www.ziyouz.com
kutubxonasi
168
Shular haqida gapirganda, ba’zi bir raqamlarni esga olishni o‘rinli, deb
bilaman, dedi Prezidentimiz.
Urushdan oldin O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan
bo‘lsa, shundan 1,5 millioni janglarda bevosita ishtirok etgan. 500 mingga
yaqin yurtdoshlarimiz urushda halok bo‘lganini, qanchasi bedarak
ketganini, qanchasi mayib-majruh bo‘lib qaytganini hisobga oladigan
bo‘lsak, bizning xalqimiz fashizm balosiga qarshi kurashga qanday katta
hissa qo‘shganini tasavvur qilish qiyin emas.
Bu haqiqatni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.
Ayni shu kunlarda xalqimiz urush davrida boshidan kechirgan og‘ir
sinovlarni yana bir bor xayolimizdan o‘tkazar ekanmiz, o‘tmish voqealari
albatta barchamizni o‘ylantiradi va kerakli xulosalar chiqarishga da’vat
etadi.
Hayotning o‘zi bir haqiqatni takror va takror isbotlab bermoqda. Ya’ni,
tarixni bilmagan, tarixni unutgan, tarixdan xulosa chiqarmagan har qanday
inson, har qanday xalq o‘z yo‘lidan adashishi, bir vaqtlar yo‘l qo‘ygan
xatolarini yana takrorlashi mumkin.
Biz bugun qanday shiddat bilan o‘zgarib, yon-atrofimizda qarama-
qarshilik,
xavf-xatarlar
kuchayib
borayotgan
notinch
zamonda
yashayotganimizni kuzatish va anglash qiyin emas.
Shular haqida gapirar ekan, Prezidentimiz Afg‘onistonda o‘ttiz yildan
ko‘proq davom etayotgan urush hozirgi kunda bizning hududimizda, butun
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng katta xavf-xatar
ekanligini alohida ta’kidladi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni ko‘pchilik xalqaro siyosatchilar
nochor, o‘ta og‘ir va qaltis, deb baholamoqda. Sodda qilib aytganda, ko‘p
yillardan buyon davom etayotgan bu qonli urushni harbiy kuch bilan hal
qilish mumkin emasligiga urushda qatnashayotgan tomonlar tobora iqror
bo‘lmoqda, aynan shu holatni ko‘pchilik tan olmoqda.
Boshqacha aytganda, bu inqirozni bartaraf etishning yagona yo‘li –
Dostları ilə paylaş: