Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati


Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash ustuvorliklari



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə10/13
tarix01.02.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#122855
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Iqtisodiy xavfsizlik va uning ahamiyati

Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash ustuvorliklari


  • Tarkibiy o`zgarishlar –bu, O`zbekiston iqtisodiy siyosatining o`tish davridagi muhim maqsadlaridan biridir. Xo`jalik tizimi transformatsiyasi jarayonida tarkibiy o`zgarishlarning zaruriyati rejali iqtisodiyotdan meros qolgan texnik bazaning qoloqligi va disproporsiyalari bilan bog`liq.
    O`tish davrida davlatimizning asosiy maqsadi –bozor iqtisodiyotining samarali ishlaydigan institute va mexanizmlarini tuzishdir. Bu maqsadni amalgam oshirmay turib, bozor asosida barqaror iqtisodiy o`sishga erishib bo`lmaydi, bu esa tarkibiy siyosatning pirovard maqsadi hisoblanadi. Bozor islohotlari va tarkibiy siyosat (uni muvaffaqiyatli amalgam oshirish sharti bilan) korxonalarning yangi iqtisodiy muhitga moslashishiga, keng ma`noda texnika iqtisodiy jihatdan zamonaviylashishiga ko`maklashadi. U o`z ichiga quyidagilarni oladi:

    • iqtisodyotda tarmoq tarkibining o`zgarishi;

    • iqtisodiyotning hududiy tarkibini takomillashtirish;

    • asosiy kapitalni (shu jumladan, davlatning investitsiya siyosati yordamida ) yangilash;

    • ITT yutuqlarini tatbiq etish, ishlab chiqarishni texnologik qayta qurollantirish;

    • inson kapitalini takomillashtirish (yangi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish);

    • ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini takomillashtirish;

    • iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish va takomillashtirish.

    Tarkibiy siyosat, odatda, barqaror iqtisodiy o`sish uchun sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladi. U iqtisodiyotning turli sektorlari o`rtasida moddiy,mehnat va moliyaviy resurslar qayta taqsimlanishini ko`zda tutadi. Uni amalga oshirish uchun quyidagilar mablag`larning asosiy manbalari hisoblanadi:

    1. xususiy jamg`armalar va investitsiyalar;

    2. davlat jamg`armalari va investitsiyalar;

    3. to`g`ri xorijiy investitsiyalar;

    4. chet el investitsiyalari va tashqi zaymlar.

    Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida tarkibiy siyosatni amalgam oshirishda davlat, odatda, bilvosita ta`sir qilish usullaridan soliqlar, bojlar, pul-kredit rag`batlantirish choralari va hokazolardan foydalanadi.
    Xususiy sector va bozor institutlari rivojlanmagan sharoitda, shuningdek, islohotlarni tez amalgam oshirihsda davlat resurslarni qayta taqsimlashning ma`muriy usullarini qo`llaydi. Bunda :

    • xom ashyo va eksport tovarlarining sotib olish narxini pasaytirish;

    • turli valyuta kurslaridan foydalanish;

    • protektsionistik to`siqlar;

    • ustuvor yo`nalishlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining aktivlaridan foydalaniladi va boshqalar.

    O`zbekistondagi tarkibiy investitsion siyosat kompleks masalalarini hal qilishga yo`naltirilgan. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin.

    • mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash, bozor munasabatlariga o`tish jarayonida korxonalarga yordam berish;

    • iqtisodiyotning bir qator istiqbolli tarmoqlarini rivojlantirish ( import o`rnini bosuvchi va eksport tramoqlarini qo`llab-quvvatlash siyosati), yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yaratish;

    • ishlab chiqarishning texnologik qayta qurollanishini rag`batlantirish. O`zbekistonda tarkibiy siyosatning asosiy vositalari quyidagilardir:

    Davlat investitsiyalari ;

    1. Kredit siyosati;

    2. Valyuta siyosati;

    3. Chet el investitsiyalarini jalb etish.

    Tarkibiy islohotlarni moliyalashtirishga ketadigan mablag`larning asosiy manbalariga quyidagilar kiradi:

    • buydjetdagi soliq tushumlari;

    • tijorat banklarining majburiy zaxiralari ( ular markazlashtirilgan kreditlar uchun ishlatiladi);

    • davlat buyurtmalari ( avvalo qishloq xo`jaligi va sanoatining qazib ollish tarmog`i

    uchun );

    • eksportiyorlar valyuta tushumlarining ( yoki uni bir qismini) rasmiy ayriboshlash

    kursi bo`yicha majburiy konvertatsiyasi.
    O`zbekistonda amalgam oshirilayotgan tarkibiy siyosatning asosiy natijasi MDH ning boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq iqtisodiy tushkunlik hisoblanadi.Tarkibiy siyosatni amalgam oshirish juda katta moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni talab qiladi. Xususiy sektorning rivojlanmaganligi davlat asosiy xo`jalik yuritish subyektiga aylanishiga olib keladi. Bozor islohotlari esa, davlatning investitsiya va xo`jalik funksiyalari xususiy korxonalarga o`tishini ko`zda tutadi.
    Moliyaviy resurslarning davlat sektoriga o`tkazilishi xususiy sektorni kuchsizlantiradi. Davlat xarajatlarining o`sishi xususiy xarajatlarni siqib chiqarsa, siqib chiqarish effekti amalga oshiriladi.
    Moliyaviy resurslar taqchilligining tezlashishi davlat siyosatini “ yumshatib” boradi, bu esa inflyatsiya va to`lamaslik kabi muammolarni kuchaytiradi. Kuchli inflyatsiya va moliyaviy disproporsiya sharoitida ishlab chiqarishga qo`yilmalar emas, balki spekulyativ operatsiyalar foydaliroq hisoblanadi. Ikkinchidan, jamg`armalarni shakllantirish va ularni ishlab chiqarish investitsiyalarga aylantirishning bozor mexanizmlari ishlamay qoladi.
    O`tish iqtisodiyoti sharoitida tarkibiy siyosatni rejalshtirish va o`tkazishda yuqoridagi holatlarni e`tiborga olish kerak. Respublikaning 2005 yilgacha rivojlanish istiqboli o`rta muddatli prognoziga muvofiq iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarning ustuvor yo`nalishlari quyidagilardir:

    • sanoatning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishni taezlashtirish;

    • eksport salohiyatiniva import o`rnini bosishni mustahkamlash:

    • eksportning xom ashyoga yo`naltirilganligini cheklash;

    • zamonaviy kommunikatsiya tizimlari va axborot uzatish vositalarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish, moliya va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish, fond bozorini rivojlantirish;

    • bozorni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari bilan to`ldirish , mamlakatning mahsulot xavfsizligini ta`minlash;

    • kuchli ijtimoiy siyosatni o`tkazish, qashshoqlikni qisqartirish, yangi ish joylarini yaratish, real daromadlarni oshirish.

    O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizlikka erishishda soliq va byudjet siyosati muhim o`rin egallaydi va quyidagilarni o`z ichiga oladi:

    • qattiq moliyaviy siyosatni amalgam oshirish, davlat byudjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, byudjatdan beriladigan dotatsiyalarni subsidiyalar va barcha turlarini bosqichma- bosqich qisqartirib boorish;

    -byudjet manlag`lari daromad tushganidan keyingina taqsimlanadigan yo`ldan og`ishmay borish, birinchi darajali, eng zo`r umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjatdan mablag` ajratish;

    • xalq xo`jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun byudjetdan pul bilan qaytarmaydigan qilib ta`minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;

    • soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlari barqaror sur`atda to`ldirib turilishini ta`minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan qo`shma korxonalarni rivojlanishini rag`batlantiradigan pishiq -puxta soliq siyosatini olib borish.

    Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligining o`tgan davri mobaynida moliyaviy - byudjet siyosati, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa sohalarda katta ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, respublikamizda bank infratuzilmasini, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, milliy bank tizimini jahon banklari hamjamiyatiga integratsiyalshtirish, bank xizmatlarini takomillashtirish borasida salmoqli qadamlar tashlandi.
    Shu, o`rinda aytish joizki, 1994 yilda milliy valyutamiz –“so`m”ning muomalaga kiritilishi O`zbekistonning mustaqil bank tizimi vujudga kelishiga va moliyaviy byudjet siyosatida yangi bosqichga qadam qo`yilishiga olib keldi. Bunda hukumatimiz tomonidan moliya-byudjet tizimi uchun milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, aholining moliya bank tizimiga bo`lgan ishonchini oshirish muhim vazifa qilib belgilandi.
    Hozirgi kunda respublikamizda 32 bank va ularning 800 dan ortiq filiallari, Xalq bankining 2500 dan ziyod shaxobchalari hamda 670 dan ortiq mini banklar aholi bo`sh pul mablag`larini omonatlarga jalb qilish va boshqa bank xizmatlarini ko`rsatayapti.
    Xalqaro hamjamiyat, yirik moliya-bank korporatsiyalari O`zbekistonning teng huquqli sherikchilik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosatini faol qo`llab-quvvatlamoqdalar. O`zbekiston boy tabiiy zaxiralari bilangina emas, ayni vaqtda, avvalo ijtimoiy-siyosiyvaziyat barqarorligi va iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining ravshanligi bilan ham xorijiy sarmoyadorlarni o`ziga jalb qilmoqda.
    Respublikada “Xorijiy investitsiyalar to`g`risida” va “Xorijiy investitsiyalar kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari to`g`risida “ qonunlarga amal qilinmoqda. O`zbek bozorida AQSh, Koreya Respublikasi, Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya, Yaponiya kompaniyalari ishlamoqda.
    O`zbekistonning hamkorlari orasida jahonga mashhur bo`lgan DEU (avtomobilsozlik, elektronika, yengil sanoat); BAT (tamaki mahsulotlari);
    Nyumont Mayning (oltin qazib chiqarish sanoati); “Gazprom” (tabiiy gaz qazib chiqarish va transportirovka qilish) va boshqa kompaniyalar milliy ustunlikka erishmoqdalar.
    Islohotlar tobora chuqurlashayotganligi tashqi iqtisodiyotni erkinlashtirish dasturlari izchil amalgam oshirilayotgan O`zbekistonning investitsiya sohasidagi hamkorlik uchun ishonchli sherik sifatida obro` e`tiborini oshirmoqda, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni ko`proq jalb etishga ko`maklashmoqda, mamlakat eksport salohiyatini oshirishning milliy ustuvorliklarini aniqlashda uslubiy va amaliy yondoshuv omili bo`lib xizmat qilmoqda. Bu yerlarda qudratli irrigatsiya tizimi mavjud. Mustaqillik yillarida o`tkazilgan islohotlar davomida qishloqda yangi xo`jalik tuzilmasi shakllandi. Yerga bo`lgan mulkchilik jarayoni kuchaydi. Bu agrar siyosatdagi eng muhim masala.
    Tajriba shuni ko`rsatadiki, hatto zarar bilan ishlayotgan, jamoa xo`jaliklari ham fermer xo`jaliklariga aylantirilsa, ularda ishlab chiqarish rivojlanadi, moddiy resurslar tejaladi, moliyaviy ahvol yaxshilanadi. Fermer xo`jaliklariga o`z rivoji jarayonida erkin iqtisodiy faoliyat yuritish uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan. Ularga :

    • yer maydonlari tanlov asosida 50 yilgacha muddatiga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga beriladi;

    • berilgan yer maydonlari shirkat xo`jaliklari balansidan chiqariladi;

    • yollanma hodimlar, shu jumladan, oila a`zolari o`rtasidagi mehnat munosabatlari, mehnat qonunchiligiga muvofiq, mehnat shartnomalariga asoslanadi.

    Mahalliy sharoitlarni, qishloq xo`jalik yerlarini, mehnat va suv resurslarining ahvoli hamda qayta tashkil etish natijasida bo`shab qolgan hodimlarni ish bilan ta`minlash istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida viloyat va tumanlar bo`yicha xo`jaliklarni rivojlantirish konsepsiyasini yaqin yillarda ishlab chiqish ustida ishlar davom ettiriladi.
    Agrar siyosatda tilga olingan ustuvorliklar ijrosi aniq belgilangan reja asosida narcha bo`g`inlarda islohotlarning mohiyatini anglagan holda ta`minlanadi.
    Bu milliy xavfsizlikni ta`minlashda asosiy omil bo`ladi.
    Turli xil mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama do`stlik munosabatlarini mustahkamlash iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
    Har qanday davlat – u xoh katta, xoh kichik bo`lsin, tashqi iqtisodiy aloqalarsiz yashay olmaydi, chunki jahonda ishlab chiqarilayotgan buyumlarning turlari bir necha million xilni tashkil qiladiki, ularning hammasini o`zida ishlab chiqarishga bironta ham davlatning qurbi yetmaydi. Shu sababli tashqi iqtisodiy aloqalar turli-tuman ehtiyojlar va ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik darajasini oshirishning muhim vositalaridan biri bo`lib, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi turmush darajasining oshishiga yordam beradi.
    O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida keyingi yillarda muhim tarkibiy o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Strategik ahamiyatga ega korxonalar O`zbekiston tassarufiga olingani va jahon bozoriga o`z mahsulotlari bilan chiqayotgani shunday o`zgarishlar sirasiga kiradi. Paxtasi, oltini, avtomobillari bilangina emas, samolyotlari bilan ham respublikamiz jahon bozorida mashhur. Xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari
    Agar biz AQSh va O`zbekistonning stratigik hamkorligi tarixiga chuqurroq nazar tashlasak, shuni ko`ramizki, bu ikkita mamlakat o`zaro hamkorligini yillar davomida bosqichma- bosqich rivojlantirib kelmoqdalar. Bu hamkorlikni 3 bosqichga bo`lish mukin. Birinchi bosqich O`zbekistonning mustaqilligidan oldingi yillar va mustaqillikning dastlabki 3 yilini qamrab oladi. Bu davr O`zbekiston va hatto, Markaziy Osiyoning AQSh bilan hamkorligi yetarli darajada bo`lmaganligi bilan harakterlanadi.
    AQSh O`zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo`lib tan oldi va O`zbekistonda o`zining diplomatik elchixonasini ochdi, Respublikamizda amalgam oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni o`rganib chiqdi, tashqi va ichki siyosati kuzatdi. Shu tariqa yildan-yilga aloqalar kengayib bordi.
    XXI asrga kelib, jahonga etnik guruhlar, millatlar urushlari va davlatlar o`rtasida urushlar kabi xatarlar xavf solmoqda. Ularning oldini olish uchun muayyan choralar ko`rilmoqda. Ammo jahon xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm kabi yangi shakldagi urushlarga yuz tutmoqda. Ular insoniyat maqsadlariga batamom ziddir.
    Ikkinchi jahon urushidan so`ng Yevropa mamalakatlari orasida xavfsizlik masalalarini hal qilish vazifasi paydo bo`ldi. Shu maqsadlarni ko`zlab, 1984 yil 17 martda Bryussel shahrida 50 yil muddatga “Bryussel shartnomasi” imzolandi. Uning bosh maqsadi umumiy xavfsizlikni ta`minlash va unga a`zo mamlakatlarning o`zaro iqtisodiy, madaniy aloqalarini rivojlantirishdan iborat edi. Shartnomaga Buyuk Brutaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksanburg a`zo obo`lishdi va Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga (NATO) asos soldi.
    NATO qarorgohi Belgiyaning deyarli XIV asrdan ortiqroq tarixga ega poytaxti Bryusselda joylashgan. Uning binolari oldida 19 ta a`zo davlatlarrning bayroqlari havoda hilpirab turibdi. Aytmoqchi, NATOning emblemasida ham davlatlararo birlik va hamkorlikni ramziy ifoda etuvchi doira, uning o`rtasida Shimoliy Atlantik hamkorlik kengashiga a`zo davlatlar tanlagan umumiy tich-totuvlik yo`lini ko`rsatib turuvchi kompos o`rin olgan.
    NATO nima degani? Oktabr to`ntarishi dunyoga keltirgan sobiq sovet totalitar rejimi davrida bu tashkilotga har qanday shak-shubhadan holi bittayu-bitta qarash mavjud edi: NATO – jahon jandarmi, u ishchilar sinfi va mehnatkash dehqonlarni ezuvchi sinflar manfaatini himoya qiladi, ozodlik va demokratiyaning ashaddiy dushmani.
    O`sha paytdagi Kreml rahbarlarining bunday rasmiy xulosalari ommaviy axborot vositalari orqali butun jamiyat ongiga va qalbiga to`xtovsiz singdirib kelindi. Biroq vaqt hamma narsani o`z o`rniga qo`ydi. Sovet rahbariyatining o`zi tinimsiz va`da qilib kelgan “kommunizm” jozibali sarobdan, hom hayoldan boshqa narsa emasligi dunyoga ayon bo`ldi. Xolbuki, bunday g`oyalar yo`lida “tozalshlar” olib borilib,millionlab odamlar GULAG lar bag`rida qurbon bo`ldi. Amalda sovet mamlakati “Xalqaro turmasi”ga aylandi. Va shunday jiddiy sabablarga ko`ra, bu tizim yemirilib, o`rnida mustaqil davlatlar qad rostladi.
    Tarixiy 1991 yildan keyin odamlar fikrida va qalbida tub o`zgarish ro`y bera boshladi. Ularning, jumladan, Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi haqidagi qarashlar ham asos- asosidan o`zgardi. Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari, shu jumladan, O`zbekiston NATO ga sheriklik qila boshladi. Olyansga 19 davlatning amaldagi faoliyati shundan dalolat beradiki, ular yordamida dunyoning qaysi burchagida harbiy nizo tug`ilsa, uning olovi o`chiriladi yoki oldi olinadi. Yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollarni tarqatmaslik bo`yicha loyihalar amalga oshiriladi, turli davlatlarning olimlari o`rtasida ilmiy hamkorliklar yo`lga qo`yiladi, NATO ga a`zo davlatlar terrorchilik va giyyohvandlikka qarshi kurashda boshqa davlatlarga faol ko`maklashadilar.
    Bugun NATO yanada kengayishi arafasida turibdi: a`zo davlatlaridan tashqari, Alyans bilan so`nggi yillarda yana 27 ta davlat hakorlik qilmoqda. Ular Sharqiy Yevropadagi Varshava shartnomasiga a`zo davlatlar, shuningdek, sobiq SSSR iskanjasidan xolos bo`lgan davlatlardir.
    1994 yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lida hamkorlik” loyihasiga qo`shildi. Bu loyiha jamoaviy xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham vujudga keltirishga qaratilagan. NATO bilan hamkorlik harbiy-siyosiy voqealardan xabardor bo`lib turish, bu uyushma doirasida amalgam oshirilayotgan tadqiqodlar va ishlanmalardan baxramand bo`lish imkonini beradi. NATO uchun mamlakatlarning tadbirlarida, jumladan, harbiy bo`limalarning birgalikdagi mashqlarida qatnashish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi qismlarimizning jangovor tayyorgarligini ko`tarishga, ilg`or jangovor tajribalarni o`rganish, ya`ni pirovardida mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Shu bilan birga davlatimizning jahondagi iqtisodiy jihatdan rivojlangan demokratik mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalarini mustahkamlashga sharoit tug`iladi.
    Biz O`zbekistonning imkoniyatlari mintaqadagi barqarorlashtiruvchi omil sifatida baholanishiga to`la-to`kis qo`shilamiz.
    O`zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishi Yevropaning imkoniyatlari, milliy manfaatlari nuqtai nazaridan hayotiy muhimdir. Yevropa va butun G`arb – yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbaidir, hozirgi zamon demokratiyasi va inson huquqlarining ramzidir. Bularning barchasi xavfsizligi ta`minlangan va barqaror rivojlanayotgan, yuksak darajada taraqqiy etgan va zamonaviy demokratik davlatga aylanish maqsadida yangilanish va taraqqiyotni strategik vazifa qilib olgan O`zbekiston uchun hayotiy zaruratdir.
    NATO matbuot kotibi Jimmi Shi o`zbek xalqi hayotini yorqin va o`ziga xos jihatdan aks ettirgan ko`rgazma uchun uning tashkilotchilariga minatdorchilik izhor etdi.
    O`zbekistonning ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqishda va mintaqaviy, iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashda diniy “Islom omili”ni hisobga olish umhim rol o`ynaydi. Bu uning turmush tarzida, kishilarning ruhiyatida ma`naviy-axloqiy qadriyatlari shakllanishida va bu dinga e`tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashishga intilishida ham ko`zga tashlanadi.
    O`rta Osiyoda bir necha ming yillar davomida turli dinlar hamjihat bo`lib, tinch-totuv yashab, millati va irqidan qat`iy nazar, mamlakatlar va qit`alarni birlashtiruvchi, mintaqa xavfsizligini ta`minlovchi birda-bir madaniyat o`zagi bo`lib kelgan.

    Yüklə 88,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin