2894-сон 23.06.2017. Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (1)
ilmiy konsultant — fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib
borayotgan izlanuvchiga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida belgilangan
tartibda tayinlangan, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894- 3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345- son) apellatsiya — ilmiy darajalar berish yoki ularni berishni rad qilish yoxud ilmiy darajadan
mahrum etish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi qarorlar yuzasidan berilgan murojaat.
2. Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki mazkur
Nizomning
5-bandi
talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga,
ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy
ma’lumotga farmatsevtika fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — farmatsevtika sohasi
bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish —
veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-noyabrdagi 245/7-sonli (ro‘yxat raqami 2894-1, 22.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2894- 1/0445-son) 3. Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida
tayyorlanadi.
Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga ko‘ra
o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga
oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy konsultant, dissertatsiya bajarilgan muassasa va Ilmiy
kengash tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va
dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2894-3, 19.04.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2021-y., 10/21/2894-3/0345- son)