Iqtisod va pedagogika universiteti


O’quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə2/3
tarix05.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#124859
1   2   3
21 (7)

2. O’quvchilarni ertak janri bilan tanishtirish.
  • Boshlang’ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko’proq o’qitiladi. Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”, “Ko’zacha bilan Tulki”, “Olapar, Mosh, Musicha” kabi ertaklar aniq-hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi. Matn bilan ishlashda tanlab o’qish, savollarga javob berish, o’quvchilarning o’zlari savol tuzib, javob berishlari, so’z bilan grafik rasm chizish, plan tuzish, qayta hikoyalash, ertak aytish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bu ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o’quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-biriga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar.
    • Ertakni o’qib, tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlarini to’g’ri tasavvur etishga yo’naltiriladi. Ertak ustida ishlashning oxirgi bosqichida “Ertakda sizga juda yoqqan joyini o’qing, nima uchun yoqqanini ayting. Hayotingizda mana shu ertakdagiga o’xshash voqealar bo’lganmi?” kabi savol-topshiriqlar yordamida o’quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi. Ertak o’quvchilar uchun ertakligicha qolishi va bolalar hayotidagi hodisalarga avtordek yondoshishga o’rganishlari kerak.
    • Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, “Davlat”, “Tuz haqi”, “Ovchi, Ko’kcha va Dono”, “Ilm afzal” kabi ertaklarni ham o’qiydilar. O’quvchilarni bunday ertaklarni o’qishga tayyorlash ilmiy-ommabop tekstlarni o’qishga tayyorlash kabi bo’ladi (kuzatish, ekstadqiqotiya, fan darslari), ertakni o’qish va tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertak qismlarini rollarga bo’lib o’qiydilar.
    • Bundan tashqari, bolalar 4-sinfda “Davlat” ertagini o’qiydilar. Bu ertak oddiy turmushga tegishli elementlarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakda fantastika bo’lganligi uchun o’quvchilarni ertakni o’qishga taxminiy tayyorlashni talab qiladi. Ertakni o’qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofni, tabiatni, borliq dunyoni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o’tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o’zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to’g’ri tushunishga yordam beradi.
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin