Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o’rni va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə2/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
soliq oga

O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o’rni va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi.


Bizning muhim vazifamiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo’llab quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdagi bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat.

...Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikning rivojanishiga to’sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to’sqinlik qilish, deb baholanadi”6


Sh. Mirziyoyev Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotlar hajmining kengayishi, qo‘shimcha ish joylarini yaratilishi hamda aholi real daromadalarining o‘sishi, avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikka erishishni talab etadi. Shu bois, makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlarni yalpi ichki mahsulotdagi hissasini, aholining ish bilan bandligini ta‘minlashdagi samarali ahamiyatini oshirish hozirgi kunning
eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirishda, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, shuningdek, yangi ish



6 Shavkat Mirziyoyev ―Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. Toshkent-―O‘zekiston‖-2016.
o‘rinlari yaratish, shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va farovonligini oshirishdagi muhim omil bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari sonini ko‘paytirish orqali iqtisodiyotdagi yirik ishlab chiqarish yakka hukmronligini bartaraf etish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining amalga oshirilishi, samarali raqobat muhitining shakllanishi eng oqilona usullardan biri hisoblanadi. Kichik korxonalarning aholini ish bilan bandligi va qo‘shimcha ish haqi olish imkoniyatini yaratish orqali jamiyatdagi muvozanatni ta‘minlashdagi ahamiyati beqiyosdir.
Kichik tadbirkorlikni iqtisodiyotning rivojlanishidagi muhim o‘rni shu bilan ham belgilanadiki, u aholining ishbilarmonlik faolligini oshirishda ham alohida ahamiyatga ega.
Kichik biznes iqtisodiy resurslar, kapital taqchilligi sharoitida ko‘p mablag‘ talab etmaydigan xo‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur‘atlarini ta‘minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste‘mol bozorini shakllantirish va uni to‘ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste‘mol talabining o‘zgarishiga tez moslashadi va shu yo‘l bilan iste‘mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta‘minlaydi.
Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish sur‘atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalarini hal etishda ham yetakchi o‘rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani sohaning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zining 2017-yil 14-yanvardagi mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va
2017-yilga mo‘ljallanganiqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasida,
―Eng аsоsiy ustuvоr vаzifа - «Хаlq bilаn mulоqоt vа insоn mаnfааtlаri yili» Dаvlаt dаsturini аmаlgа оshirishda, «Insоn mаnfааtlаri hаmmа nаrsаdаn ustun» dеgаn оlijаnоb g‘оyani izchillik bilаn hаyotgа tаdbiq etishdаn ibоrаt.
Аynаn аnа shu eng muhim vаzifаlаr iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirishning аsоsiy yo‘nаlishlаri vа ustuvоr vаzifаlаrigа jiddiy o‘zgаrtirishlаrni kiritish uchun pоydеvоr bo‘lishi kеrаk‖ 7, deya ta‘kidlagan edilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik haqida kengroq tasavvurga ega
bo‘lish uchun ularga iqtisodiy atama sifatida qarab, bu tushunchalarga ilmiy jihatdan ta‘rif berishga va qisqacha izohlashga harakat qilaman.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin