Jizzax politexnika instituti



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/79
tarix07.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#129790
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
axborot xavfsizligi Jizzax

1.
 
Software as Service (SaaS) modeli 
Ushbu modelda foydalanuvchiga tugallangan dasturiy ta‘minot taklif 
etilib, cloud tizimida bitta xizmat asosida ko‘plab foydalanuvchilarga xizmat 
ko‘rsatiladi. Cloudning ushbu xizmat modelida foydalanuvchi kichik 
foydalanuvchi ilovasi (thin client)yordamida brauzer orqali tizimni boshqaradi. 
SaaStizimi o‘zida ko‘plab ilovalarni qamrab olib, ular, ofis ilovalari, turli 
messenjerlar, to‘lovni amalga oshiruvchi maxsus ilovalar, ma‘lumotlarni 
boshqaruvchi tizim ilovalari, boshqaruvchi ilovalar va ko‘plab turdagi ilovalarni 
o‘z ichiga oladi. 
SaaS modeli asosiy imkoniyati bu, sarf xarajatlarni kamaytirish bo‘lib, 
bunda foydalanuvchi dasturiy vositani to‘liq sotib olmasdan, undan kerak 
bo‘lgan vaqtdagina foydalanadi. Bu albatta ortiqcha sarf-xarajatlarni oldini 
oladi. Quyida esa uning yana quyidagi imkoniyatlari keltirilgan: 
2.
 
Platform as Service (PaaS) modeli 
PaaS xizmatida istemolchi IaaS xizmatidan foydalanib qurilgan tizim ustida, 
o‘zining istagan dasturiy vositani yaratish imkoniniga ega bo‘ladi. Ushbu 
imkoniyatlar dasturlarlash tillari, maxsus dasturlar yoki boshqa qo‘shimcha 
ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda PaaS xizmati IaaS tizimida 
ixtiyoriy dasturlash tillaridan foydalangan holda yangi dasturlarni yaratish 
imkoniyatini beradi. 
Shulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, PaaS xizmati orqali quyidagi 
imkoniyatlarga ega bo‘linadi: 
Kam xarajat.
Ushbu xizmatdan foydalangan holda istemolchi o‘z sarf 
xarajatlarini kamida ikki marta kamaytirishi mumkin. 
Qisqa tayyorlov vaqti.
PaaS xizmati maxsus ilovalar yoki umumiy 
funksiyalarni boshqarish tizimi asosida dasturiy vositani tayyorlanish vaqtini 
kamaytiradi. 


140 
Kam xatarlilik. 
PaaS xizmati yaratilayotgan dasturiy vositalarda xatarlilik 
darajasini kamaytiradi. Sababi, ushbu tizimda foydalanilayotgan ko‘plab 
funksiyalar allaqachon testlangan va sinovlardan o‘tgan. 
Yuqori xavfsizlik darajasi. 
Ushbu xizmat asosida yaratilayotgan dasturiy 
vositalar yaratilish muhiti xavfsiz bo‘lganligi sababli ana‘naviy usulda yaratilgan 
dasturiy vositalarga qaraganda xavfsizdir. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin