hujayra suspenziyasi hosil boʻladi. 100 ml suspenziya olish uchun 2-3 g yangi kallus toʻqimasi kerak boʻladi.
Suspenzion hujayralarning boʻlinishi kallus hujayralari induksiyasi va oʻsishi uchun zarur boʻlgan garmonlar auksin, sitokininlar ishtirokida boradi. Suspenziya 2,4-Dli oziq muhitda oʻstirilgan poʻk kallusdan yaxshiroq hosil boʻladi.
Hujayra suspenziyasi biotexnologiyada qimmatli dori preparatlar boʻlgan ikkilamchi metabolitlar olishda, hujayra biomassasini sanoatda oʻstirishda va hujayra seleksiyasida, shu bilan birgalikda izolyasiyalangan protoplastlarni olishda boshlangʻich material sifatida foydalaniladi.
Hujayra suspenziyasi bilan ishlashda ularning xarakteristikasini: yashash qobiliyatini, suspenzion kulturadagi zichligi, agregatlanish darajasi, oʻsish tezligini bilish zarur.
Yashash qobiliyatini ularni boʻyab aniqlanadi. Bunda metil koʻk ѐki ivans koʻk bo'yogʻi ishlatiladi. Bunda tirik hujayralar boʻyalmaydi, nobud boʻlgan hujayralar koʻk rangga boʻyaladi.
Genetik va fiziolognk izlanishlar uchun, shuningdek, hujayra seleksiyasida foydalanish uchun alohida hujayralarni oʻstirish katta ahamiyatga ega. Alohida hujayralardan olingan klon avlodlar genetik bir xil emaslikning sabablarini bilishda ѐrdam berdi.
5. in vitro usuli ѐrdamida yashashga moslashmagan duragaylarni koʻpaytirish. Hujayra texnologiyasining yana bir yoʻnalishi – bu hujayra texnologiyasidan seleksiyadan foydalanishdir. Bu usuldan foydalanib, seleksiya jaraѐnlarini tezlashtirish va osonlashtirish, oʻsimliklarning yangi shakllarini va navlarini yaratish mumkin.
Ajratilgan hujayra va toʻqimalarni in vitro oʻstirishni ikki guruhga boʻlish mumkin.
1-guruh. Bu yordamchi texnologiya boʻlib, seleksiyaning oʻrnini bona olmaydi, lekin unga xizmat qiladi. Bunga in vitro urugʻlantirish,
urugʻmurtakni va yetilmagan gibrid murtaklarni oʻstirish, changdon va mikrosporalarni oʻstirib gaploid olish, ajratilgan hujayralarni kriosaqlash, alohida gibridlarni klonal mikrokoʻpaytirishni kiritish mumkin.
2-guruh seleksiyaning anʼanaviy uslublaridan farq qiluvchi uslublar bilan oʻsimliklarning yangi shakl va navlarini olish: kallus toʻqimasidan foydalanib hujayra seleksiyasi, somatik gibridizasiya, gen muhandisligi uslublarini qoʻllash.
Oʻsimliklar seleksiyasida in vitro usulidan yordamchi usul sifatida
foydalanish. Tanlangan juftlarni tabiiy sharoitda urugʻlantirish mumkin boʻlmagan hollarda in vitro urugʻlantirish usulidan foydalaniladi.
in vitro urugʻlantirishni ikki xil yoʻl bilan amalga oshirish mumkin.
a) tuguncha sirtiga chang qoʻyilgan holda sunʼiy agarli m
b) tugunchani ѐrib ozuqa muhitga urugʻmurtakli plasenta boʻlagi joylashtiriladi, unga yaqinroq joyda ѐki plasenta toʻqimasida tayѐr chang oʻstiriladi. Urugʻlanish ketgan-ketmaganligini urugʻmurtaklar oʻlchamining tezlikda oʻsishidan aniqlash mumkin. Shakllangan murtak tinim holatga oʻtmasdan, tezda oʻsib gibrid avlodning oʻsishi boshlanadi.
Postgam chatishmaslikni yengish. Postgam chatishmaslik changlangandan soʻng kelib chiqadi. Bunda rivojlanmagan, puch, unmaydigan urugʻlar hosil boʻladi. Bunga sabab murtak bilan endospermaning rivojlanish vaqtining toʻgʻri kelmasligi boʻlishi mumkin. Endosperma ѐmon rivojlanganida murtak normal oʻsmaydi. Bunday hollarda yetilgan puch urugʻlardan murtak ajratib olinadi va ozuqa muhitda oʻstiriladi.
Murtaklarni sunʼiy ozuqa muhitlarda oʻstirish embriokultura deb ataladi. Yetilgan murtaklarni mineral tuzlar va saxaroza tutuvchi fiziologik aktiv moddalar solinmagan oddiy ozuqa muhitlarida oʻstirish mumkin.
Embriokulturalarni seleksiyada qishloq xoʻjalik oʻsimliklaridan uzoq duragaylar olishda qoʻllash hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ajratilgan murtaklar kulturasi ѐrdamchi uslub sifatida uzoq
duragaylashda nafaqat postgam chatishmaslikni yengishda, balki qimmatli duragaylarni mikrokoʻpaytirishda ham foydalaniladi. Mikrokoʻpaytirish kallus toʻqimalaridan kalluso -genez, morfogenezning induksiyasi va regenerant
– oʻsimlik olish yoʻli boradi.
in vitro gaploidlar olish, ularni seleksiyada qoʻllash. Gaploid oʻsimliklardan foydalanib, kerakli kombinasiyalarni tezroq topish, qisqa vaqt ichida nav yaratish mumkin. Gaploidlar stabil gomozigot tizimlar olishda ishlatiladi. Gaploid asoslar sterildir, lekin ularning xromosomalar toʻplamini kolxisin ѐrdamida ikki marta koʻpaytirish mumkin va diploid gomozigot oʻsimliklar olish mumkin.
Kallus toʻqimasidan regenerant – oʻsimlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgandan soʻng boshlangʻich oʻsimlikdan fenotipik va genotipik xususiyatlari bilan farq qiluvchi oʻsimliklarning yangi shakllarini yaratish imkoniyati paydo boʻldi. Bu “somaklon” deb atala boshlandi.
6. Hujayra seleksiyasining ahamiyati va vazifalari. Somaklonlar (somaklon oʻstirilaѐtgan hujayralarning hohlagan shaklidan oʻsimlik olish) olishni hujayra seleksiyasi bilan birgalikda olib borilsa, yaxshi
natijalarga erishish mumkin. Hujayra seleksiyasini quyidagi uslublar bilan amalga oshirish mumkin.
- toʻgʻri (pozitiv) seleksiya, bunda hujayraning maʼlum alohida mutantlari yashashi kerak.
- notoʻgʻri (negativ) seleksiya boʻlinaѐtgan ѐvvoyi tip hujayralarni tanlab yoʻqotishga va metabolitik faol boʻlmagan hujayralarning yashab ketishiga, lekin ularda mutasion oʻzgarishlarning qoʻshimcha identifikasiyasiga asoslangan.
- umumiy seleksiya, bunda hamma hujayra klonlari alohida oʻrganiladi.
- yuzaki seleksiya va noselektiv tanlash, tizim variantlari hammapopulyasiyalar ichidan koʻrinishiga qarab ѐki biokimѐviy usullar orqali aniqlanadi.
Yuqorida aytilgan usullardan toʻgʻri seleksiya koʻproq tarqalgan usul boʻlib, gerbisidlarga, antibiotiklarga, toksinlarga, ogʻir metallarga, tuzlarga va boshqa aitimetabolitlarga chidamli regenerant oʻsimliklar olishda foydalaniladi.
7. Ajratilgan protoplastlarni bir-biriga qoʻshish usullari.
Hujayra seleksiyasi ishlarini amalga oshirish uchun kallus, kulturalar suspenziyasi ѐki ajratilgan protoplastlardan foydalanish mumkin. Hujayra seleksiyasining keyingi uslubi 6u somatik hujayralardan olingan protoplastlarning qoʻshilishidir. Bu uslub oddiy jinsiy yoʻl bilan chatishtirish mumkin boʻlmagan oʻsimliklarning filogenetik uzoq turlarini chatishtirish imkoniyatini beradi.
Protoplast - bu pektin-sellyulozali qobiqdan mahrum etilgan tirik hujayradir. Hozirgi vaqtda protoplastlarni oʻsimliklarning turli
organlari toʻqimalaridan: ildiz, barg, gul va mevalaridan, kartoshka tuganagidan, turli shishlardan va mikrosporalardan ajratib olish mumkin.
Pektolitik, sellyulitik fermentlar va osmotik aktiv moddalar eritmalari bilan protoplastlarni zararlamasdan hujayra devorini parchalashga erishish mumkin.
Agar ajratilgan protoplastlar ozuqa muhitlariga ekilsa, 3-4 kundan soʻng yana hujayra devori tiklanib, hujayralar boʻlinishga oʻtadi. 12-14 inchi kuni hamma hujayralar mikrokoloniyalarga aylanadi. 20-40 ta hujayralardan iborat mikrokoloniyalar yangi ozuqa muhitiga oʻtkaziladi, u yerda ular kallus hosil qiladi. Shu kalluslardan regenerant oʻsimlik olish mumkin.
Ajratilgan protoplastlar qoʻshilish xususiyatiga ega. Bir xil oʻsimliklar protoplasti, har-xil turga mansub oʻsimliklar protoplasti va turli oilaga mansub oʻsimliklar protoplastlari bilan qoʻshilishi mumkin.
Protoplastlarning qoʻshilishidan gibridlar yoki sibridlar hosil boʻladi. Sibrid hujayra ikkala partnѐrning sitoplazmasiga, bittasining yadrosiga ega boʻladi. Sibridizasiya sitoplazma SMS xossalariga ega boʻlgan genlarni, baʼzi gerbisid va patogenlarga chidamlilik genlarini oʻtkazish imkonini beradi.
1. Oʻsimliklarni klonal mikrokoʻpaytirishning mohiyati, bosqichlari va uslublari. Hujayra va toʻqimalar kulturasi sohasida erishilgan yutuqlar asosida vegetativ koʻpaytirishning yangi usuli – klonal mikrokoʻpaytirish in vitro (probirkadagi sharoitda jinssiz yoʻl bilan boshlangʻich nusxasi boʻlgan oʻsimlik olish) usuli yaratildi. Bu uslub anʼanaviy uslublarga nisbatan bir qator qulayliklarga ega. Genetik bir xil ekish materiallarini olish, meristema kulturasidan foydalanib virussiz oʻsimliklar olish, koʻpayishning yuqori koeffisiyentiga erishish, seleksion davrniig qisqaligi, oʻsimliklarning yuvenil fazadan reproduktiv fazaga oʻtishining tezlashishi, qiyin koʻpayuvchi oʻsimliklarning koʻpaytirilishi, butun yil davomida ishni davom ettirish, ekish materiallarini ekib oʻstirish maydonining tejalishini imkoniyatini berdi.
Oʻsimliklarni klonal mikrokoʻpaytirish jarayonini 4 ta bosqichga boʻlish mumkin:
1. Donor oʻsimlik tanlash, eksplantlarni ajratish va yaxshi oʻsuvchi steril kultura olish;
2. Maksimal miqdorda meriklonga erishilgandan soʻng xususiy mikrokoʻpaytirish;
3. Koʻpaytirilgan nihollarda ildiz hosil qilish, ularni tuproq
sharoitida oʻsishiga koʻnikma hosil qilish;
4. Oʻsimliklarni issiqxona sharoitida oʻstirish va ularni dalaga ekishga tayyorlash.

Klonal mikrokoʻpaytirishning bir qancha usullari mavjud.
Adabiѐtlarda berilgan uslublardan kelib chiqqan holda quyidagi yoʻllar bilan bu jarayonni amalga oshirish mumkin.
Oʻsimlikda mavjud boʻlgan meristemani faollashtirish; eksplant toʻqimalarida adventiv kurtaklarning paydo boʻlishi induksiyasi; somatik embriogenez induksiyasi; birlamchi va qayta ekiluvchi kallus toʻqimasi adventiv kurtaklarning differensiasiyasi.
Oʻsimliklarni klonal mikrokoʻpaytirishda oʻsimlikda mavjud boʻlgan meristemalarning faollanish uslubi keng qoʻllaniladi. Bu ikkita yoʻl bilan amalga oshiriladi:
a) poyaning yuqori meristemasini olib tashlash va in vitro gapmonsiz muhitda novdalarni mikroqalamchalash.
b) bachki novdalarni rivojlantirishni indusirlash uchun oziq muhitga sitokinin kabi moddalarni qoʻshish. Sitokinin sifatida 6-benzilaminopurin (VAP) ѐki 6-furfuril aminopurin (kinetin), shuningdek, 2-izopentenil- adenin (2 ip) va ziatindan foydalaniladi. Shunday tarzda olingan novdalar onalik eksplantlardan ajratiladi va bachki meristemalardan novdalarning koʻproq hosil boʻlishi uchun yana yangi tayѐrlangan muhitda oʻstiriladi.

Hozirgi vaqtda bu uslubdan foydalanib, qishloq xoʻjaligi
oʻsimliklarining, texnik oʻsimliklar, sabzavot-mevalarning, tropik va subtropik oʻsimliklarning, dekorativ oʻsimliklarning virussiz ekish materiallari olish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Baʼzi qishloq xoʻjalik oʻsimliklari, masalan, kartoshka uchun klonal mikrokoʻpaytirish texnologiyasi ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi.
Oʻsimlikda mavjud boʻlgan meristemaning aktivasiyasi usuli kartoshkaning bitta meristemasidan 105 dan koʻproq oʻsimlik olish imkonini beradi.
Texnologiya asosida probirkalarda xoʻjalik ahamiyatiga molik qimmatli urugʻlik material mikrotugunaklar yaratilmoqda.
2. Virussiz ekish materiallari olish. Klonal mikrokoʻpay-tirishning asosiy xususiyati – bu genetik bir xil virussiz ekin materiallari olishdir. Bunga apikslarning meristema toʻqimalaridan va poya organlariga xos bachki kurtaklaridan foydalanib erishish mumkin.
Klonal mikrokoʻpaytirishning muvaffaqiyati meristematik eksplantning oʻlchamiga bogʻliq. Barg asosi va poya toʻqimasi qancha katta boʻlsa, morfogenez jaraѐni yengilroq kechadi va normal, butun probirka oʻsimligining hosil boʻlishi bilan tugallanadi.
Boshlangʻich oʻsimliklarni termoterapiya va ximoterapiya qilish yoʻli bilan virussiz apikal meristemalar olish mumkin.
Termoterapiya usuli in vivo va in vitro sharoitlarida quruq, issiqhavoni qoʻllashga asoslangan. Yuqori harorat virus zarrachalariga ularning ribonuklein kislotalari va oqsil qobiqlari orqali taʼsir qilib, ularning parchalanishiga va virus zarrachalarining zararlash qobiliyatining yoʻqolishiga olib keladi. Termoterapiyada oʻsimliklar termokameralarga joylanadi va haroratni 25°S dan 37°S gacha oshiriladi. Har kuni 2°S ga koʻtariladi.
Kameradagi ѐrugʻlik 5 ming lk, namlik 90% ni tashkil qilishi kerak. Ximoterapiya usuli – apikal meristemalar oʻstirilaѐtgan oziq muhitga guanozin 1 v-D-ribofuranozil-1,2,4-triazol-3-karboksimed (virazol) 20-50 ml/l ning qoʻshilishiga asoslangan.
Suyuq azotda (196°S haroratli) oʻsimliklar somatik hujayra -larining kriosaqlanishi biotexnologiyada yangi yoʻnalish boʻlib, 70 yillarda keng rivojlana boshlandi. Ushbu texnologiyaning maqsadi, genofondning kulturada in vitro saqlanishi, seleksionerlarni genofond bilan, duragaylash uchun zarur boʻlgan changlar, unikal urugʻlar, har xil turdagi oʻsimliklarning transformasiya qilingan mutant, gibrid hujayralar, zigotik va somatik murtaklar bilan taʼminlashdir. Hozirgi vaqtda kallus toʻqimalarning, ajratilgan proplastlarning,meristemalarning poya uchlarining kriosaqlanish sharoitlari ishlab chiqilgan.
3. Hujayra va toʻqimalar bankini kriosaqlash. Kriosaqlash ishlarini amalga oshirish uchun avvalo hujayralarning spesifi -kasiyasini hisobga olish zarur, buning uchun kichkina vakuolali, kam suvli mayda hujayralarni tanlab olish kerak.
Kriokonservasiya jaraѐni hujayralarni muzlatishga tayѐrlashdan boshlanadi, buni bir necha uslublarda amalga oshirish mumkin, masalan, hujayralarni osmotik aktiv moddalar mannit, sorbit, aminokislotalar tutuvchi oziq muhitlarda oʻstirish.
Krioprotektorlarni hujayralarning osmotik va mexanik taʼsirlardan saqlovchi moddalarni tanlash. Bunga dimetilsulfooksid (DMSO, 5-10%), gliserin (10-20%), shuningdek, polivinil-pirolidon (PVP), destran, polietilenglikol (PEG) kiradi. Muzlatish 0 dan -40°S gacha haroratda olib boriladi. Shunday tarzda sekin muzlatish natijasida hujayralar tarkibidagi suvdan xoli boʻlib, -40°S da hujayralar batamom suvsizlanib, oʻsimlik material boʻlgan ampulani suyuq azotga solishga imkon tugʻiladi.
4. Oʻsimliklarni oʻstirish va rivojlantirish fitoregulyatorlari, ularning taʼsir mexanizmi, klassifikasiyasi. Oʻsimliklarning tabiiy va sintetik oʻsish va rivojlantirish regulyatorlari - fitoregulyatorlar oʻsimliklar ontogenezini, hujayralar differensirovkasini, hujayralar boʻlinishini, yangi toʻqima va organlarning hosil boʻlishini, oʻsishi va rivojlanishini tezlashtirish, hosildorligini oshirish, hosilning sifatini yaxshilashni boshqarishdagi muhim moddalardir.
Oʻsimliklarni oʻstirish va rivojlantirish regulyatorlari organik birikmalar boʻlib, juda kam miqdori oʻsimliklarning moddalar almashinuviga taʼsir etadi va ularning oʻsish va rivojlanish jaraѐnlarini oʻzgartiradi.
Ular oldin – koʻp yillik oʻsimliklarning qalamchalarida ildiz hosil qilish uchun soʻng, donli oʻsimliklarning egilib qolishining oldini olishda foydalanilgan edi, hozirgi vaqtda esa qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarning intensiv oʻstirish texnologiyasida qoʻllaniladi.
Fitogarmonlar - oʻsimlikda sintezlanib, ularning boshqa organlariga tashiladi va uning ozgina miqdori oʻsimlikni boʻyiga va eniga oʻsishini taʼminlaydi.
Fitogarmonlar taʼsirining asosiy elementi, uning oʻsimliklar genetik apparatiga taʼsiri boʻladi. Hozirgi vaqtda bu taʼsir, birinchidan bir qator gormonal genlarning ekspressiyasi stimulyasiyasi hisobiga, ikkinchidan DNKning metillanishining umumiy kamayishi hisobiga namoѐn boʻlishi aniqlangan. Fitogarmonlarning oʻsimlik genetik apparatiga taʼsirining usuli quyidagilarda namoѐn boʻladi: fitogarmonlar oqsil reseptori bilan birlashadi va bevosita reseptor garmon birikmasi koʻrinishida yoki qator oraliq reaksiyalar orqali DNK bilan birlashgan oqsil bilan va nasl informasiyalarining oʻqilishiga qarshilik qiluvchi repressor oqsillar bilan birlashadi. Buning natijasida repressorlar bilan DNK molekulasi orasidagi oʻzaro bogʻliqlik buziladi va ozod boʻlgan genlar maʼlumot oʻqilishini va ularga taalluqli oqsil fermentlari BIOSintezini amalga oshiradi. Fitogarmonlarning bunday harakati tanlov asosida yuzaga keladi,
yaʼni maʼlum fitogarmonlar DNKning butun molekulasidan emas, balki alohida genlardan repressor toʻsiqlarni oladi.
Genomga fitogarmonlarning taʼsirining ikkinchi usuli shundan iboratki, uning taʼsirida DNKning metillanish darajasi kamayadi va buning hisobiga genetik maʼlumotlarning oʻqilishining umumiy qobiliyati oʻsadi. Bu taʼsir mexanizmi hali oxirigacha oʻrganilmagan boʻlib, faqat sitokininlarning DNKga oʻrnashib olib, metil guruhlarning (SN3) birlashishiga qarshilik qilishi maʼlum.



Yüklə 231,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin