Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik, ilmiy-nazariy, psixolo-pedagogik asoslari Reja


Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili



Yüklə 31,63 Kb.
səhifə4/9
tarix17.04.2023
ölçüsü31,63 Kb.
#125471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismoniy tarbiya metodikasining metodologik, ilmiy-nazariy, psixolo-pedagogik asoslari

Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni, hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning kuchiga yarashga topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi.
Tushunarlilikni asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni tobara murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik meyorlari bo‘yicha sinash, vrach tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.
Yakka yondashuv bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko‘zda tutadi (harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha).
Yakka yondashuvning maqsadi tug‘ma fazilatlarni rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo‘lganda nerv tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishdan iboratdir.
Ta’limning frontal, gruh va yakka tartibdagi usullarini birligi tamoyili.
U tamoyil ta’limning turli usullari ko‘llanilgandagi uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan vazimoduli bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab etadi; gruh usuli mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni talab etadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor boshqa bolalarga nisbatan talabchanlikni oshirishda ifodalanadigan rahbarligini talab etadi. Bu usullardan birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarini samarali bajarishga xizmat qiladi.
Tinglovchilarni asta-sekin oshirib borish tamoyili.
Bu tamoyilning sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va intensivligini asta-sekin oshirib borishdan iboratdir. Mashqlarni yangilash jarayonida harakat malaka va ko‘nikmalarining hajmi kengayadi va boyidi.
Harakat faoliyati shakllarini murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshib boradi. Bu jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari nisbatan bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha tamoyillar o‘z mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida holda qaraladigan bir jarayonning muayyan jihatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi.

Yüklə 31,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin