ta’minlangan bo’lishi zarurdir. Shunga muvofiq taqdim etilayotgan ushbu uslubiy
qo’llanma “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanidan mustaqil
ta’limni tashkil etishda zaruriy resurs sifatida xizmat qiladi.
Uslubiy qo’llanmada talabalarning fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini
chuqurlashtirishga, ma’ruza darslarida berilgan
tushunchalarning mazmun
mohiyatini kengroq o’zlashtirishga yordam beradi. Uslubiy qo’llanmada
talabalarning mustaqil o’rganishlariga tavsiya etiladigan qo’shimcha
mavzular
hamda har bir talaba uchun alohida mustaqil ish variantlari kiritilgan.
Mustaqil ishning bajarilishi fanning ishchi dasturida
beriladigan baholash
tizimi talablari asosida nazorat qilinadi va baholanadi.
Topshiriqlarning bajarilishi
Quyidagi variantlarda keltirilgan topshiriqlarning bajarilish tartibi:
Variantdagi 1-topshiriqni bajarish uchun “Пуск” - “Все программы”-
“Microsoft Office”-MS PowerPoint dasturiga kiriladi va komp’yuter ekranida MS
PowerPoint dasturining quyidagi ishchi oynasi paydo bo’ladi
Ushbu oynaning menyular qatoridan hamda “Главная”-“Создать слайд”
piktogrammasidan foydalanib berilgan mavzu bo’yicha taqdimotning slaidlarini
yaratamiz.
Variantdagi 2-topshiriqni bajarish uchun berilgan har bir savollarga qo’lyozma
shaklida yozma tarzda to’liq javob yozing.
Variantdagi 3-topshiriqni bajarish uchun “Пуск” - “Все программы”-
“Microsoft Office”-MS Excel dasturiga kiriladi va komp’yuter ekranida MS Excel
dasturining quyidagi ishchi oynasi paydo bo’ladi
Yuqoridagi MS Excel dasturining menyularidagi piktogrammalaridan
foydalanib 3-topshiriqni bajarish lozim. Masalan: Bizga quyidagi topshiriq berilgan.
1.Topshriqning berilishi: Korxona ma’lumotlaridan
foydalangan holda
korxona balansi aktivining tarkibi, dinamikasi va tuzilishini tahlil qiling.
Korxona
mulkini yil boshiga nisbatan tarkibidagi o’zgarish sabablarini aniqlang va tegishli
xulosa bering.
Dostları ilə paylaş: