Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Tayanch so’z va iboralar: 
raps moyi, gorchisa, soya, kunjut, kanop, zig’ir, eruk
kislotasi, glyukozidlar, tuz-suv asos, aktivlangan tuproq, palmitin,
sterin, sezamin, kul miqdori, gidrogenlangan yog’, sovun plyonkalari, salomas, 
bo’yovchi moddalar 
 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Nima uchun turli moylar uchun turli rafinatsiyalash usullari tanlanadi? 
2.
Raps moyini rafinatsiyalashda nimalarga e’tibor berish lozim? 
3.
Nima uchun kanob va zig’ir moylarining soapstoklari boshqa soapstok kabi 
bo’yovchi moddalarni sorbsiyalamaydi? 
4.
Paxta moyini rafinatsiyalashning o’ziga xosligini tushuntirib bering. 
 


121 
9§. Moylarni ta’m va hid beruvchi moddalardan tozalash 
Rafinatsiya jarayonining oxirgi bosqichi dezodorasiya xidsizlantirishdir, 
uning maqsadi -–yog’dagi noxush ta’m va xidni yukotish. 
Bu ta’m va xidni yog’da murakkab moddalar aralashmasini hosil qiladi. Bu 
moddalarga quyimolekulali yog’ kislotalari (kaprin, kapron va x.k.), alifatik 
uglevodorodlar, tabiy efir moylari, aldegidlar, ketonlar, oksi kislotalar va x.k. kiradi. 
Xidsizlantirish vaqtida zaharli silikatlar ham yukotiladi. 
Xidsizlantirish jarayoni mohiyati: --- xidsizlantirish jarayoni 3 bosqichdan 
iborat: suyuqlik qatlamidagi aromatik moddalarni bug’lanish qatlamiga utishi; 
aromatik moddalarning bug’lanishi; bug’lanish qatlamidan bug’langan moddalar 
molekulalarini yukotish. 
Xidsizlantirish samaradorligi aromatik moddalar tarkibi va uchuvchanligiga 
bog’liq va jarayon temperaturasiga ham bog’liq. 
Temperaturaning ko’tarilishi bilan aromatik moddalarning uchuvchanligi va 
bug’larning tarangligi oshadi. Agar temperatura juda yuqori bo’lsa, bu xolda 
yog’larning polimerizasiyasi va kosidlanishiga olib keladi. Temperatura 250
0
S dan 
oshsa, yog’lar termik parchalanadi. 
Aromatik moddalarni xaydashda temperaturani pasaytirish uchun 
xidsizlantirish jarayoni vakuum ostida o’tkir bug’ ta’sirida olib boriladi. 
Iste’mol qilishga mo’ljallangan yog’larni sifati dezodorasiya jarayonini 
to’liq va kamchiliksiz olib borishga ham bog’liqdir. Shuning uchun dezodorasiya 
yog’larni tozalashdagi asosiy jarayonlardan biridir. Yog’larni dezodorasiya 
qilishdan maqsad, yog’larni xid va ta’am beruvchi moddalardan tozalashdir. Bu 
moddalar quyidagilardan iborat: metilketonlar, metilkarbinollar, aldegidlar, erkin 
yog’ kislotalari va to’yinmagan uglevodorodlar. Yuqoridagi moddalar moylarga 
yaxshi eriydi, hamda yuqori molekulyar massaga va past bug’ bosimiga egadir. 
Uchuvchan moddalarning bug’ bosimlari yog’ kislotalarining bug’ bosimiga yakin. 
Uchuvchan moddalarning va yog’ kislotalarning miqdori kamligi va bug’ 
bosimini pastligi uchun ularning eritmalari ideal eritmalar xisoblanib ularning bug’ 
fazasi Dalton konuniga buysunadi. 


122 
Yog’lardagi individual uchuvchan moddalarning va ozod yog’ kislotalarning 
miqdori aniq bo’lmaganligi uchun xisoblashda, suyuqlik fazasi (yog’) ikkita 
komponentdan tashqil topgan deb kabo’l qilinadi, ya’ni uchgliserid va erkin stearin 
kislotasi. Shuning uchun stearin kislotaning kamayishi buyicha jezodorasiya 
jarayoni nazorat qilinadi. 
Tajribaga qoraganda dezodorasiya qilingan yog’da stearin kislotasini 
miqdori 0.02 % -gacha bo’lsa, u xolda yog’ xidsizlangan xisoblanadi. 
Yuqori sifatli dezodorasiya qilingan yog’ olish uchun umumiy talablardan 
tashqari (yuqori harorat, past vakuum) quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 
1.
Dezodorasiya vaqtida yuqori haroratda yog’ni iloji boricha uzoq vaqt 
ushlash kerak emas. 
2.
Yog’larni, dezodorasiyadan oldin deaerasiya ya’ni xavosizlantirilishi 
shart. 
3.
Yog’larni qizdirganda, dezodorasiya vaqtida va sovutish paytida namli 
xavo bilan kontaktda bo’lishidan saqlash kerak. 
4.
Dezodorasiya tamom bo’lgandan keyin, uskunalar tuxtatilsa ulardan yog’ 
bushatilishi va barcha qismlari yuvib tozalanishi kerak. 
O’simlik yog’laridagi ta’m va rang beruvchi moddalar asosan urug’da bo’lib, 
yog’ hosil bo’lishida moyga o’tadi. Toza ximiyaviy gliseridlar (S
14
va undan yuqori) 
o’ziga xos ta’m va hidga ega emas. 
Yog’larga ta’m va hid beruvchi moddalarga asosan kichik molekulyar yog’ 
kislotalar kaprin, kapron, kapril va gliseridlari kiradi. Shuningdek: alifatik 
uglevodorodlar efiri yog’-terpen ularni aldegidlar, ketonlar, aksikislotalar, sulfo va 
nitro birikmalarni mahsulotlari: karatinoidlar, sterin vitamin, fosfatidlarni 
mahsulotlari ham ta’m va hid beradi. Misol uchun kokos yog’ini ta’m va rangini 
faqatgina past molekulyar kislotalar bilan bog’lanmasdan balki ketonlar-
metilnonilketon, metilgeptilketon, metilundesilketon va shunga tegishli spirtlardan 
ham bo’lishi mumkin. 


123 
Araxis yog’ini aromatik ko’rinishda to’yinmagan uglevodorod gepogein 
(C
15
H
30
) araxiden (C
19
H
38
), soya yog’ida gadusen (C
18
H
32
) zaytun yog’ida – 
to’yinmagan uglevodorodlar (COH
24
, C
16
H
2
O) uchratilgan. 
Yog’ga hid va ta’m beruvchi moddalarni quyidagicha sinflash mumkin: 
1.
Yog’ hosil bo’lish jarayonida urug’ tarkibida yig’iluvchi; 
2.
Urug’ni oqlashda hosil bo’lgan; 
3.
Yog’ni qayta ishlash jarayonida hosil bo’lgan. 
Yog’ o’ziga xos hid va ta’mga ega bo’lishi uchun uning tarkibida juda oz 
miqdorda bug’lanish temperaturasi past va shilimshiq pardani qo’zg’atuvchi 
aralashma bo’lishi kifoya. Yog’lardagi asosiy ahamiyatga ega bo’lgan o’zgarishlar 
gidrogenizasiya jarayonida sodir bo’ladi. 
Gidrogenlangan yog’dagi “Salomas” hidini paydo bo’lishi yog’larni 
oksidlanishi natijasida izoolifatik aldegidlar (C
5
-C
12
) va quyi molekulali yog’ 
kislotalarini (C
5
-C
8
) hosil bo’lishi; yuqori molekulali yog’ kislotalarining C
4
-C
7
yog’ 
kislotalarini hosil qilib parchalanishi; spirtlar va uglevodorodlarning hosil bo’lishi; 
kislorod bilan oksidlanish natijasida perekis xarakteridagi birikmalarning hosil 
bo’lishi; quyi molekulali va oson uchuvchan kislotalar (chumoli va sirka kislotalari) 
va ularga tegishli aldegidlarni hosil bo’lishi; akroleinni hosil bo’lishi; gliseridlar va 
boshqa moddalarni termik parchalanishi mahsulotlari; moylarga hamroh bo’lgan 
aralashmalarni parchalanishi natijasida hosil bo’lgan moddalar bilan tushuntiriladi. 
Ma’lumki yuqorida keltirilgan barcha moddalarning bug’lanish temperaturasi 
gliseridning distillyasiyasi temperaturasidan sezilarli farq qiladi. 
Xom yog’dagi aralashmalar konsentrasiyasi juda past bo’lganligi sababli, 
yog’larni Raul qonunini qo’llash mumkin bo’lgan sistema deb qarash mumkin. 
Shunga ko’ra, yog’larni uchuvchan moddalardan tozalash uchun distillyasiya 
usulini qo’llash mumkin. Dezodorasiya jarayoni shunga asoslangan. 
Dezodorasiya jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish 
mumkin. 


124 
Uchuvchan komponent molekulalarini yog’larning ichki chuqur qatlamidan 
bug’lanish yuzasiga diffizuyasi – ko’tarilishi; uchuvchan moddalar molekulalarini 
bug’lanishi; uchuvchan moddalar molekulalarini bug’lanish yuzasidan yo’qotish. 
Yuzadagi qatlamda uchuvchan moddalarning konsentrasiyasini kamayishi 
distillyasiya effektiga salbiy ta’sir qiladi va qo’shimcha qo’zg’atuvchilarni 
qo’llashni taqazo qiladi. Bug’lanish temperaturasiga bog’liq bo’lib, temperatura 
yuqori bo’lgani sari bug’lanish tezligi ham ortadi. Ammo dezodorasiyada yog’ni 
qizdirish temperaturasi yayegaralanadi. Bunga sabab bir tomondan nisbiy 
uchuvchanlik koeffisiyenti, temperatura oshishi bilan kamayadi, ikkinchi tomondan 
gliseridlarni parchalanib ketish ehtimoli borligidir. 
Bug’lanish tezligini oshirish uchun distillyasiya jarayoni ochiq bug’ berish 
bilan olib boriladi. Shunda uchuvchan modda molekulalari bir-biri bilan va 
dezodorasiyaga berilayotgan pufakchalari bilan uchrashadi. Bug’ oqimi uchuvchan 
moddalar molekulalarini ushlab qolib, ularni bug’lanish yuzasiga chiqaradi. 
Uchuvchan modda molekulalarini bug’lanish yuzasidan chiqib ketish tezligi, 
bug’lanish yuzasi ustidagi bosimga va kiritilayotgan o’tkir bug’ning umumiy 
yuzasiga bog’liq bo’ladi. 
Bug’lanish yuzasiga chiqqan uchuvchan moddalarni hamma molekulalari 
kiritilayotgan bug’ga to’liq sorbsiyalanishi zarur. 
Ochiq bug’ (острый пар) ishtirokida yog’dagi uchuvchan moddalarni 
bug’lanish jarayonini quyidagi bog’liqlik (formula) bilan ifodalash mumkin. 
V = V
1
– (1 – P/P
1

Bu yerda: V – distillyasiya tezligi;
V
1
– bug’lanishning absolyut tezligi; 
R – suyuqlik ustidagi kiritilayotgan bug’ni bosimi; 
R
1
– bug’lanish temperaturasidagi uchuvchan moddalarning
to’yingan bug’ bosimi. 
Amaliyotda dezodorasiya jarayoni har xil turdagi 5 ta asosiy texnologik 
omillarni o’z ichiga oladi: 1-vakuum; 2-temperatura; 3-bug’ning xossasi va sarfi; 4-
dezodorasiya uskunasining konstruksiyasi o’ziga xosligi bug’ va yog’ hajmi turli xil 


125 
nisbatidagi; 5-yog’ning hid va ta’mini belgilovchi uchuvchan moddalarning tarkibi 
ularning bug’ni elastikligi va bug’lanish tezligi. 
Sanab o’tilgan omillarni dezodorasiya jarayonidagi bog’liqligi quyida 
ko’rsatilgan. 
RQ 
A = --------- (l
n
C
n
/S
k
)
R
o

Bu yerda: A – dezodorasiya uchun sarflangan bug’ miqdori; 
R – dezodoratordagi bosim; 
R
o
– dezodoratordan chiqib chiqayotgan toza uchuvchan moddadar
bug’ining bosimi; 
C

- S

– yog’dagi uchuvchan moddalarning boshlang’ich va oxirgi
konsentrasiyasi; 
a – bug’lanish koeffisiyenti 
Keltirilgan tenglamaga binoan kiritilayotgan bug’ miqdori va dezodorasiya 
vaqti – dezodoratordagi qoldiq bosimga, dezodorasiya qilinayotgan yog’ning 
umumiy miqdoriga shuningdek uchuvchan moddalarning boshlang’ich va oxirgi 
konsentrasiyalari nisbatining logarifmiga to’g’ri proporsionaldir. Uchuvchan 
moddalar bug’larining umumiy bosimga va bug’lanish koeffisiyentiga teskari 
proporsionaldir. 
Uchuvchan moddalarning to’liq bug’lanishi yog’ning yuza qatlamida bir 
zumda bug’lanishga ya’ni vakuumga bog’liq. 
To’liq vakuum kiritilayotgan bug’ pufakchalarining maydalanishiga sharoit 
yaratadi. Natijada uchuvchan moddalar va bug’ning bir-biriga tegishini effektiv 
yuzasi kattalashadi va bug’lanish koeffisiyenti maksimal qiymatgacha ko’tariladi. 
Bug’lanish jarayoni oson borishi uchun, yog’ni har bir tomchisi hamda bug’ 
pufakchalarini maksimal darajada havosi siyraklashgan muhitga o’tkazish hisobiga 
bug’lanish yuzasini kengaytirish zarur. 
Bunda davriy dezodorasiyada ma’lum darajada intensiv ravishda yog’ni 
aralashtirish va kiritilayotgan bug’ning hajmi bir zumda kattalashadigan yuqori 


126 
darajadagi vakuum hosil qilish bilan erishiladi. Vakuum oshishi bilan bug’ning 
hajmi kengayadi, ya’ni pufakchalarni ishchi yuzasi ko’payadi. 
Dezodorasiya jarayoni vakuum (siyraklashish) va berilayotgan ochiq bug’ni 
hajmiga bog’liq. 
9.1-jadval 
Vakuum(qoldiq bosim) 
Suvni qaynash 
temperaturasi 
0

Bug’ni hajmi, m

760 
100 
0.76 
362 
80.5 
1.52 
58 
37.8 
9.9 
19 
21.1 
24.7 
10 
10.0 
48.3 
Vakuum 0 dan 702,6 mm sim.ust. gacha o’zgarganda bug’ hajmining 
kengayishi 0,76 dan 9,9 m
3
gacha bo’ladi. Vakuum 755,4 mm sim.ust. ga teng 
bo’lganda, bug’ hajmi 93 m
3
ga yetadi, ya’ni 702,6 mm sim.ust. ga qaraganda 10 
marta ko’p. Shu bilan birga to’liq vakuum – vaqtni tejash va dezodorasiya 
jarayonining temperaturasini kamaytirishga imkon beradi. 
Dezodorasiyaning texnologik sharoitlari Effektiv Davriy dezodorasiyani 
samarali ishlashi uchun asosiy talablarni keltirib o’tamiz. 
1.
Imkon boricha to’liq – chuqur vakuum hosil qilish. 
2.
Yog’ni tezlik bilan qizdirish va kerakli temperaturagacha sovitishni ta’minlash. 
3.
Yog’ va kiritilayotgan quruq bug’ning kontaktini ta’minlash. 
4.
Vakuum sistemasini maksimal darajada zichligini ta’minlash. 
5.
Yog’ va kiritilayotgan bug’ning ularda erigan havodan ajratish. 
6.
Yog’ni, uskuna va aralashmalarni katalitik oksidlashidan himoya qilish. 
Davriy dezodorasiya jarayoni 170-210
0
C da uzluksiz dezodorasiya 210
0
C dan 
yuqori temperaturada olib boriladi. Qoldiq bosim 0,66 kPa dan oshmasligi kerak. 
Dezodorasiya jarayoniga ta’sir qiluvchi ayrim omillar. 


127 
1.
Vakuum-qoldiq bosim 2-5 mm sim.ust. da bo’lishi kerak. Bu vakuum ko’p 
bosqichli bug’ ejektorli vakuum nasos yordamida hosil qilinadi. 
2.
Dezodorasiya 
temperaturasi. 
Yuqorida 
ko’rsatilgandek 
davriy 
dezodorasiya 170-210 
0
C temperaturada olib boriladi. Har bir yog’ o’ziga xos 
optimal temperaturaga ega. Shular jumlasidan, kungaboqar, paxta, soya, kanop va 
boshqa ayrim yog’lar 165-190 
0
C temperaturada yaxshi dezodorasiyalanadi. 
3.
Kiritilayotgan bug’. Ma’lumki dezodorasiya jarayonida faqatgina suv 
bug’i emas balki yog’ga nisbatan neytral va hidga ega bo’lmagan arzon gazlar 
ishlatilishi mumkin. 
Dezodorasiyaga keladigan bug’ quruq bo’lishi kerak. Chunki nam bug’ 
yog’ni gidrolitik parchalashga olib kelishi mumkin. 
Kiritilayotgan bug’ning temperaturasi past bo’lsa, yog’ning ta’miga salbiy 
ta’sir qiladi. Shu bilan birga yuqori temperatura ham salbiy ta’sir ko’rsatib yog’ni 
oksidlanishiga olib keladi. To’yingan bug’ning qo’llanilishi esa kondensat hosil 
bo’lishiga olib keladi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin