Muammoning o’rganilganlik darajasi. Mehnat bozori, mehnat resurslari shakllanishi, mehnat unumdorligi va samaradorligi muammolarini o’rganishga olimlardan Abdurahmonov Q.X., Shodiyev R.X., Ubaydullayeva R.A., Xolmo’minov Sh.R., Artikova D., Akromova G.A., Raximova D.N., Maksakova L.R., Xo’jayev., Yuldashev M. va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag’ishlangan. Bu ilmiy izlanishlarda mehnat resurslari shakllanishi, mohiyati, mazmuni, mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’llari va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari to’la ochib berilgan.
Bu muammoning yangicha iqtisodiy munosabatlari davrida ahamiyatliligi bitiruv-malakaviy ish mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, asosiy vazifalarni to’g’ri aniqlashga imkon yaratadi.
Tadqiqot maqsadi – bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur bitiruv-malakaviy ishning asosiy vazifalari etib quydagilar belgilanadi:
mehnat resurslari va uning ijtimoiy – iqtisodiy mazmunini yoritib berish;
mehnat resurslaridan foydalanishning xorij tajribasini tadqiq etish;
mehnat resurslari shakllanishi va ulardan foydalanish yo’nalishlarini aniqlash;
korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish;
mehnat resurslari tarkibi va foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
mehnat unumdorligini tahlil etish;
mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’nalishlarini aniqlash;
mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti – Samarqand shahar Baxmal qo’shma korxonasi xo’jalik faoliyati.
Tadqiqot predmeti – mehnat resurslaridan foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi bo’lib, mamlakat prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishdagi o’ziga xos yo’li va bozor iqtisodiyoti, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, marketing va sostiologik tadqiqotlar yuzasidan xorijlik hamda vatanimiz olimlari tomonidan olib borgan ilmiy ishlari xizmat qildi. Bitiruvmalakaviy ishni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish haqidagi farmonlari va qarorlaridan foydalanildi.
Mazkur ishni yozishda Samarqand viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi hamda ishlab chiqarish korxonasining statistik hisobotlari axborotlar manbai bo’lib xizmat qildi.
Bitiruv-malakaviy ishdagi ilmiy yangiliklar quydagilardan iborat:
mehnat resurslari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yoritib berilgan;
korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlil etilgan;
mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi aniqlangan;
mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo’nalishlari aniqlangan;
mehnat samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyanomalar ishlab chiqilgan;