9-bob. Ilmiy darajadan mahrum etish yoki uni tiklash 50. Ko‘chirmachilik, soxta hujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi
noxolis o‘tkazilganligi kabi holatlar aniqlangan taqdirda, Ilmiy kengash xulosasi va ekspert
kengashi qaroriga asosan ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy
darajadan mahrum etilishi mumkin.
OAK Rayosatining ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorini tasdiqlash
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin 10 yil o‘tgan bo‘lsa, ilmiy darajadan mahrum etish
masalasi ko‘rib chiqilmaydi.
51. Ilmiy darajadan mahrum etilgan shaxsning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga
asosan tiklanishi mumkin.
52. Ilmiy kengashning ilmiy darajadan mahrum etish, mahrum etmaslik yoki uni tiklash
bo‘yicha xulosasi ekspert kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
53. Ekspert kengashining tegishli qarori OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va
shaxsni ilmiy darajadan mahrum etish yoki mahrum etmaslik yoxud uni tiklash to‘g‘risida
qaror qabul qilinadi.
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida ILOVA Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Dissertatsiyaga qo‘yiladigan talablar 3-bob. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga qo‘yiladigan talablar 4-bob. Dissertatsiya bajarilgan muassasada dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazish 5-bob. Dissertatsiyani himoyaga taqdim etish va Kengashda himoya qilish 6-bob. Dissertatsiyani qayta himoya qilish 7-bob. OAKda attestatsiya ishini ko‘rib chiqish 8-bob. Diplomlarni rasmiylashtirish va berish