2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)
3-bob. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar 17. E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak.
Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda va
seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart.
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda
bajarilgan bo‘lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang. 18. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha
e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3
ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop
etilishi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345- son) Oldingi tahrirga qarang. Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida
keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro
konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894- 1/0445-son) Oldingi tahrirga qarang. 19. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha
e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy
nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345- son) Oldingi tahrirga qarang. Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida
keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro
konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi shart.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894- 1/0445-son) Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan
monografiya e’lon qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang. 20. Izlanuvchi tomonidan e’lon qilingan maqolalar soni mazkur Nizomning
18
va
19-
bandlarida
nazarda tutilgan talablarga javob bermagan, lekin yuksak ilmiy yoki amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan va xizmatda foydalanish uchun grifi bilan bajarilgan dissertatsiyaning
himoyasi masalasi, istisno tariqasida, OAK Rayosati tomonidan hal qilinadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894-1/0445-son) 21. Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlari (patentlar),
preprintlar, ilmiy xaritalar, ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan
ma’ruzalarning e’lon qilingan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, modernizatsiya
qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari ham
dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.