Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi. Onaning dili og’risa, yer ham titraydi. Dunyo tor bo’lganda ham,ona bag’ri keng’ Bolaning barmog;I og;risa’onaning yuragi achiydi Onaning yaxshiligini bemor bo’lsang bilasan Otasini og’ritgan el ichida hor bo’lur,onasini og’ritgan Parcha nonga zor bo’lur. Avaylab bizni, bir parcha go’shtidan, Inson qiladi onaga ta’zim. Ona borki bola bor, ona borki alla bor,ona borki olam bor, Hush kelibsiz hush vaqt bo’ling hamisha hamma vaqt bo’ling, to’ling to’kilmang qatorimizdan kam bo’lmang. Xonadonlarimizda tashvish-u Bemahal g’am ko’rmang. Yurtimiz obod bo’lsin, xalqimiz ma’naviy boy badavlat bo’lsin, to’y tomoshasi ko’p bo’lsin. Doimo siz ustozlar izzat hurmatda bo’lin. ****************************************** “Sen aziz va muqaddassan ayol”
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi. Maqsad: a) 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni, uning yer yuzida bayram qilinishi haqida, onajonlarimiz dunyodagi eng ulug’ zot bo’lib, olam ayol tuyfayligina mukammal ekanligi to’g’risida ma’lumot berish; b) Bolalarni onajonlarimizni hurmat qilishga,onalar oldidagi farzandlik burchini ado etishga
Sahna bayramona bezatilgan. Sharlar va rang-barang gullar sahnaga o’zgacha chiroy bag’ishlagan. Sahna to’rida ona va bolaning bir-biriga mehr bilan intilishi tasvirlangan rasmli kartina ilib qo’yilgan. O’quvchilar bayramona milliy liboslar kiyishgan. “Ayol-dunyodagi eng ulug’ zot” “Ayol qadam qo’ygan eshikka avliyolar chiroq yoqar ekan”, “Ayol bosh qo’ygan bolishga farishatalar sajda qilar ekan” kabi hikmatlar bilan sahna yanada ko’rkamlashgan. Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi.