Kristalldagi nuqsonlar va ularning turlari


Kristallardagi yassi yoki ikki o’lchamli nuqsonlar



Yüklə 14,57 Kb.
səhifə3/5
tarix15.10.2023
ölçüsü14,57 Kb.
#130331
1   2   3   4   5
Kristalldagi nuqsonlar va ularning turlari-azkurs.org

CHIZIQLI NUQSONLAR. DISLOKATSIYALAR

Kristallardagi yassi yoki ikki o’lchamli nuqsonlar

Bunday nuqsonlar sirt nuqsonlari deb ham atalib, ikki xil bo’ladi: tashqi va ichki. Kristallning boshqa muhit yoki fazalar bilan chegaralangan sirtidagi nuqsonlar tashqi yassi nuqsonlar hisoblanadi. Ichki yassi nuqsonlar kristall panjarasining bir fazoviy orientatsiyasidan boshqa orientatsiyasiga o’tgan joylarida paydo bo’ladi. Ichki yassi nuqsonlarga jism tashkil topgan bloklar, qiyofadosh tekisliklar chegaralari, taxlanish xatoliklari va chiziqli dislokatsiyalarning qatorlari kiradi. Ularning o’lchamlari faqat nuqsonlar joylashgan tekislik sirtiga o’tkazilgan normal yo’nalishidagina juda kichkina bo’lib, fazoning qolgan ikki yo’nalishida atom diametridan bir necha marta katta bo’ladi. Bloklar chegaralarida materialning zichligi, kristall panjarasi, kristalchalarning mahalliy orientatsiyalari keskin o’zgargani uchun yassi nuqsonlar ularning mexanikaviy, optikaviy, elektrofizikaviy xossalariga kuchli ta’sir etadi.

Sirtiy nuqsonlar ikki tur: tashqi va ichki bo’ladi. Kristall sirtining boshqa muhit bilan chegaradosh bo’lganligi tashqi nuqsonlarning yuzaga kelishiga asosiy sababchidir. Muhit bilan o’zaro ta’sirlashish natijasida kristall sirtida adsorbtsiyalangan begona atomlar qatlami, oksidlangan qatlam va boshqa sirtiy nuqsonlar yuzaga keladi. Ichki nuqsonlar kristall panjara bir xil orientatsiyadan ikkinchi xil orientatsiyaga o’tganjoylarda yuzaga keladi. Bunday nuqsonlarga qo’shmoqlanish tekisliklari, polikristall jismlar donachalarining chegaralari, kichik burchakli dislokatsiya chegaralari kiradi.


Kristallardagi hajmiy nuqsonlar


  • O’lchamlari fazoning uchta yo’nalishida ham mos yo’nalishdagi panjara davri A dan katta bo’lgan kristall nuqsonlari hajmiy nuqsonlar deb ataladi. Darzlar va kovaklar, qattiq jism sirtidagi tirnalishlar va xajmda tuplangan kirishma uyumlari ana shunday nuqsonlardir. Bu nuqsonlar makroskopik nuqsonlar deb ham ataladi. Makros-kopik nuqsonlar nuqtaviy, nuqtaviy va yassi nuqsonlarning (mikronuqson-larning) birlashishi natijasida hosil bo’ladi. Bunday nuqsonlarga nuqta-viy nuqsonlar klasterlari, darzlar (chatnashlar), panjaradagi kovaklar, sirtlardagi chuqurchalar (ochiq kovaklar), kristalldan ajralgan ortiqcha elementlar va matritsa fazasidan farq qiluvchi fazalar va boshqa shu kabi nuqsonlar kiradi.


Yüklə 14,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin