Katalitik modifikasiyalash


Yog’ va moylarni hidsizlantirish (dezodoratsiyalash) texnologiyasini



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Yog’ va moylarni hidsizlantirish (dezodoratsiyalash) texnologiyasini 
takomillashtirishga oid tadqiqot ishlarining tahlili 
Yog’ kislotalari va noxush xid beruvchi moddalarni yo’qotishga asoslangan 
rafinatsiya usuli [91] taklif qilingan. Moyni 150
0
C haroratgacha vakuumda qizdirilib 


133 
azot purkaladi va moyni bir qismi haydaladi. Shunga o’xshash boshqa fizik 
rafinatsiya usuli ham taklif qilingan [92]. Bu usullar turli xil o’simlik moylarini 
rafinatsiya qilishda samarali ekanligi aniqlangan. 
Foster Xarper rafinatsiyalashning fizik usulini o’rgangan. Moylarni fizik 
usulda tozalash undagi erkin yog’ kislotalarini pasaytirilgan bosim ostida suv bug’i 
bilan xaydashga asoslangan. Bunda ayni vaqtda moy dezodorasiyalanadi. Fizik usul 
erkin yog’ kislotalarini kaustik soda bilan neytrallashga asoslangan an’anaviy usulga 
nisbatan afzalliklarga ega. Agar dastlabki ishlov berishlarsiz qo’llanilsa fizik 
rafinatsiyalash samarasiz hisoblanadi. Moy tarkibida gidratlanmaydigan fosfatidlar 
miqdori 0,5%dan kam bo’lsa fizik usulda tozalanadi. Agar fosfatidlar miqdori 
ko’rsatilgan miqdordan ko’p bo’lsa, u holda an’anaviy usulda tozalash lozim bo’ladi 
[98]. 
Hind olimlari tomonidan [93] ximik va fizik rafinatsiya o’rniga erkin yog’ 
kislotalarini gliserin bilan fermentativ eterifikasiya qilish taklif qilingan. 
Biorafinatsiyani optimal sharoitlari quyidagilar: gliserinni stexiometrik miqdori; 
pasaytirilgan bosim (4 mm s.u.); 70
0
C harorat; ferment konsentrasiyasi 10-15%. 
Biorafinatsiya yo’li bilan tozalangan moyni keyinchalik ishqor bilan ishlov berilib, 
oqlanadi. 
Rafinatsiya jarayonida yog’ va moylarni emulsiyada gliserin-yog’ kislotali 
efir bog’larini parchalash xususiyatiga ega fermentlar bilan ishlov berish mumkin 
[94]. Ferment ta’sir qilgan moylarni suv yoki kislotali eritma bilan yuviladi. 
Jarayonda ishqor ishlatilmaganligi va chiqindi suvlar miqdori kamayganligi uchun 
yo’qotishlar ham kamayadi. 
O’simlik moylarini tozalashda membranalardan foydalanish o’rganilgan [95]. 
Aniqlanishicha o’rganilgan 15 ta membranalardan faqat 5 tasi geksanga chidamli va 
yuqori aktivlik xossasiga ega. Bu membranalar fosfatidlarni to’la, gossipol, 
xlorofillar, tokoferollarni qisman ushlab qolish xususiyatiga ega. 
Shigemmi Suzuki va b. organik erituvchilar bilan ekstraksiya usulida olingan 
missellani ultrafiltr orqali o’tkazib tozalash usulini ishlab chiqishgan [96]. Ultrafiltr 
30 dan 1000A gacha kattalikdagi g’ovaklardan iborat noorganik mikroorganizm 


134 
membranalaridan tashkil topgan. 
Kislota soni yuqori o’simlik moylarini 120-250
0
C haroratda 0.7-5.0 M bar 
bosimda 60 min davomida bug’ bilan ishlov berish va so’ng yoritishni nazarda 
tutuvchi usul ishlab chiqilgan. Ishlov berish natijasida rangsizlantirilgan moy olish 
mumkin [97]. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin