Kirish. 1 Bob


Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi



Yüklə 46,72 Kb.
səhifə7/9
tarix31.05.2022
ölçüsü46,72 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
вшырыаыва

3.1.Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ijaraga berish hisobi
Budjet tashkilotlari o ‘zlarining vaqtincha foydalanilmayotgan molmulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. Vaqtincha
foydalanilmayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qismlari
ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari vaboshqa uzoq muddatli aktivlami, agar qonun bilan ulami ijaraga
berish man qilinmagan bo‘lsa, ijaraga beriladi. Agar mol-mulkni
ijaraga berish ko'rsatiladigan xizmatlarning hajmi kamayishiga yoki
sifati yomonlashishiga sabab bo‘lsa yoki asosiy faoliyati bo ‘yicha
xarajatlar ko‘payishiga yoki bu ko‘zda tutilgan moliyalashtirish
mol-mulkini ijaraga berish mumkin emas.
Ijaraning subyektlari: ijaraga beruvchi-bu yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan, o ‘zining balansida hisobda turgan vaqtincha
foydalanilmayotgan ijara obyektini ijaraga berishi mumkin bo'lgan
budjet tashkilotidir, ijarachi esa-bu mol-mulkini vaqtincha foydalanish
uchun haq to‘lash, qaytarib berish va butligini ta’minlash sharti bilan
ma’lum muddatga ijaraga oigan yuridik shaxsdir.
Ijaraga beruvchi ijarachiga mulkni shartnomada ko‘rsatilgan
muddatga ijaraga berish, ijarachi esa ijara muddati tugagandan so‘ng
mulkni shartnomada ko‘rsatilgan aniq muddatda va shartnomaning
tegishli shartlariga muvofiq va mulkni tayinlanishi bo‘yicha holatida
qaytarishga majburdir. Ijara shartnomasi tuzilganda va uning amal qilish
muddati tugaganda mulkni qabul qilib olish va berish tomonlarning
vakolatli vakillari qatnashuvida ikki nusxada ikki tomonlama topshirish
dalolatnomasi tuzib amalga oshiriladi.
Turar joy bo'lmagan binolar va inshootlaming ijara shartnomasi
ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladi. Turar joy binolari va inshootlarining ijara shartnomasi
esa texnik inventarizatsiya byurosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga davriy yoki birato'la faqat pul shaklda to‘lanadigan aniq to‘lov summasi ko‘rinishida
belgilanadi. Turar joy bo‘lmagan xonalar uchun ijara haqi miqdori
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlaming
va Toshkent shahrining hokimliklari tomonidan ijaraga beriladigan
davlat va kommunal mulkning turar joy bo‘lmagan xonalar bo‘yicha
aniqlanadigan m e’yoridan kam bo'lmasligi kerak. Shartnomada ijara
haqini to'lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir
marta qilib, belgilanadi. Ijara to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar ijarachitomonidan har bir ijara to'lovi muddatida ijaraga beruvchining talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 100 foiz miqdorida avvaldan
to‘lash shaklida amalga oshirilishi kerak.
Ijara shartnomasiga asosan to‘lov muddati boshlanadigan hisobot
davrida ijara summasiga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining
buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi:
Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlan>
subschyoti.
Odam yashamaydigan xonalar bo'yicha ijara haqi miqdoriga
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati qo‘shilmaydi. Kommunal
va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga
ijara bo‘yicha to‘lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar
ijarachi binoni yoki inshootni to‘la ijaraga olsa yoki elektr cnergiyasi,
gaz va suv sarf qilish bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat
bilan shug‘ullansa, kommunal xarajatlami ijarachi maxsus o ‘matilgan
elektrsubschyotchiklar, suv o'lchagichlar va gaz o‘lchagichlarning
ko'rsatuvlari bo‘yicha to‘laydi. Agar ijarachi binoni yoki inshootni bir
qismini ijaraga olsa va noishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullansa, u
holda maxsus elektr o'lchagichlar, suv o‘lchagichlar va gaz o‘lchagichlar
o'matilishi talab qilinmaydi va ijaraga beruvchining kommunal va
foydalanish xizmatlari bo'yicha xarajatlari ijarachi tomonidan band qilgan
maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Ijaraga beruvchi kommunal
va foydalanish xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan hisob-kitob
qilganda kommunal va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish limiti
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymatidan ijarachilar tomonidan
iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlarining qiymati
ayirib tashlangan holda to‘laydi. Qolgan qismini ijaraga beruvchi
ijarachidan kommunal va foydalanish xizmatlarining to‘lovi sifatida
olgan mablag'lar hisobidan to‘laydi.
Budjet tashkiloti vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga
berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli mahalliy budjetgayo‘naltirishi kerak. Qolgan qismini, ya’ni vaqtincha foydalanilmayotgan
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini esa budjet tashkiloti o ‘zining rivojlantirish fondiga yo'naltirishi kerak.
Ijarachidan ijaraga beruvchining bank muassasasidagi maxsus
m ablagiar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga
ijara haqi kelib tushganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari
mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘i» subschyoti;
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar»
subschyoti.
Bir vaqtning o‘zida, vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni
ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli budjctga
yo‘naltirish kerak bo‘lgan summaga, quyidagi ikkinchi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:

Kredit 173 - «Budjet to'loviariga doir hisob-kitoblar» subschyoti.


Ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga
ijara toiovlari tushgandan so‘ng, ijaraga beruvchi 5 bank kuni
mobaynida xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga tegishli budjetga
o‘tkazilishi kerak boigan summaga to‘lov topshirig‘ini taqdim etishi
kerak. Budjetga, budjet tashkilotiga kelib tushgan ijara haqining 50 foizi
o ‘tkazib berilganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan, budjet
tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini
tuzadi:
Debet 173 - «Budjet to'loviariga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fo n d i-b u djetd an tashqari
m ablag'lar b o 'y ich a talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i»
subschyoti.
Ijara toiovlarining toianishi 30 kalendar kundan ortiq muddatga
kechiktirilganda ijaraga beruvchi ijarachining nomiga yozma bildirish
xatini yuborishi kerak. Bildirish xatida ijara toiovlarini amalga oshirish
zarurligi eslatiladi va ijarachidan (ijara toiovlarining toianishinikechiktirish 60 kundan ortib ketsa) tegishli zararlami qoplatib, bir
tomonlama tartibda ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida
ogohlantiriladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mulkni ijarachiga berishga tayyorlashga
ijaraga beruvchi to‘la javob beradi, mulkni ijaraga beruvchiga qaytarishga
tayyorlashga esa ijarachi to‘la javob beradi.
Davlat mulki ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri javobgardir. Ijara shartnomalari bo‘yicha ijara
to‘lovlarining o‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga ijaraga beruvchi
budjet tashkilotining rahbari javobgardir 3.2.Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar kirimi hisobi Asosiy vositalaming butligi ustidan nazoratni ta’minlash va hisobni
tashkil qilish uchun har bir obyekt(buyum)ga, inventar raqami beriladi.
Inventar raqami obyektga biriktirilgan tamg‘aga belgilanadi yoki
obyektning o ‘ziga bo‘yoq bilan va boshqa usullar bilan belgilanadi.
Asosiy vositalaming obyektiga berilgan inventar raqami uning muayyan
budjet tashkilotida bo‘lgan butun davri davomida saqlanib qoladi.
Hisobdan chiqarilgan yoki tugatilgan obyektlaming inventar raqamlari
yangidan olingan boshqa asosiy vositalarga berilmasligi kerak.
Yumshoq inventar buyumlar maxsus muhr (shtamp) yordamida,
yuvganda o ‘chmaydigan bo‘yoq bilan markalanadi. Maxsus muhr
(shtamp)da budjet tashkilotining nomi, buyumlar foydalanishga
berilganda esa, qo'shimcha ravishda, foydalanishga berilgan yili va oyi
ham bo'lishi kerak.
Ijaraga olinganda asosiy vositalar ijarachilarda balansdan tashqaridagi
01-«Ijaraga olingan asosiy vositalar» subschyotida ijaraga beruvchilar
tomonidan ularga belgilangan inventar raqami bilan hisobga olinadi.
Asosiy vositalaming analitik hisobi AV-6 shakldagi va AV-8
shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar Kar bir
inventar obyekti (buyumi) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi buyumlar
AV-9 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi. AV-6, AV-8 va AV-9
shakllardagi inventar kartochkalar AV-10 shakldagi asosiy vositalaming
inventar kartochkalarini xatlashda ro'yxatga olinadi.
AV-6 shakldagi inventar kartochka binolami, inshootlami, uzatkich
qurilmalarini, mashinalar va uskunalami, asboblami, ishlab chiqarish
(jihozlari bilan birga) va xo'jalik inventarlarini hamda transport
vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Asosiy vositalar muayyan
budjet tashkiloti ichida joydan-joyga ko‘chirilganda tegishli yozuvlar
mazkur kartochkaning orqa tomoniga qayd qilinadi.
AV-8 shakldagi inventar kartochka ishchi hayvonlami, mahsuldor
va zotdor mollami hisobga olish uchun hamda ko‘p yillik daraxtlami va
yemi yaxshilashga doir kapital xarajatlami hisobga olish uchun xizmat qiladi.
AV-9 shakldagi inventar kartochka kutubxona fondlarini va
sahnaga qo‘yish jihozlarini guruhlab hisobga olish uchun m o‘ljallangan.Kutubxona fondlari uchun bitta kartochka ochiladi. Unda hisob faqat pul
ifodasidagi umumiy summada yuritiladi. Bundan tashqari, kutubxona
xodimlari tomonidan kutubxona fondini miqdor bo‘yicha tezkor hisobi,
har bir kitob bo‘yicha uning miqdori va bahosi ko'rsatilgan holda, olib
boriladi.Budjet tashkilotlarining asosiy vositalariga amortizatsiya ajratmasi hisoblanmaydi, balki belgilangan tartibda eskirish hisoblanadi. Eskirish
binolar va inshootlar, uzatkich qurilmalar, mashinalar va uskunalar,
ishchi hayvonlar, transport vositalari, ishlab chiqarish (jihozlari bilan
birga) va xo'jalik inventarlari, foydalanish yoshiga (voyaga) yetgan
ko‘p yillik daraxtlar bo'yicha aniqlanadi. Eskirish: arxitektura va
san’atning noyob yodgorliklari bo‘lgan binolar va inshootlar; kabinet va laboratoriyalarda o ‘quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan
uskunalar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan
modellar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar; mahsuldor
mollar, qo‘toslar, ho‘kizlar, kiyiklar, hayvonot olamining eksponatlari
(hayvonot bog'i va shunga o‘xshash muassasalarda); foydalanish
yoshiga yetmagan ko‘p yillik daraxatlar; kutubxona fondlari, filmlar
fondi, sahnaga qo‘yish jihozlari, badiiy va muzey qiymatliklari; ichki
kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar bo‘yicha
aniqlanmaydi. Eskirish, shuningdck, chet elda joylashgan tashkilotlaming
asosiy vositalari uchun ham aniqlanmaydi.
o ‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlarida asosiy vositalarga
eskirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda o‘matilgan foizlar bo‘yicha hisoblanadi.
Asosiy vositalaming eskirishini hisobga olish uchun ikkinchi tartibli
020-«Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti qo‘llaniladi. Budjet
tashkilotlarida asosiy vositalaming eskirish summasi yuqorida keltirilgan
m e’yorlar bo‘yicha to‘liq kalendar yil uchun (hisobot yilining qaysi
oyida olinganligidan yoki qurilganligidan qat’iy nazar) aniqlanadi. Bu
subschyot passiv subschyot hisoblanadi.
Asosiy vositalaming eskirishi hisoblanganida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.Asosiy vositalaming AV-6, AV-8 shakldagi inventar kartochkalariga
hisoblanadigan yil yozib qo'yiladi. Eskirish summasi asosiy vosita
qiymatining 100 foizidan oshmasligi kerak. Asosiy vositaning qiymatini
100 foiz miqdorida eskirish hisoblangan, lekin undan kelajakda hali
foydalanish mumkin bo isa ham uni, to‘la qiymatga teng bo‘lgan eskirish
hisoblangani sababli, hisobdan chiqarishga asos bo‘la olmaydi.

Yüklə 46,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin