Katalitik modifikasiyalash


 – rasm. “Alfa-Laval” firmasi qurilmasida yog‘ va moylarni



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

7.1 – rasm. “Alfa-Laval” firmasi qurilmasida yog‘ va moylarni
oqlashning texnologik sxemasi 
Yog’ va moyylarni adsorbtsiyali rafinatsiyalash texnologiyisini 
takomillashtirishga iod tadqiqot ishlarining tahlili 
O’simlik moylarini rafinatsiya qilishdagi sanoatda uchratiladigan asosiy
muammo, bu ularni rangini tozalashdir. Ayniqsa paxta moyini tozalashda gossipolni 


92 
o’zgargan hosilalarini ajratilish oxir kechadi. Bu muammolarning yechimi 
forrafinatsiya va ishqoriy rafinatsiyalar qatorida adsorbsion rafinatsiyani xam 
takomillashtirishni talab qiladi. 
Adsorbsiya deb qattiq jism mikroporalarini hajmida yoki yuzasida moddalarni 
to’yintirish tushuniladi [28]. 
Yog’lar tarkibida pigmentlar bo’lib, ular yog’ni bo’yaydi. Masalan: 
ksantofillar yog’ga sariq rang beradi, β-karotin qizil, xlorofill – yashil; gossipol – 
jigarrang yoki qora rang beradi. Karotinoidlar ishqorga chidamli bo’ladi, shuning 
uchun u ishqorli rafinatsiyada ajrab chiqmaydi. Ishqor eritmasini konsentrasiyasi 
yuqori bo’lsa neytralizasiya vaqtida karotinoidlar soapstokga sorbsiyalanadi va yog’ 
qisman oqlanadi-tiniqlashadi. Karotinoidlar qattiq sorbent yuzasida aktiv 
sorbsiyalanadi va bu xususiyati ularni yog’dan yo’qotish texnologiyasiga asos qilib 
olingan.
Xlorofillar karotinoidlardan farq qilib ishqor bilan reaksiyaga kirishib, 
birikma hosil qiladi. Biroq ishqorli rafinatsiyada to’liq ajralib chiqmaydi. 
Kungaboqar yog’ida karotinoid va xlorofillar bo’lsa, paxta moyida esa ular 
bilan bir qatorda gossipol ham mavjud. 
Tozalangan yog’ va salomas tiniq rangda bo’lishi kerak, bu margarin ishlab 
chiqarish uchun juda zarur omildir. Yog’dan bo’yovchi moddalarni yo’qotish uchun 
adsorbsiyali tozalash usuli qo’llaniladi. 
Adsorbsiya – bu qattiq yoki suyuq modda sirtida boshqa modda molekulalari 
va atomlari yig’ilishi jarayonidir. Adsorbsiya adsorbent yuzasidagi aktiv 
markazlarni molekulyar kuchi ta’sirida borib, ularni sirt yuza energiyasini 
kamaytiradi. 
Adsorbsiyani yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan moddalarni tabiati va 
tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Qutblanmagan (kam qutblangan) birikmalar 
qutblanmagan adsorbentlarda masalan ko’mirda yaxshi sorbsiyalanadi va
qutblangan birikmalar qutblangan sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi. 
Yog’ va moylardagi hamma bo’yovchi moddalarni tabiati va strukturasi har 
xil. Lekin ularning har biri o’ziga xos qutblilikka ega. Shuning uchun ham 


93 
adsorbsiyali rafinatsiyada tanlash qobiliyatiga va aktivlikka ega bo’lgan qutblangan 
adsorbentlardan foydalaniladi. 
Buning uchun aktivlangan, oqlovchi tuproqlar ishlatiladi. Bu tuproqlar tabiiy 
bentonit tuproqlar – alyumosilikatlardan olinadi. 
Yog’ni qayta ishlash sanoatida ishlatiladigan adsorbentlar yuqori 
adsorbsiyali sig’imga va aktivlikka, rivojlangan yuzaga ega bo’lishi, yog’ sig’imi 
katta bo’lmasligi va yog’ bilan kimyoyaviy reaksiyaga kirishmasligi va yog’dan 
oson ajralishi kerak. 
Yog’ni qayta ishlash sanoatida MDHda ishlab chiqilgan aktivlangan tuproq-
askanit ishlatiladi. Uning yog’ sig’imi – 75%ni tashkil qiladi. Aktivlangan ko’mir 
yog’dagi karotinoidni yaxshi, xlorofillni yomon yo’qotadi. Shuning uchun 
aktivlangan ko’mir bilan aktivlangan tuproq aralashmasini ishlatish tavsiya qilinadi. 
Sorbent miqdori yog’dagi bo’yovchi moddalar miqdoriga va talab 
qilinayotgan oqartirish darajasiga bog’liq. U 0,5dan 5% oralig’ida bo’ladi. 
Oqlash jarayonining samaradorligi oqlangan yog’ni rangi, ishlatilgan 
sorbent miqdori, yo’qotish va chiqindilar me’yoriga va oqlangan yog’ni chiqish 
miqdoriga qarab aniqlanadi. 
Oqlash jarayonida aktivlangan tuproq ishlatilganda biroz izomerizasiya va 
bir muncha tarkibida ketma-ket bog’li yog’ kislotalari bo’lgan gliseridlar hosil 
bo’lishi kuzatiladi. Bu esa oqlangan yog’ va moylarni sifatini pasayishiga va 
saqlanish muddatini qisqarishiga olib keladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan holatlar va yog’ sig’imini kattaligi, iloji boricha 
oqlash uchun ishlatiladigan aktivlangan tuproq miqdorini kamaytirishni talab qiladi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin