Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Dezodorasiyani 
texnologik 
sharoitlari. 
Sanoatda 
ishlatilayotgan 
dezodorasiya qurilmalarida hid beruvchi moddalarni haydash jarayoni qalin 
qatlamda, plyonkada yoki dastlab plyonkada, keyin esa qalin qatlamda olib boriladi.
Dezodorasiya davriy, yarim uzluksiz yoki uzluksiz holda amalga oshiriladi.
Davriy dezodoratorlarda bug’ barbatyori ustidagi yog’ qatlami katta bo’lib, 
bug’ni yog’ bilan kontakti dezodoratorga berilayotgan bug’ni tezligi yoki bosimiga 
bog’liq bo’ladi. Lekin berilayotgan bug’ning tezligi chegaralangan. Agar katta 
tezlikda bug’ berilsa, dezodoratordan chiqayotgan bug’ bilan ilashib ketadigan yog’ 
miqdori, ya’ni yo’qotishlar ko’payib ketadi.
Uzluksiz ishlaydigan dezodoratorlarda bug’ va yog’ kontakti yupqa 
qatlamlarda, tarelkalarda, plastinkalarda sodir bo’lgani uchun osonlik bilan bug’ va 
suyuqlik fazalari orasida muvozanatga, shunindek bug’ bilan bir xil darajada 
puflashga erishiladi. 
Yuqori sifatli dezodorasiya qilingan yog’ olish uchun umumiy talablardan 
(yuqori harorat, chuqur vakuum) tashqari quyidagilarga rioya qilish kerak: 
1) dezodorasiya vaqtida yuqori haroratda yog’ni iloji boricha qisqa vaqt 
ushlash kerak;
2) yog’lar, dezodorasiyadan oldin deaerasiya ya’ni havosizlantirilishi shart; 
3) yog’larni qizdirganda, dezodorasiya vaqtida va sovutish paytida nam havo 
bilan kontaktda bo’lishidan saqlash kerak; 


138 
4) dezodorasiya tamom bo’lgandan keyin, uskunalar to’xtatilsa ulardan yog’ 
bo’shatilishi va barcha qismlari yuvib tozalanishi lozim. 
Yog’larni dezodorasiya qilish uchun turli dezodoratorlar ishlatiladi: 
1. Davriy (uzlukli) dezodoratorlar. 
2. Uzluksiz ishlaydigan dezodoratorlar (A1-MND, De-Smet, “Alfa-Laval”, 
Sunman, Hua-Tai). 
Davriy hidsizlantirish jarayonida harorat 170-210 
0
C bo’lsa, uzluksiz 
jarayonda esa 230
0
Sgacha bo’ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5mm simob 
ustuniga teng bo’ladi. Vakuum hosil qilish uchun ko’pbosqichli bug’ejektorlar 
(bug’-ejektorli vakuum nasos) ishlatiladi. 
Bug’ejektor harakatining mohiyati shundaki, soplodan chiqayotgan 
bug’ning tezligi 1000 m/s gacha yetadi. Bunday katta tezlikda bug’ o’zi bilan birga 
kameradagi bug’ va gazlarni ilashtirib ketadi va kondensatorga kirib
kondensasiyalanadi. Dezodoratordan kameraga yangi bug’ va gaz keladi. Shunday 
qilib sistemada vakuum hosil bo’ladi. 
10.1 – rasmda besh bosqichli bug’ ejektorli vakuum nasosning sxemasi 
ko’rsatilgan bo’lib, u beshta ejektor va uchta suvli kondensator yig’indisidan iborat. 
Bu qurilmani o’ziga xosligi shundaki I va II bosqich bug’ ejektorlari oraliq 
kondensatorsiz ketma-ket ulangan. 
Besh bosqichli bug’ ejektorli vakuum nasos quyidagicha ishlaydi. Soplo (1) 
orqali ejektorlarga bir vaqtning o’zida ishchi bug’ beriladi, patrubka (2) orqali esa 
barcha kondensatorlarga sovutuvchi suv beriladi; patrubka (6) orqali 
kondensatorlardagi ishlatilgan suv barometrik truba bo’ylab barometrik quduqqa 
tushadi. Bug’-gaz aralashmasi I bosqich ejektorga keladi, bu yerda u ishchi bug’ 
orqali 0,13-0,26 kPa(1-2mm sim.ust.)dan 0,8 KPa(6mm sim.ust.)gacha siqiladi. 
Keyin bug’lar aralashmasi I ejektordan II bosqich ejektoriga o’tadi va bu yerda 
sovutuvchi suv haroratiga qarab 4 kPa(30mm sim.ust.)gacha siqiladi. Hosil bo’lgan 
bug’lar aralashmasi kondensator (3) da kondensasiyalanadi. Kondensasiyalanmagan 
bug’lar III-bosqich ejektorga kiradi va bu yerda 16 kPa(20mm sim.ust.)gacha 
siqiladi. Kondensator (4)da kondensasiyalangandan so’ng qolgan bug’lar IV-


139 
bosqich ejektorga kiradi, bu yerda u 48 kPa(360mm sim.ust.)gacha siqiladi. So’ngra 
uchinchi kondensator (5)da kondensasiyalanadi va V-bosqich ejektorga kiradi. Bu 
yerda atmosfera bosimigacha siqilib atmosferaga chiqib ketadi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin