Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA VILOYATI



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

XALQ DEPUTATLARI FARG‘ONA VILOYATI 
KENGASHINING SESSIYASI 
Shu yil 14-dekabr kuni xalq deputatlari Farg‘ona viloyati 
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq 
so‘zladi. 
Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatida sanoat, qurilish, qishloq 
xo‘jaligi 
tarmoqlarida, 
kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish, qishloqlarda zamonaviy uylar barpo etish, aholi bandligini 
ta’minlash, 
shuningdek, 
ijtimoiy 
sohalarda 
salmoqli 
natijalarga 
erishilayotganini ta’kidladi. 
Joriy yilning yakuni bo‘yicha viloyatda yalpi hududiy mahsulot 106,7 
foiz, jumladan, qishloq xo‘jaligida 107,5 foiz, xizmatlar bo‘yicha 117,2 
foizni tashkil etishi, pudrat ishlarida esa 12 foiz o‘sishga erishish 
kutilayotganini qayd etish lozim, dedi davlatimiz rahbari. Viloyatda yalpi 
hududiy mahsulot hajmi 2000-yilga nisbatan 1,7 barobar oshdi. 
Prezidentimiz o‘z nutqida viloyatda amalga oshirilayotgan ulkan 
ishlarni qayd etish bilan birga oldinda turgan vazifalar, yechimini 
kutayotgan muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimi 
vazifasini bajarib kelayotgan Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyati hokimi 
etib saylandi. 
Sessiyada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati 
bo‘limi raisi Enaxon Siddiqova, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona 
viloyati bo‘limi raisi Akramjon Yo‘lbarsov, Farg‘ona davlat universiteti 
talabasi Go‘zalxon Ergasheva so‘zga chiqib, Prezidentimiz nutqida 
Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlari har tomonlama chuqur tahlil etilib, istiqboldagi dolzarb 
vazifalar aniq belgilab berilganini, viloyat ahli bildirilgan fikrlardan to‘g‘ri 
xulosa chiqarib, islohotlar samarasini yanada yuksaltirish, barcha soha va 
tarmoqlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni izchil amalga oshirish uchun 
astoydil mehnat qiladi, deb ta’kidladilar. 
Prezidentimiz Islom Karimov shu kuni Farg‘ona shahri markaziy 
qismini rekonstruksiya qilish dasturiga asosan amalga oshirilayotgan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 
Qurilish va shaharsozlik ishlarida Farg‘onaning o‘ziga xos tabiiy iqlim 
sharoitini e’tiborga olish lozim, dedi Islom Karimov. Shu bilan birga, 
landshaft arxitekturasidan keng foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini 
tizimli tashkil qilish shaharda olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik 
ishlari jarayonida doimiy e’tibor markazida bo‘lishi darkor. 
Davlatimiz rahbari yangi barpo etilayotgan stadion va san’at saroyi 
qurilishi bilan ham tanishib, mazkur inshootlar qurilishini yanada 
takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin