1-rasm. Mijoz – server «Mijoz – server» texnologiyasining amalga oshirilish variantlaridan biri uning uch bosqichli arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijoz qismi (ishchi stantsiya), qo‘llanishlar serveri va ma'lumotlar omborining serveri mavjud bo‘lishi kerak.
ABTni yaratish jarayonlarida arxitekturaning imkoniyatlari uning biznes jarayonlari tomonidan belgilanadigan ishning talablari va shartlari bilan muvofiqlashtiriladi. Bankning tashqi moliyaviy va axborot tuzilmalari, hisoblash kliring palatalari va markazlari, birjalar, uzoqlashtirilgan mijzozlar va boshqa banklar bilan o'zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.
Bank biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minlanishi o‘zining korporativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan quriladi. Joriy bosqichda o‘zaro hamkorlikdagi andozalari mavjud bo`lmaganlarida bankning tashqi tashkilotlar bilan aloqalari shlyuzlar orqali, masalan, pochta, teleks va boshqa firmalarning AIJ orqali amalga oshiriladi. U yoki bu bankning korporativ tarmoqlari uni telekommunikatsion arxitekturasida amalga oshiriladigan transport vositasi sifatida bo‘ladi. Ushbu sohada har qanday sifatli liniyalar uchun transport darajasini himoyalash va ularni boshqarishni qo‘shish bilan bog`liq ko‘pgina yechimlar mavjud. Bank telekommunikatsiyalarining vazifaviy to‘liq majmuasini amalga oshirish yagona axborot maydonini yaratishga imkon beradi. Bank xizmatlarini barcha qo‘llanishlarida bo‘limlar, filiallarning integratsiyasini amalga oshirish, xizmatlarni har qanday talab qilingan joyga va istalgan paytda, on – line va off – line usullarda (bevosita va tartibga solinadigan aloqalarda) yetkazib berilishini ta’minlash mumkin.
Bank vaqt bo‘yicha rivojlanuvchi obyekt bo’lib ham axborot muhitining miqdoriy o‘zgarishini (ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmini, foydalanuvchilar sonini va boshqalar ko‘payishini), ham xizmatlar miqdoriy o'zgarishlarni (yechilayotgan vazifalarning turli – tumanligini kengayishi, ularning xarakterini o'zgarishini) vujudga keltiradi. Aynan shunday qurilgan avtomatlashtirilgan tizim ma`lum muddat davomida tubdan zamonaviylashtirishlarni talab qilmasdan xuddi shunday rivojlanishi kerak. Tizimning salohiyatli imkoniyatlari (yoki asosiy cheklanishlari) qoidaga ko‘ra, ishlab chiqilgan asosiy dasturiy vositalarning imkoniyatlari bilan kuchli bog’langan. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan bank tizimlariga qo`yiladigan talablarning birinchi guruhi – bu asosiy ta’minlanish(operatsion tizim, MOBT, dasturlashni avtomatlashtirish vositalari va boshqalar)ga qo`yiladigan talablardir.
ABTga qo`yiladigan talablarning ikkinchi guruhi – uning amaliy qismini shaxs, bank tizimi va uning iste’mol xususiyatlari sifatida ta’riflanadi. Ularga vazifaviy diapazonning kengligini, interfeysning qulayligini kiritish mumkun.