Ishoqxon ibrat ijodi. Toshkent adabiy maktabi. Fazlulloh almaiy. Karimbek kamiy ijodi



Yüklə 32,92 Kb.
səhifə4/7
tarix19.04.2022
ölçüsü32,92 Kb.
#115370
1   2   3   4   5   6   7
ozbek adab tarixi amaliy 3 (1)

Ishqiy lirikasi

Kamiy ijodiyotining asosiy qismini ishqiy lirika tashkil qiladi. Xo‘sh, shoir lug‘atida ishq nima? Buni biz:



Ishqdir olamda bir rohatfizoy komil asar,
Mabdayi ayni sirishku mazhari ohi sharar,-

misralaridan anglab olgandek bo‘lamiz. Uning nazdida ishq barchani hayratga soluvchi bir «komil asar». Ko‘z yoshining manbai ham u, o‘tli ohning mazhari ham u. Aynan mana shu yerda azaliy va abadiy ishqning tabiati ochilganday. Shunday ishq egasi bo‘lmagan inson - inson emas. Shuning uchun ham Kamiy:



Dilekim, onda yo‘qdur otashi ishq
Ki, andin sham’ ila parvona yaxshi,-

deydi. Tabiiy, ishq har bir oshiq qalbida bir bor yangilanadi. Unda yangicha kechinmalar uyg‘otadi, ohorli tuyg‘ular tug‘diradi.


Bunga o‘sha oshiqning ma’shuqasi, uning fe’l-atvori, o‘ziga xosliklari sabab bo‘ladi. Kamiyning ham she’riyatda o‘z ishqiy olami va o‘z ma’shuqasi bor. Bu yor ham o‘ziga xos suvratu siyratga ega. U husnu malohatda shunday go‘zalki, naqqosh Moniy ko‘rgan zamon hayratdan qotib, chizib turgan suvratini ham chizolmay qoladi. Bu yorning ruxsori olamni yoritadi. Hatto «ul zeb bul mohi tobonlarda yo‘q». Bu husn shunday tarovatga egaki, undan o‘zi mast qilish xususiyatiga ega bo‘lgan sharob mast emish: «Mast ermish sharob husningdin». Uning jamoliga bir marta Oy bilan Quyosh qarshi kelgan edi, ko‘ring oqibatini: «Birin ruxsori dog‘ o‘ldi, birin sorg‘ordi siymosi».
Kamiy bir masnaviysida suyukli yor qiyofasini shunday chizadi:

Ey, g‘amzasi ofati zamona,
Husn ichra jahonaro yagona.

Ey, qomati rashki sarvu shamshod,


Ey, kiprigi tig‘u chashmi jallod.

Ey, yuzlari mohu mehri anvar,


Ey, xatlaru zulfi mushku anbar.

Ey, lablari ayni obi hayvon,


Ey, so‘zlari rohati dilu jon.

E’tibor bering, bu she’riy parchada yorning husni, qomati, kiprigi, xattu zulfi, lablaridan keyin gap uning shirin tilligiga, so‘zining «rohati dilu jon»ligiga ko‘chyapti. Til - kishining ma’naviyatiga aloqador. Darhaqiqat, Kamiy she’rlarida yorning nafaqat zohiriy suvrati, balki uning ma’naviy qiyofasi ham o‘z aksini topgan. U g‘azallaridan birida yor tabiatining nozikligi, go‘zal axloqi, ko‘nglining ravshanligi, boodobu bohayoligini shunday ta’riflaydi:



Nozanin xo‘yu neku axloq, ey ravshan zamir,
Sharmu odobu hayo bobida yo‘q senga nazir.

Kamiy ishqiy she’rlarining aksari mana shunday yorning ta’rifu tavsifiga bag‘ishlangan. Shoir bu yorning vasliga mushtoq, lekin «baloyi firoqi»ga mubtalo. U hajr shomi o‘tib, vasl tongi otishini istaydi, biroq orzulari armonga aylana boradi.
Xullas, Kamiyning ishqiy she’riyati, nafaqat sevimli yorning suvratu siyrati, balki hijronzada shoir qalbining so‘ngsiz iztiroblari, hasratu alamlarining ham badiiy in’ikosidir. Ayni paytda bu she’riyat o‘z ijodkorining nozik ta’b, hissiyotga to‘la shoirona qalb egasi ekanligiga ham guvohlik beradi.



Yüklə 32,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin