Iqtisodiy taraqqiyotda pulning o'rni



Yüklə 411,5 Kb.
səhifə3/6
tarix26.03.2023
ölçüsü411,5 Kb.
#124377
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy taraqqiyotda pulning o\'rni

Kredit va uning turlari
Bozor iqtisodiyotigaasoslangan mamlakatlar iqtisodiyotida kredit muhim rolь o`ynaydi. Kredit deb pul yoki tovar ko`rinishida tegishli foizlar bilan qaytariladigan qar zni tushuniladi. Qarzga beruvchi (kreditor) bilan qarz oluvchi o`rtasida paydo bo`luvchi munosabatlarni kredit munosabatlari deb aytiladi.
Kreditmunosabatlarinin g mohiyati shundan iboratki, xo`jalik yurituvchisub`ektlarning moliyaviy ahvoli hamma vaqt ham birday bo`lavermaydi. Ayrimsub`ektlarning vaqtincha bo`sh bo`lgan pul mablag`lari va tovar resurslarimavjud bo`lgan bir paytda, boshqalarning ularga ehtiyoji bor. Masalan, firma(korxona) o`z mahsulotini sotishdan olgan pul mablag`larini birdaniga sarflaydi.Bu pullar xomashyo va materiallar sotib olguncha, ish haqi va mukofotlarto`languniga qadar ma`lum vaqt davomida bo`sh turadi. Ishlab chiqarish, fan vatexnikani rivojlantirishga mo`ljallangan mablag`lar ham jamg`arilib boradi.Aholining vaqtincha bo`sh bo`lgani uchun bankka qo`ygan jamg`armalari hammamlakat miqyosida kattagina mablag`larni tashkil etadi.
Kredit mexanizmi vositasida mamlakatdagi vaqtincha bo`sh bo`lgan mablag`lar unga muhtoj bo`lgan xo`jalik sub`ektlariga ma`lum muddatga qarzga beriladi. Erkin tadbirkorlikka keng yo`l ochib beruvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida pul yoki boshqa moddiy resurslarni qarzga olishga bo`lgan ehtiyoj nihoyatda katta. Bunday ehtiyoj nafaqat yangidan ish boshlayotgan tadbirkorlarda, balki muayyan davrdan boshlab faoliyat ko`rsatayotgan firma (korxona)larda ham mavjuddir.
Kreditning muhim vazifasi investitsiya jarayonlarini faollashtirishdir. Kredit mexanizmi vositasida korxonalarning jamg`arayotgan foydasi va aholining jamg`armalari tezroq muddatlarda kapitalga aylanadi. Kredit tufayli ishlab chiqarishning yangilanish jarayonlarini tezlashtirishga imkoniyat yaratiladi.
Ko`rinib turibdiki, kredit ishlab chiqarishning rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Kredit ilmiy-texnika taraqqiyotiga, kapitalning aylanish tezligiga, ishlab chiqarish xarajatlarining qisqarishi va samaradorlikning ortishiga yordam beruvchi omildir.
Iqtisodiyotning rivojlanishida o`z-o`zini moliyalashtirish manbalarining, amortizatsiya ajratmalari va jamg`arilgan foydaning roli juda katta. Shu bilan birga bu manbalarni kredit bilan qo`shib olib borish ishlab chiqarish korxonalari uchun eng yaxshi natijalar beradi. Bunda korxona (firma) ehtiyojlarining asoslanganligi, mablag`lardan foydalanish mas`uliyatining kuchliligi, kreditni qaytarish va foizlarni to`lash uchun real javobgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit mamlakat tashqi aloqalarining rivojlanishiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Davlat kreditlash jarayonlariga faol aralashadi. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish maqsadlarida davlat qarz oluvchilarning muayyan guruhlari uchun kredit olishning qulay sharoitlarini yaratib beradi. Bu kredit uchun foiz darajalarini tabaqalashtirish, hukumat kafolatlari yoki imtiyozlarini berish, ayrim tarmoqlar va korxonalar uchun davlat mablag`laridan kredit resurslari ajratish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Kredit aloqalari pul (tovar) egasi bilan qarz oluvchi o`rtasida bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Birinchi holda ular to`g`ridan-to`g`ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda esa ularning aloqasi vositachilar orqali yuz beradi. Shunga ko`ra, kreditning quyidagi asosiy shakllari kelib chiqadi: tijorat krediti, bank krediti, iste`molchi krediti, davlat krediti, xalqaro kredit va boshqalar.
Tijorat krediti, bu – sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar ma`lum muddatda pulini to`lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Tijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi. Kreditning bu turi, odatda, mahsulotni sotuvchisi bilan uning xaridori o`rtasida bevosita sodir bo`luvchi kredit munosabatlariga taaaluqlidir.
Bevosita kreditning ommaviy ko`rinishlaridan biri qimmatbaho tovarlarni (avtomashina, uy, televizor, kompьyuter va hokazo) aholiga nasiyaga sotishdir. U tovarlar etarli, binobarin, taqchillik yo`q bozorda qo`llaniladi.
Bank krediti – xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga qarz berishning asosiy va eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, u bilvosita kredit hisoblanadi. Buning sababi shundan iboratki, bunda pul egalari bilan uni qarz oluvchilar o`rtasida bank tashkilotlari vositachilik qiladi. Ular pulni uning egalariga foiz to`lash sharti bilan o`z qo`llarida jamlaydilar va o`z nomidan qarzga berib, foizlar oladilar. Bunda uch sub`ekt (pul egasi, kredit tashkiloti va qarz oluvchi)ning kredit aloqasi paydo bo`ladi.
Banklar qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir bo`lgan xo`jalik sub`ektlariga beradilar. Ular o`z navbatida pulni investitsiya uchun sarflab iqtisodiyotni o`stirishga ko`maklashadilar.
Banklar firmalarga tadbirkorlik uchun qarz bersa, iste`molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste`molchi krediti paydo bo`ladi. Masalan, AQShda banklarning iste`molchilarga beradigan krediti hisobiga narxi 2500 dollargacha bo`lgan tovarlar xarid qilish mumkin. Xarid qilingan tovar pulini banklar magazinlarning bergan schyotiga qarab to`laydilar. Bunday kredit g`oyat imtiyozli bo`ladi. Uning foizi boshqa kreditlar foizidan kam, hatto foizsiz bo`lishi mumkin.
Iste`molchi krediti aholining iste`mol ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`lib, u tovar yoki pul ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Davlat krediti deyilganda, bir narsaga e`tibor berish kerakki, davlat unda qarz beruvchi (kreditor) sifatida emas, balki qarz oluvchi sifatida qatnashadi. Qarz beruvchi vazifasini aholi, firma (korxona) va tashkilotlar o`taydi. Davlat qarzni turli shaklda, eng avval davlat zayomlari (zayom - ruscha qarz demakdir) shaklida oladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo`lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib berish va foiz to`lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va mahalliy hokimiyatlar chiqaradi. Zayomlar qarz haqi to`lash jihatidan foiz to`lanadigan va ba`zan foizsiz ham bo`ladi.
Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o`tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o`z mablag`lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil qiladi, xazinadan ham qarz beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan korxona, firma va tashkilotlarga ularni moliyaviy sanatsiya qilish (sog`lomlashtirish) uchun sarflanadi. Mazkur qarz ham ma`lum muddatga, qaytarib berish va foiz to`lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz g`oyat imtiyozli bo`ladi va daromad olishni ko`zlamaydi.
Xalqaro kredit – ssuda (qarz) kapitalining xalqaro miqyosdagi harakati bo`lib, bu harakat tovar va valyuta ko`rinishidagi mablag`larni qaytarib berishlik, muddatlilik va haq to`lashlik asosida berish bilan bog`liq.
Xalqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub`ektlar bo`lib tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, hukumatlar, yirik korporatsiyalar hamda xalqaro va mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari hisoblanadilar. Xalqaro kredit munosabatlarining ishtirokchilari sifatida, ikkinchi tomondan, odatda, xorijiy mamlakatlar firma va kompaniyalari, xususiy banklar hamda xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta fondi, Jahon tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) qatnashadilar.
Yana shuni ham alohida ta`kidlab o`tish lozimki, respublikamiz oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qiyotgan talabalarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan ta`lim kreditlari berish boshlandi.
Ta`lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlariga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan talabalarning o`qishi uchun talabalarning o`zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.
Kredit tashkilotlari pul va kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida bozor iqtisodiyotida muhim rol o`ynaydi. Jahon amaliyotida kredit tashkilotlari sifatida asosan turli xil banklar faoliyat ko`rsatadilar va ular bozor infratuzilmasining muhim unsuri hisoblanadi.

Yüklə 411,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin