Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

ZAMONAVIY, GO‘ZAL VA BETAKROR 
Poytaxtimizda 
“Bunyodkor” 
sport 
kompleksining 
ochilishiga 
bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 
Dunyoda sport turlari ko‘p. Lekin ular orasida futbol o‘zining jozibasi 
bilan alohida ajralib turadi. Umrida biror marta futbol o‘ynamagan yoxud 
uni tomosha qilmagan odamni uchratish mushkul. Futbol mamlakat shon-
shuhratini dunyoga keng namoyon etuvchi kuchli va ta’sirchan 
vositalardandir. 
Toshkentda 
2012-yil 
28-sentabr 
kuni 
“Bunyodkor” 
sport 
kompleksining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq 
so‘zladi. 
– Bugun biz o‘zbek sporti hayotida, qolaversa, O‘zbekiston tarixida 
chuqur iz qoldirayotgan katta voqea – “Bunyodkor” deb nom olgan yangi, 
zamonaviy, go‘zal va betakror sport majmuasini ishga kiritish marosimiga 
to‘plandik, – dedi Islom Karimov. – Bu unutilmas voqeaning ahamiyati va 
mohiyatiga ramziy ma’no va mazmun beradigan yana bir sana – ayni shu 
kunlarda ko‘pgina ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbek futbolining maydonga 
chiqqaniga roppa-rosa 100-yil to‘lishi, hech shubhasiz, barchamizga 
alohida ruh va xursandchilik bag‘ishlaydi, bugungi marosimni haqiqiy 
tantana darajasiga ko‘taradi. 
Shu fursatdan foydalanib, ushbu marosimda qatnashayotgan siz 
azizlarga qaratib qalbimdagi so‘zlarni aytmoqchiman.
Avvalo, mana shu fayzli va shukuhli oqshomda sizlar bilan – qadrli 
hamyurtlarim, sport va futbol ishqibozlari bilan birga bugungi tantanada 
qatnashish men uchun katta baxtdir. 
Bunday ulug‘vor va hashamatli, o‘zida 7 ta zamonaviy futbol 
maydonini, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi, yotoqxonalar, basseyn va 
boshqa bir qator kerakli ob’ektlarni mujassam etgan, jami 56 gektar yerni 
egallagan bu majmua poytaxtimiz – azim Toshkentimizda qisqa davrda qad 
rostlagani, haqiqatan ham barchamizga mo‘jizaday tuyuladi. 
Dunyodagi eng zamonaviy sport maskanlaridan kam joyi yo‘q, yirik 
xalqaro turnirlarni yuqori saviyada o‘tkazishga moslashgan bu buyuk 
inshootga boqib, biz kim edik, bugun kim bo‘ldik, mustaqil bo‘lib 
taraqqiyot yo‘lida nimalarga, qanday yuksak marralarga erishdik, degan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
shukronalik hissiyoti beixtiyor qalbimizni to‘ldiradi, desam, adashmagan 
bo‘laman, dedi Prezidentimiz.
Hech shubhasiz, bunday go‘zal, har qanday yuksak talablarga javob 
beradigan salobatli va ko‘rkam sport majmuasini barpo etganimiz biz 
uchun eng ustuvor, eng oliy maqsad bo‘lmish bolalarimizni, yoshlarimizni 
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom avlod etib o‘stirish, 
sportchilarimiz, futbolchilarimizning jahon sport maydonlarida yuksak 
marralarni egallashiga, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini yanada yuksaltirishning garovi sifatida xizmat qilajak. 
Lo‘nda qilib aytganda, bunday zamonaviy inshootlar O‘zbekistonning 
kuch-qudratini mustahkamlashda, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” 
degan shiorni amalga oshirishda ishonchli zamin bo‘lajak. 
Davlatimiz rahbari butun xalqimizning dilidagi orzu-istaklarni ifoda 
etar ekan, mamlakatimizda bunday buyuk inshootlar ko‘payishini, yurtimiz 
ko‘rkiga 
ko‘rk 
qo‘shishini, 
ular 
xalqimizga 
xizmat 
qilishini, 
sportchilarimizga yanada yuksak g‘alabalar yor bo‘lishini, bundan sport 
muxlislari qalbida faxr-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urishini tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi. 
Yirik ekranda mustaqil O‘zbekistonning ulkan yutuqlari, bunyod 
etilgan noyob inshootlar, amalga oshirilgan islohotlar natijalari, tobora 
chiroy ochib borayotgan shahar va qishloqlarimiz, Vatanimiz taraqqiyoti 
yo‘lida samarali mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning hayoti, 
mamlakatimiz yoshlarining turli sohalarda erishayotgan zafarlari, 
yurtimizda sportni ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni aks 
ettiruvchi videotasvirlar namoyish etildi. 
Maydonga “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol jamoalari chiqib keladi. 
Mamlakatimizning ikki yetakchi klubi o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 
3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimovning futbolni rivojlantirishga 
qaratayotgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligi o‘zining yuksak samaralarini 
bermoqda. FIFA referisi Ravshan Ermatovning jahon futbolidagi yuksak 
mavqei, 
nogiron-amputant 
futbolchilarimiz 
ikki 
marotaba 
jahon 
chempionligiga sazovor bo‘lgani, yosh futbolchilarimizning Meksikada 
o‘tgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, «Bunyodkor», 
«Paxtakor», «Neftchi», «Nasaf» kabi klublarimizning Osiyo chempionlar 
ligasi va Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi bellashuvlaridagi qiziqarli 
o‘yinlari buning dalilidir.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
Prezidentimizning 2006-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekistonda 
futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
qaroriga muvofiq tuzilgan Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
tomonidan bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, yangi o‘quv-
mashg‘ulot maskanlarini bunyod etish, futbol maktablari moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash borasida katta hajmdagi ishlar amalga 
oshirilayotir. 
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 19-yanvarda qabul qilingan 2011-
2013-yillarda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga doir 
qaroriga muvofiq yangi stadionlar barpo etilmoqda, mavjudlari 
rekonstruksiya qilinmoqda, bolalar va o‘smirlar futbol maktablarini 
zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlash, malakali murabbiylar va 
hakamlar tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli 
ishlar olib borilmoqda. 
Mustaqilligimizning 21-yilligi arafasida Toshkentda qurib bitkazilgan 
“Bunyodkor” sport kompleksi mazkur yo‘nalishda izchil davom etayotgan 
ishlarning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir. Ushbu muhtasham majmua 
barcha futbol muxlislariga, butun xalqimizga munosib sovg‘a bo‘ldi. 
Prezidentimiz Islom Karimov g‘oyasi va takliflari asosida barpo 
etilgan “Bunyodkor” sport majmuasi o‘zining noyob me’moriy va 
muhandislik yechimi, betakror dizayni bilan poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk 
qo‘shdi. Eng zamonaviy talablar asosida barpo etilgan ushbu majmuada 
futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, muxlislar uchun barcha sharoitlar va 
qulayliklar yaratilgan. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin